Bitiruv malakaviy ishi


So'z ma'nosini shu so'zning ma'nodoshi yordamida tushuntirish



Yüklə 308,24 Kb.
səhifə21/30
tarix21.12.2022
ölçüsü308,24 Kb.
#97521
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
boshlangich sinf oquvchilarni bayon

So'z ma'nosini shu so'zning ma'nodoshi yordamida tushuntirish. Masalan, sabo — shabada, mudofaa — himoya, sozanda — musiqachi, diyor - vatan, inshoot — bino, samo — osmon kabi. So'zni sinonim tanlash bilan tushuntirganda, shu so'zning stilistik (uslubiy) ahamiyatini ham ko'rsatish zarar.
  • Tanish bo'lmagan so'z bilan ifodalangan tushunchani tanish bo'lgan so'z bilan ifodalangan tushunchaga (uning antonimiga) taqqoslash


    orqali tushuntirish. Masalan, ishchan tushunchasini dangasa tushunchasiga,
    rostgo'y so'zini yolg'onchi so'ziga taqqoslab tushuntirish mumkin.
    Ko'chma ma'noda ishlatilgan so'z va so'z birikmalari, tasviriy vositalar, maqollar ham taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi.

      1. So`zni o`ziga yaqin tushuncha — boshqacha ifoda etish bilan tushuntirish. Bunda tushuntiriladigan so'zning izohi qisqa va aniq bo'lishi kerak. Masalan, o'zboshimchalik — o`z xohishicha ish tutish, ishni o`zi xohlaganicha bajarish; mutaxassis — biror hunar egasi; shunqor— uzoq uchadigan ko'zi o`tkir qush; mesh — mol terisidan tikilgan idish; guldon — gul solib qo'yiladigan idish va boshq.

    Ba'zi so'zlar ularning vazifasini izohlash orqali tushuntiriladi. Masalan, kombayn — bir vaqtning o`zida donni o`radigan, yanchadigan, tozalaydigan qishloq xo'jalik mashinasi; ekskavator — bir vaqtning o`zida yerni qazib tuproqni yuk mashinasiga ortadigan mashina; aerodrom — samolyotlar turadigan, uchib ketadigan yoki kelib qo'nadigan joy va hokazo.

      1. So'zni predmetning asosiy belgisini izohlash orqali tushuntirish. Masalan, yantoq — suvsiz joyda o'sadigan ninasimon tikanli o'simlik; akula — okeanlarda yashaydigan juda katta yirtqich baliq.

      2. Axloqiy, mavhum tushunchalarni ifoda etuvchi so'zlarning ma'nosini misollar yordamida tushuntirish. Buning uchun o'quvchilar o'rgangan badiiy axloqiy fazilatga ega bo'lgan asar qahramonining qilgan ishlari tahlil qilinadi.

    Xulosa qilib aytganda, so'z ma'nosini tushuntirish ustida ishlash o'quvchilar lug'atini boyitadi, nutqini ravonlashtiradi.



      1. Yüklə 308,24 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə