Битираётган мутахассисларни тайёрлашнинг сифатига қўйиладиган талабларнинг кескин ошиб кетгани, мураккаб масалаларни ечишга фанлараро ёндашувнинг зарурияти



Yüklə 24,38 Mb.
səhifə40/42
tarix13.12.2023
ölçüsü24,38 Mb.
#149422
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Мирюсупов З З Комп архит укув

5.3. Telekommunikatsion qurilmalar.

Hozirda kompyuterlarni o‘zaro va ayniqsa Internetga ulashda telefon tarmog‘idan foydalanishga to‘g‘ri kelmoqda. Telefon tarmog‘i orqali 0 va 1 qiymatlarni qabul qiladigan kompyuter ma’lumotlarini uzatishda esa modemlar qo‘llaniladi. 0 va 1 lar ketma-ketligi modem yordamida modulyasiyalanib telefon liniyasi (chizig‘i) orqali telefon tarmog‘iga uzatiladi. Bunda modulyasiyalashning quyidagi xillaridan foydalaniladi: amlitudali, chastotali yoki fazali modulyasiyalash usullari (5.13-rasm). Hozirda ishlab chiqilgan modemlarning ma’lumotlarni uzatish tezliklari 28 800 bit/sek dan 57 600 bit/sek gacha bo‘lishi mumkin.



5.13-rasm. 01001011000100 ikkilik sonni telefon liniyasi orqali uzatish: ikki sathli signal (a); amplitudali modulyasiya (b); chastotali modulyasiya (c); fazali modulyasiya (d).
Raqamli abonent liniyalari (chiziqlari). Internet xizmatlari xillaring ko‘payib borishi natijasida, ulardan foydalanish uchun yuqorida keltirilgan usullar asosida ishlaydigan modemlarga nisbatan, ma’lumotlarni ancha tez uzata oladigan qurilmalarni ishlab chiqish zarurati tug‘ildi. Natijada - xDSL (Digital Subscriber Line, rus tilida - цифровая абонентская линия) – raqamli abonent liniyalari deb nomlangan ulanish texnologiyalari asosida ishlaydigan qurilmalarning bir nechta xillari yaratildi. Shulardan keng tarqalgani hisoblangan ADSL (Asymmetric DSL, rus tilida - асимметричная цифровая абонентская линия) modemlar haqida to‘xtalib o‘tamiz. ADSL-modem yordamida xizmat ko‘rsatish chizmasi 5.14-rasmda keltirilgan.

5.14-rasm. ADSL-modem yordamida xizmat ko‘rsatish chizmasi.


Unda avvalgi analog rusumli telefon liniyalarida qo‘llanilgan filtr olib tashlanishi natijasida hosil bo‘lgan 1,1 MGs kenglikka ega spektr, har biri 4312,5 Gs dan 256-ta avtonom kanallarga ajratilgan. 0-inchi kanal tovushli ma’lumotlarni uzatish uchun ajratildi. Tovush va kompyuter ma’lumotlarini uzatishda hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan noaniqliklarni yo‘qotish maqsadida, 1-5 kanallar ishlatilmaydigan kanallar deb belgilandi. Ikkita kanal, chiquvchi va kiruvchi boshqarish signallarini uzatish uchun ajratildi. Qolgan 248-ta kanallar orqali esa foydalanuvchilarning ma’lumotlari uzatiladigan bo‘ldi. SHunday qilib bitta ADSL-modem 248-ta odatdagi modem bilan teng bo‘ldi.


5.15-rasmda ADSL qurilmalarining standart konfiguratsiyasi keltirilgan. Unda:

Yüklə 24,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə