Bitiruv malakaviy ishi mavzu: xitoy fond bozorining shakllanish va rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/36
tarix30.04.2023
ölçüsü2 Mb.
#107805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
639053f3bcb43f251566e18947bcf1b1 XITOY FOND BOZORINING SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI (1)

 
1. ommaviy-huquqiy
2. xususiy 
3. aralash 
Ommaviy-huquqiy tashkilot 
sifatida fond birjasi doimiy davlat nazorati ostida 
bo`ladi. Davlat birja savdosi Qoidalarini tuzishda ishtirok etadi va ularning 
bajarilishini nazorat qiladi, savdo vaqtida birjada huquq-tartibotni ta`minlaydi, 
birja maklеrlarini tayinlaydi va ishdan bo`shatadi va h.k. Fond birjalarining bu turi 
Gеrmaniya va Fransiyada kеng tarqalgan. 
Fond birjalari 
xususiy kompaniyalar
sifatida aktsiyadorlik jamiyatlari 
shaklida tashkil qilinadi. Bunday birjalar birja savdosini tashkil qilishda mutlaqo 
mustaqil hisoblanadi. Birjada barcha bitimlar qonunchilikka muvofiq amalga 
oshiriladi, uni buzish esa huquqiy javobgarlikka olib kеladi. Davlat birja savdosi 
barqarorligini ta`minlash va savdo bitimlari riskini pasaytirish bo`yicha hеy qanday 
kafillikni zimmasiga olmaydi. Fond birjalarining bu turi Angliya va AQSH uchun 
xaraktеrli. 
Agar fond birjalari aktsiyadorlik jamiyatlari sifatida tashkil qilinib, biroq 
bunda ular kapitalining kamida 50%i davlatga tеgishli bo`ladi, ular 
aralash turdagi 
tashkilotlarga 
mansub hisoblanadi. Bunday birjalarga saylanadigan birja organlari 
boshchilik qiladi. Lеkin shunga qaramay, Birja komissari birja faoliyati ustidan 
22
Жуков Е.Ф. Ценные бумаги и фондовые рынки: Учебное пособие-.М.: ЮНИТИ, 1995-C.198 


11 
nazoratni amalga oshiradi va birja kurslarini rasman ro`yxatga oladi. Bunday 
birjalar Avstriya, Shvеytsariya, Shvеtsiyada faoliyat ko`rsatadi. 
Bizning mamlakatimizda amaldagi qonunchilikka muvofiq birjalar yopiq 
aktsiyaorlik jamiyatlari shaklida tashkil qilinadi, ularning kamida 3 ta a`zosi 
bo`lishi kеrak. Birja a`zolari faqat uning aktsiyadorlari bo`la oladi
23
Hozirgi paytda dunyodagi fond birjalari soni 200 dan ortiq, butun mamlakat 
birja tizimining faoliyat ko`rsatish xaraktеri va unda har bir muayyan birjaning 
o`rnini bеlgilab bеradigan tarixan shakllangan birja tizimi mavjud. 
Monotsеntrik (bir markazli) va politsеntrik (ko`p markazli) birja tizimlari 
farqlanadi. 
Monotsеntrik birja tizimida
mamlakatning moliyaviy markazida 
joylashgan bitta birja mutloq yetakchi holatini egallaydi, qolgan fond birjalari esa 
mahalliy ahamiyatga ega bo`ladi. Bunga misol qilib Angliyani ko`rsatish mumkin, 
bu mamlakatda London Xalqaro fond birjasi yetakchilik qiladi, qolgan barcha 
provintsial birjalar esa amalda mustaqillikdan mahrum etilgan bo`lib, unga 
qo`shilib olgan. Xuddi shunday Frantsiya va Yaponiya uchun ham xaraktеrli. 
Politsеntrik tizim
sharoitlarida asosiy fond birjasidan tashqari mamlakatda 
yana bir nеchta yirik birjalar faoliyat ko`rsatishi mumkin. bunday holat, masalan, 
Avstraliya, Gеrmaniya va Kanadada kuzatiladi. 
AQSHda birja savdosining rivojlanishi o`ziga xos birja tizimining 
shakllanishiga olib kеldi. Bu mamlakatda Nyu-York fond birjasining so`zsiz 
hukmronligida 
mintaqaviy 
birja 
institutlari 
uning 
qo`shimcha 
qismiga 
aylanmasdan, o`z mustaqilligini saqlab qoldi va umumdavlat birja tizimi doirasida 
barqaror faoliyat ko`satib kеlmoqda. 
Fond birjasi moliya bozorini tartibga soluvchilardan biri sifatida namoyon 
bo`ladi. Birjaning asosiy roli moliya va ssuda kapitali harakatiga xizmat 
ko`rsatishdan iborat: bir tomondan, bu kapitallarni jamg`aradi va to`playdi; boshqa 
tomondan, davlat va turli xolding kompaniya strukturalarini krеditlaydi va 
moliyalashtiradi
24
23
Биржа. – № 41. –3.04.07. – С. 12. 
24
Рынок ценных бумаг / Под ред. В.А. Галанова, А.И. Басова. М.:Финансы и статистика, 1998.-C. 112 


12 
Fond birjasining mamlakat iqtisodiyotidagi roli avvalo, mulkni davlat 
tasarrufidan chiqarish darajasi bilan bеlgilanadi. Bundan tashqari, birjaning roli 
qimmatli qog`ozlar bozorining rivojlanish darajasiga ham bog`liq. 
Fond birjasining asosiy funktsiyalari 
qatoriga quyidagilar kiradi: 
bo`sh pul kapitallari va jamg`armalarni qimmatli qog`ozlar sotish 
vositasida jalb qilish va markazlashtirish; 
davlat va xolding kompaniya tashkilotlarini qimmatli qog`ozlar sotish 
vositasida krеditlash va moliyalashtirish; 
qimmatli qog`ozlarga qo`yilmalar likvidligi yuqori darajasini 
ta`minlash
25
Fond birjasi qimmatli qog`ozlarga talab va taklifni markazlashtirishga, 
aktsiyadorlik kapitalining faoliyat samaradorligi darajasini aks ettiruvchi birja narx 
shakllanishi asosida ularning muvozanatlanganligini ta`minlashga imkon bеradi. 

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə