Toshkent Moliya instituti bia-75 guruhi talabasi mamasodiqova zeboxonning tadqiqot metodologiyasi fanidan tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 0,63 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#134655
Jasurbektadqiqotpptx

Mavzu: ilmiy tadqiqot vositalari va metodlari.

Reja:

Ilmiy tadqiqоt jarayonining asоsiy tushunchalari.

  • Fan va ijоd, mеtоd va mеtоdоlоgiya.
  • Ilmiy yo`nalish, muammо va mavzu.

Kirish:

Vositalar va usullar faoliyatni tashkil etishning mantiqiy tuzilishining eng muhim tarkibiy qismidir. Shuning uchun ular faoliyatni tashkil etish haqidagi ta’limot sifatida metodologiyaning katta qismini tashkil qiladi.

  • Shuni ta’kidlash kerakki, faoliyat vositalari va usullarini tizimli ravishda ochib beradigan nashrlar deyarli yo’q. Ular haqidagi materiallar turli manbalarda tarqalgan. Shuning uchun biz ushbu masalani etarlicha batafsil ko’rib chiqishga qaror qildik va vositalar va usullarni yaratishga harakat qildik ilmiy tadqiqot ma’lum bir tizimda. Bundan tashqari, vositalar va usullarning aksariyati nafaqat ilmiy, balki amaliy faoliyat, o’quv faoliyati va boshqalarga ham tegishli.
  • Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shart-sharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan tahlil etish, tajriba o’tkazish, olingan natijalarni tahlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamental va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga ajratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning o’zidagina emas, balki ko’pgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni qal qilishda ham keng qo’llaniladi.

Ilmiy tadqiqоt jarayonining asоsiy tushunchalari.

Ilmiy tadqiqot – yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniqlik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija berishi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan bog‘langan ikki kiyem — tajriba va nazariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shartsharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan taxlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamen-tal va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga aj-ratish keng tarqalgan.

Ijod shaxsning bunyodkorlik, yaratuvchilik salohiyatini ro’yobga chiqaradi. Shaxs ijod usuli bilan yangilik yaratadi, xilma xil muammolarni qo’yadi va hal qiladi, ularning o’ziga xos yechimlarini, ba`zan bunday yechimlarga nisbatan betakror yondashuvlar, usullar, metodlarni topadi. Ijodiy faollikda tadqiqotchi, yaratuvchi, olim shaxsining o’ziga xosligi va betakrorligi namoyon bo’ladi. Ijodiy faollik sub`ektga muttasil o’zgaruvchi, rivojlanuvchi, ichki ziddiyatlarga boy ob`ektning kurashga chorlovlariga munosib javob qaytarishga ko’maklashadi.

  • Ijod jarayonining bu jixati ilmiy bilish jarayonida, ayniqsa, yorqin namoyon bo’ladi. Ilmiy tadkiqotdagi barcha yondashuvlar, shakllar, vositalar va metodlar ilmiy xususiyatga ega.

Tadqiqot qilish jarayoni tibbiyotda

Fan va ijod, metod va metodologiya.

Fan – bu rivojlanuvchi, o’sib boruvchi bilim tizimi, ijtimoiy ongning va kishilik sivilizatsiyasi ijodiy bunyodkorlik amaliyotining insonning o’zini qurshagan olamni surunkali va chuqur o’zlashtirishiga, tabiiy va ijtimoiy voqelikning borliq qonuniyatlari to’g‘risida aniq, chuqur, haqqoniy axborot olish, bunday axborotni o’zlashtirish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanishga yo’naltirilgan alohida shaklidir.

  • Bugungi kunda fan hozirgi zamon axborot jamiyatining arxetipidan mustahkam o’rin olgan. Bunda borliqning tuzilishini ijodiy bilish instituti sifatidagi fanning epistemologik, kreativ evristik funksiyasi alohida ro’l o’ynaydi.
  • Fanning rivojlanishi – faktlarni to`plash, ularni o`rganish va tizimlashtirish, umumlashtirish va ayrim qonuniyatlarni ochishdan ilmiy bilimlarning hozirda ma`lum bo`lgan faktlarning mazmun-moxiyatini tushuntirib bera oladigan, yangilarini bashorat qilishga qodir bo`lgan yaxlit mantiqiy tizimini yaratish yo`nalishida boradi.
  • Ilmiy bilimlarning asosida tamoyillar (postulat, prinsiplar) va aksiomalar yotadi, ular tizimlashtirishning boshlang`ich shakli bo`lib, ta`limot, nazariya va fanlarning poydevorini tashkil etadi.
  • Nazariya- ilmiy bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirishning oliy shaklidir. Nazariya mavjud ob`ektlarni, ular hakidagi ma`lumotlarni, jarayon va hodisalarni tushunish va bilishga, umumlashtirishga, yangilarini bashorat qila olishga imkon beradigan ilmiy tamoyillar va qonunlarni, tadqiqot metodlarini shakllantiradi. Shuningdek, nazariya olingan bilimlardan insonlarning amaliy faoliyatida foydalanish bo`ycha tegishli tavsiyalar manbaasi hamdir.

Ilmiy ijod.

Fan va ijod.

E'tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə