3
KIRISH
―Jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatga ta`siri, undan
ko`riladigan zararning darajasi va ko`lami birinchi navbatda shu davlatning
moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog`liq
barqaror va ishonchli
ekaniga, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga bog`liqligini
isbotlashga hojat yo`q, deb o`ylayman.
O`zbekistonda qabul qilingan o`ziga xos islohot va modernizatsiya modeli
orqali biz o`z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish
vazifasini qo`yar ekanmiz, eng avvalo, "shok terapiyasi" deb atalgan usullarni
bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o`zini
o`zi tartibga soladi, degan o`ta jo`n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik‖
1
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi.
Fond birjalari har qanday
bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatning moliyaviy tuzilmasini asosiy va
ajralmas qismi bo’lib xizmat qiladi.
Mamlakatda to'la qonli qimmatli qog'ozlar bozorini shakllantirish o'z
navbatida har bir davlatning bozorga o'tishidagi muhim
tarkibiy qismini tashkil
etadi, chunki u bozorning bevosita infratuzilmasi hisoblanadi.
Mamlakatning moliya bozori uning ilmiy-texnikaviy jarayoni, ishlab
chiqarishning progressiv shakllarini tashkil qilishda, uning milliy xo'jalikni
samarali o'sishi uchun kerakli resurslar bilan ta'minlay olishi asosida rivojlanishi
darkor.
Ma’lumki, moliyaviy bozor - bu mamlakatning yalpi pul resurslari hisoblanib,
unda ushbu pul resurslari talab va taklif nisbatini iqtisodiyotning turli sub'ektlari
tomonidan o'zgaruvchanligi ta'sirida
doimiy xarakatda, taqsimlanishda va qayta
taqsimlanishda bo'ladi. Hozirgi kunda dunyo miqyosida eng ko'p resurslarga
AQSh, Yevropa ittifoqi davlatlari, Yaponiya va Xitoy mamlakatlarining moliya
bozorlari egadir
2
1
Karimov I.A. Jahon
moliyaviy-iqtisodiyg inqirozi, O`zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va
choralari. – T: O`zbеkiston, 2009. – B.7.
2
Sadibekova B.D. Xitoy Iqtisodiyoti.-T:Toshkent, 2010.-B.181.
4
Qimmatli qog'ozlar bozori iqtisodiyotning barcha sub'ektlariga ularga zarur
bo'lgan pul resurslarini olish yo'llarini kengaytiradi va yengillashtiradi. O'z
navbatida, aksiyalarni chiqarish orqali ushbu pul resurslarini muddatsiz vaqdga
olishga yordam beradi, ya'ni korxonalar faoliyati davrida, ushbu aksiyalarni
chiqarish
orqali banklarga, nisbatan yengilroq shartlarda kreditlarni olishni
ta'minlaydi.
Aksiyalarning qimmatli qog'ozlar bozoridagi muomalasi, uning ko'p marotaba
qo'ldan-qo'lga o'tishini ko'zda tutadi. Unda aksiyalarning birlamchi joylashtirilishi,
ya'ni, aksiya chiqaruvchining (emitent) o'z aksiyalarini nominal narxda sotishi yuz
beradi.
Aksiyalarning keyinchalik erkin bozorda sotib olinishi va sotilishiga kelsak,
ular o’sha davrdagi aksiya kursi bo'yicha sotiladi. Aksiyaning kursi - bu uning
bozor narxi hisoblanadi. U o'z navbatida, aniq aksiyalarning
talab va taklifi bilan
aniqlanadi va u ko'pgina omillarga bog'liqdir. Yani, u hissadorlik jamiyatining
xo'jalik yutuqlari va uning kelajagiga, uning daromadlarining kafolatlanganligiga;
uning dividendi miqdoriga; bankka qo'yilgan jamg'arma foiziga ham bog'liqdir
3
Qimmatli qog’ozlar milliy bozorining xorijiy sarmoyadorlarga ochiqligi uni
baynalminallashtirish yo’lidan ketishi bilan birga milliy bozorning hajmini
o’sishini ta’minlashi orqali aylanma manbaalarini yaxshilaydi. XXRda fond
bozorining subyektlari
sonini oshishi bilan birga, birja sarmoyadorlar va tartibga
soluvchi organlar o’rtasidagi muloqot jarayoni yaxshilanmoqda. Biroq, intensiv
o’sib borayotgan transchegaraviy moliyaviy oqimlar va ayirboshlash
operatatsiyalari, o’z navbatida, xalqaro to’lov
balansiga, milliy valyutaning
barqarorligiga, moliyaviy nazoratga beqaror moliyaviy sharoitda o’zining salbiy
oqibatlarini ko’rsatmasdan qolmaydi. Shuning uchun ham fond bozorlarining
ochilishi bu butun iqtisodiyotning o’sishini ta’minlaydi
4
Dostları ilə paylaş: