Biznes boshqaruv asoslari


Nima ishlab chiqarish kerak?



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/168
tarix23.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#112309
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   168
Biznes boshqaruv asoslari

Nima ishlab chiqarish kerak? 
Har bir inson turli xil hunar va qobiliyatlarga ega bo’lgani kabi har bir mamlakat ham turli 
turdagi va miqdordagi resurslarga ega. Ba’zilari tuproqqa boy va muntazam yomg’irli bo’lib ular 
katta ovqat zahirasi bilan ta’minlaydi. Yana boshqalarida esa cho’l mintaqasi yoki dexqonchilikni 
qiyinlashtiruvchi sovuq va uzoq qish hukm suradi. Ba’zi mamlakatlar ko’p neft, ko’mir va boshqa 
energiya resurslari zahiralariga ega bo’lgan bir paytda, ayrim mamlakatlar faqatgina cheklangan 
zahiraga ega. Mamlakatning nima ishlab chiqara olishini aniqlashda, undagi mavjud resurslar 
muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakat boshqa mamlakatlardagi o’ziga kerak bo’lgan resurslarni 
qo’lga kiritish uchun o’zining ba’zi resurslarini o’sha mamlakatlar bilan ayrboshlaydi. 
Hozirgi kunda mamlakatlar mahsulotlarning turi va miqdori bilan, hamda ular o’zlarining 
muhim xoxish va ehtiyojlarini belgilashida farq qiladi. Bir mamlakat yo’llar va ko’priklar qursa, 
boshqa mamlakat esa turli xil iste’mol tavarlarini ishlab chiqarishni ko’zlashi mumkin. Ba’zi 
iqtisodchilar qishloq xo’jaligini rivojlantirishni ko’zlasa, boshqalari har harbiy sohasini quradi. 
Ba’zi millatlarda namunali kollejlar va universitetlar bo’lsa, qolganlarida esa faqatgina maktablar 
va ko’p tajribasiz ishchilar bor.
Resurslardan qanday foydalanish va nima ishlab chiqarish hech qachon oson qaror 
bo’lmagan. Agar mamlakat bir sohaga yoki bir guruh odamlarga juda ko’p resurslarni sarflasa, 
boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun resurs yetmaydi.
Agar ko’p resurslar istemol tovarlarini ishlatish uchun foydalanilsa, mamlakatning yo’llar, 
energiya va suv tizimlari infrastrukturasiga yetarlicha e’tibor berilmay qolishi mumkin.
«Qonun — shu hodisa yoki jarayonga xos ichki, muhim, zaruriy, sabab-oqibatli, doimiy, umumiy, 
sifat va miqdor bog’lanishini ifodal ovchi, barqaror takr orlanuvchi hodisadir».
Shu ta’rifdan foydalanib iqtisodiy qo nunlarni quyidagicha ifodalash mumkin: Iqtisodiy qonunlar 
— iqtisodiy hodisa va jarayonlar o’rtasidagi muhim, barqaror takrorlanuvchi, iqtisodiy zaruratni 
taqozo etuvchi sabab-oqibat, sifat va miqdor bog’lanishlari, aloqalaridir. Iqtisodiy qonunlar yrim 
kishilarning xohish-irodasidan qat’i nazar amal qiladi. Bu jihatdan iqtisodiy qonunlar tabiat 
qonunlariga o’xshab ketadi. Lekin iqtisodiy qonunlarni tabiat qonunlaridan farqlay bilish kerak. 
Ular o’rtasida muhim va printsipial farqlar mavjud:
1. Tabiat qonunlari — bu tabiatga xos qonunlar, ular tabiat uchun ham, jamiyat uchun ham 
umumiy. Iqtisodiy qonunlar esa jamiyat ijtimoiy hayotining rivojlanishi, insonlarning xo’jalik 
aoliyati qonunlaridir.
2. Tabiat qonunlari abadiy, iqtisodiy qonunlar esa tarixiy xarakterga ega.
3. Tabiat qonunlarini ochish, bilib olish, o’rganish, ulardan foydalanish nisbatan ancha tekis, illiq 
yuz beradi, hamda tabiat qonunlarining inson tomonidan buzilishi oqibatlari tezda yuzaga hiqadi. 
Iqtisodiy qonunlaresa bu jihatdan aksincha. Sababi insonning o’zi murakkab, undan tashqari, har 
bir inson o’z individual hamda guruhiy ehtiyoji, manfaati bilan maydonga chiqadi. Natijada iqtis 


odiy qonunlar «umri tugab borayotgan» jamiyat kuchlarining qarshiligiga duch keladi. Iqtisodiy 
qonunlarning inson faoliyati orqali buzilishini ilg’ash qiyin. U ma’lum vaqt o’tgandan keyingina 
yuzaga chiqadi. Siyosiy iqtisod klassiklari iqtisodiy qonunlarni ob’ektivligini e’tirof etgan 
bo’lsalar, marjinalizm maktabi namoyandalari, aksincha, insonning iqtisodiy jarayonlarda 
ishtirokining sub’ektiv jihatlariga ko’proq ahamiyat beradilar. Har bir inson biron iqtisodiy 
faoliyatga kirishar ekan, o’z ehtiyojlarini qondirish nuqtai nazaridan nima qilishi, qanday yo’l 
tutishi kerakligini «aql tarozisi»da tortadi. Albatta, bu erda odamlarning psi-xologiyasi katta rol 
o’ynaydi. Agarda inson umrining yarmidan ko’-pi xo’jalik yurit ish faoliyati bilan o’tar ekan, unda 
albattaiqtisodiy psixologiya shakllanadi. Iqtisodiy psixologiyaga iqtisodiy fikrlash, xo’jalik 
yuritish sabablari va insonlarning ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’molda 
qatnashuvining sababi bo’lgan iqtisodiy manfaatlar kiradi. Xo’jalik yuritishni, ayniqsa bozor 
iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy psixologiya aralashuvisiz amalga oshirib bo’lmaydi. Erkin tanlash 
imkoniyati bor sharoitda kishilar biron qarorga kelishar ekan, buning uchun avvalo iqtisodiy 
fikrlar, manfaatlar asosida xulosa chiqarishadi. Natijada xo’jalik yuritish jarayo-nida ma’lum 
psixologik qonunlarningamal qilishi namoyon bo’ladi. Iqtisodiy qonunlar kishilarning maqsadli 
faoliyati orqali namoyon bo’ladi. Bir xil sub’ektlar xo’jalik jarayonlari ob’ektiv ketma-ketligini 
tushunib, shu yo’nalishda faoliyat ko’rsatsalar, aksincha, boshqa sub’ektlar o’z manfaatlaridan 
kelib chiqib, qarshi faoliyat olib boradilar. Buning natijasida ob’ektiv iqtisodiy qonunlar nisbatan 
kam yoki yuqori barqarorlikda iqtisodiyotning umumiy yo’nalishini aks ettiradigan tendentsiyalar 
tarzida amal qi-ladi. Iqtisodiy qonunlarning har xil guruhlari va turlari mavjud bo’lib, ular 
birgalikda jamiyat taraqqiyoti iqtisodiy qonunlari tizimini tashkil etadi. Ular quyidagi guruhlarga 
bo’linadi: 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə