Biznes boshqaruv asoslari


Real hayotdagi diqqat markazi



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/168
tarix23.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#112309
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   168
Biznes boshqaruv asoslari

Real hayotdagi diqqat markazi 
Lavozimga tayinlanganiga 6 oy bo’lgan Kory hamkasblari oldiga kelib o’tirdi va so’radi: 
“Italiya qanday bo’lgan?”.“Men haqiqatan ham qattiq ishladim, lekin Italiya madaniyatini 
o’rganishga va ba’zi italyan taomlaridan yeyishga vaqt topdim. Boshqa mamlakatda yashash va 
ishlash yaxshi malaka vazifasini o’tadi va men yana bu ishni takrorlayman. Har qanday holatda 
ham tan olishim kerakki, men uyda ekanligimdan xursandman”- deb Dankin javob berdi va 
naychani ichimligiga soldi.“Siz nimani juda sog’indiz?”Dankin ichimligini qo’liga oldi va 
shunday dedi: “ Amerika salqin ichimliklari. Ular menga o’z brendimni topishimni ososnlashtirdi, 
lekin ular bir xil emas edi. 
Ko’p millatli kompaniyalar
Ko’p millatli kompaniya bir nechta davlatlarda biznes bilan shug’ullanadigan tashkilotdir. 
Ko’p millatli kompaniyalar odatda o’z mamlakatida ikkita kompaniyadan va bir yoki undan ortiq 
boshqa mamlakatlarda esa alohida bo’lingan kompaniyalardan tashkil topadi. Bu kompaniya 
biznes o’z faoliyatini olib boradigan mamlakat “mezbon davlat” deb nomlanadi. 
Ko’p millatli kompaniyalar strategiyalari 
Ko’p millatli korporatsiyalar global yoki ko’p millatli strategiyadan foydalanadi. 
Global strategiya butun dunyo bo’ylab bir xil mahsulot va marketing strategiyasidan 
foydalanadi. Bir xil mahsulot dunyo bo’ylab har tomonlama jiddiy bir xil yo’sinda sotiladi. Bunga 
misol qilib siz bilgan “coca-cola”ni olishimiz mumkin. 
Ko’p millatli strategiya har bir davlat bozorini turlicha to’yintiradi. Firmalar savdo-
sotiqqa mos keladigan mahsulotlarni va marketing strategiyalarini rivojlantiradi. Ko’p restoranlar 
ko’p millatli strategiya bo’yicha xizmat ko’rsatishadi.Masalan, ular mahhaliy aholi xoxishiga 
qarab o’zlarining menyularini o’zgartirishanda mana shu strategiyadan foydalanishadi. 
Ko’p millatli kompaniyalar yutuqlari 
Ko’pgina yutuqlar xalqaro biznes bilan bog’liqdir.Iste’molchilarda yaroqli bo’lgan katta 
hajmda tovarlar mavjud. Odatda, bu mahsulotlaning narxlari uy sharoitida tayyorlangan 
mahsulotlarga qaraganda pastroq bo’ladi.Karyera imkoniyatlari kompaniyaning turli xil 
davlatlarda biznes bilan shug’ullanishini kengaytiradi. 
Global biznes faoliyatlari tushunish, muloqot va turli xil millatlar orasida o’zaro 
hurmatning rivojlanishi uchun asos bo’ladi. Biznesdagi hamkorlar odatda iqtisodiy 
munosabatlarda do’stona aloqalarni saqlab qolishga harakat qiladilar. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə