Biznes boshqaruv asoslari


Xalqaro ayirboshlash qiymatlari



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/168
tarix23.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#112309
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   168
Biznes boshqaruv asoslari

Xalqaro ayirboshlash qiymatlari. 
Bu valyutani boshqasi bilan almshtirish jarayoni turli valyutalar oldi-sotdisi bilan shug’ullanuvchi 
banklarni o’z ichiga oladigan xalqaro ayirboshlash bozorida amalga oshiriladi. Ko’plab yirik 
banklar biznes va iste’molchilarni valyuta xizmatlari bilan ta’minlaydi. Bir mamlakatdagi valyuta 
qiymatini boshqasiniki bilan solishtirilishi ayirboshlash qiymatini belgilab beradi. Valyuta 
qiymatiga talab va taklif ta’sir qiladi.


Sayohatchi va biznesmenlar bir davlatdan ikkinchisiga borishlari uchun valyutani almashtirib 
olgan bo’lishlari shart. Boshqa mamlakat hududida bo’lgan sayohatchilar valyuta almashtirish 
bo’limiga borishlari va xohlagan miqdorda mahalliy valyutadan sotib olishlari mumkin. Ular 
oladigan mahalliy valyuta miqdori ikkita valyutaning ham o’sha vaqtdagi qiymatlari bilan bog’liq 
bo’ladi.Valyuta qiymatlari almashish bo’limlarida ko’rsatib qo’yiladi. Dunyo bo’ylab joylashuvlar 
farq qilishiga qaramasdan, valyuta almashtirish bo’limlarini asosan aeroport, vokzal, 
mehmonxona va mahalliy banklardan toppish mumkin. Valyuta almashtirish bo’limlaridagi 
operatorlarga ularning xizmatlari uchun haq to’lanadi. 
Valyuta qiymatlariga ta’sir qiluvchi omillar. 
Davlatlar o’rtasidagi valyuta almashish baholariga 3ta asosiy omillar ta’sir qiladi: davlatning 
to’lov muvozanati, iqtisodiy vaziyati va siyosiy turg’unlik. 
To’lov muvozanati.
Qachonki davlatning to’lov muvozanati ijobiy bo’lsa, uning valyuta qiymati 
odatda o’suvchi yoki o’zgarmas bo’ladi. Bunga mamlakatning mahsuloti va valyutasiga nisbatan 
o’sgan talab sabab bo’ladi. Agar mamlakat to’lov muvozanati salbiy bo’lsa, odatda uning valyuta 
qiymati pasayadi. 
Iqtisodiy vaziyatlar.
Qachonki narxlar oshsa va davlatning sotib olish imkoniyati kamaysa, uning 
valyutasiga bo’lgan talab yo`qoladi. Inflatsiya valyutaning sotib olish imkoniyatini 
kamaytiradi.Masalan, Braziliyadagi giperinfilatsiya realga bo’lgan talabni tushurib yuborgan edi. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə