Biznes boshqaruv asoslari



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/301
tarix29.03.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#84836
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   301
Umumiqtisodiy  qonunlar
.  Bu  —  jamiyat  taraqqiyotining  barcha  bosqichlarida,  iqtisodiyotni 
aniq ijtimoiy shaklidan qat’i nazar amal qiluvchi qonunlardir. Ular odatda, jamiyatning olg’a qarab 
rivojlanish  jarayoniniifodalaydi.  Masalan,  ehtiyojlarning  yuksalib  borishi  qonuni,  vaqtni  tejash, 
ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va oshqalar. qtisodiyotda turli hodisalar, jarayonlar
ular  o’rtasidagi  aloqalar  o’rganilayotganda  ma’lum  antiqiy  tushunchalar—kategoriyalarga 
tayaniladi.  Iqtisodiy  kategoriyalarni  iqtisodiy  qonunlardan  farq  qilish  zarur.  Qamiyat  iqtisodiy 
hayotining  eng  muhim  tomonlarini  ifodalovchi  nazariy  (mantiqiy)  tushunchalar  iqtisodiy 
kategoriyalar deb ataladi. Ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy ifodasidir. Masalan, talab va taklif, 
bozor, kredit va hokazolar. Iqtisodiy kategoriyalar iqtisodiy qonunlarga o’xshash maxsus alohida 
(davriy-oraliq)  umumiy  kategoriyalarga  bo’linib,  ayrimlari  iqtisodiy  taraqqiyotning  muayyan 
tarixiy bosqichiga xos bo’lsa, ayrimlari uzoq tarixiy davrga xos, boshqalari barcha bosqichlarga 
xos. Iqtisodiy munosabatlar rivojlanib boradi, bir munosabat o’rniga boshqasi keladi. Boshqa bir 
munosabat  tubdan  yangilanmasa-da,  u  boyib  boradi,  uning  yangi  qirralari  paydo  bo’ladi.  Shu 
sababli 
iqtisodiy 
nazariyada 
yangi 
kategoriyalar 
paydo 
bo’ladi. 
Qo’llanilayotgan 
kategoriyalarning  mazmuni  kengayadi.  Masalan,  diversifikatsiya,  infrastruktura,  integratsiya  va 
hokazo. Nazariy kategoriya va qonunlarni ular qaysi guruhga kirishidan qat’i nazar yaxlitlikda olib 
o’rganadi.  Kategoriya  va  qonunlar  tizimi  iqtisodiyotga  xos  bo’lgan  barcha  bir-birini  taqozo 
etuvchi, bir-biri bilan bog’liq qonunlar va kategoriyalar majmuasidir. Xo’jalik yuritish jarayonida 
kishilar  o’rtasida  iqtisodiy  munosabatlar,  aloqalar  o’rnatiladi.  Bu  munosabatlar  ma’lum  tizim 
tarzida namoyon bo’ladi. Taniqli iqtisodchi V. Leontevning fikriga ko’ra, har bir mamlakatning 
iqtisodiyoti  bu  katta  bir  tizim  bo’lib,  o’z  ichiga  turli-tuman  faoliyat  turlarini  qamrab  oladi. 
Iqtisodiy faoliyat ma’lum iqtisodiy tizim sharoitida amalga oshadi. Iqtisodiy tizimga iqtisodchilar 
turlicha ta’rif berishadi. Masalan, P. Gregori va R. Styuartlarning fikricha, iqtisodiytizim  — bu 
ma’lum geografik hudud doirasida ishlab chiqarish, daromad va uni taqsimlashga doir qarorlar 


qabul qilish va uni amalga oshirish mexanizmlari va institutlari (tartiblari) majmuidir. F. Prayor 
bo’lsa, iqtisodiy tizim iqtisodiy jihatdan o’zini tutish va uning natijalariga bevosita yoki bilvosita 
ta’sir  qiluvchi  barcha  institutlar,  tashkilotlar,  qonun  va  qoidalar,  e’tiqod,  pozitsiya,  an’analar, 
baholar,  taqiqlar  va  axloqiy  sxemalarni  o’z  ichiga  ladi,  deb  ta’riflaydi.  Professor  A.  O’lmasov 
iqtisodiy  tizimga  quyidagilarni  kiritadi:  a)  iqtisodiy  resurslar;  b)  iqtisodiy  aloqalar  yoki 
munosabatlar;  v)  iqtisodiy  mexanizm;  g)  iqtisodiy  siyosat.1Iqtisodiy  mexanizm  —  bu  iqtisodiy 
taraqqiyotni  ta’minlovchi  va  bir-birini  taqozo  tuvchi  vositalar  bo’lib,  unga  iqtisodiy  stimullar 
(raƒbat  beruvchi  kuchlar),  ishlab  chiqarish,  ayirboshlash  va  iste’molni  tashkil  etish,  iqtisodiy 
faoliyatningixtisoslashuvi,  iqtisodiy  faoliyat  kooperatsiyasi  va  xo’jalik  aloqalarini  o’rnatish 
usullari kiradi.  
Ma’lumki, ijtimoiy mehnat taqsimoti va uning chuqurlashib borishi bilan iqtisodiy aloqalar 
murakkablashadi.  Turli-tuman xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarning vujudga kelishi  va rivojlanishi 
yuz  berali.  Natijada  ular  o’rtasida  munosabatlar,  aloqalarni  tartibga  solishning  zarurati  kelib 
chiqadi. Buning uchun maxsus siyosiy, huquqiy, qtisodiy mexanizmlar yaratiladi. Ular bir butun 
holda  jamiyatning  sotsial-iqtisodiy  tizimini  shkil  etadi.  Xo’p,  tizim  deb  o’zi  nimaga  aytamiz? 
Tizim deb turli elementlar, qismlardan iborat o’zaro zviy boƒlangan, ma’lum tartib asosida tarkib 
topgan  butunlikni  tushuniladi.  Iqtisodiy  tizim  jamiyatdagi  turli  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar 
o’rtasida  iqtisodiy  munosabatlar,  aloqalar,  jarayonlarni  bir  butun  holda,  muayyan  tarzda  tarkib 
topishi va tartibga solinishini ifodalaydi. Iqtisodiy aloqalar, jarayonlar misoli zanjir bo’lsa, har bir 
xo’jalik,  faoliyat  yuritish  sub’ekti  ana  shu  zanjirning  halqasi  tarzida  namoyon  bo’ladi.  Bu 
aloqalar,munosabatlar xo’jalik faoliyati yuritayotgan kishilar o’rtasida yuz beradi. Shuning uchun 
ham  odatda  ularni  sotsial-iqtisodiy  tizimlar  deb  yuritiladi.  Iqtisodga  oid  adabiyotlarda  iqtisodiy 
tizim  va  uning  rivojlanish  tendentsiyasiga    turlicha  yondashiladi.  Ayrimlar,  sotsial-iqtisodiy 
tizimlarga  uning  tarkibiy  ismlarini  umumiy  jihatiga  ko’ra  rivojlanish  tendentsiyasinianiqlash 
kerak,  deyishadi.  Chunki  tizimlar  rivojlanishining  asosiy  tendentsiyasi  bu  umumiylikka, 
unifikatsiyaga  intilishidir.  Boshqalari,  iqtisodiy  tizimlarni  ularning  farqlariga  ko’proq  ahamiyat 
berib  o’rganish  kerak,  chunki  ularning  farqlari  sifat  jihatidan  yangi  xo’jalik  tizimi  vu-judga 
kelishigava iqtisodiy o’sishga olib keladi, deb hisoblashadi. Xozirgi dunyo turli-tuman iqtisodiy 
tizimlar  mavjudligi  bilan  xarakterlanadi.  Ular  tarixiy  davrlarda  vujudga  keladi,  rivojlanadi,  biri 
ikkinchisi bilan almashinadi. Jamiyat hayotini yaxshiroq tushunish uchun uning tarixiy taraqqiyot 
jarayonini bir butun holda ko’rib, rivojlanish bosqichlari, fazalarini tahlil qilish katta ahamiyatga 
ega.  Jamiyat  taraqqiyoti,  sotsial-iqtisodiy  tizimlar  va  ularning  almashinuviga  nisbatan  keng 
yoyilgan ondashuvlardan biri  formatsion  yondashuvdir. Formatsion  yondashish asosida jamiyat 
tarixiy taraqqiyoti rivojlanishining qonuniy bosqichlari va moddiy ishlab chiqarishning besh usuli: 
ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va kommunizm ajratib ko’rsatiladi. Materialistik 
nazariyada tizimlar mulkiy, sinfiy mezonlar asosida qaralib, formatsiya deb ataladi. Ishlab hiqarish 
usuli iqtisodiy bazis — asos sifatida ajratilib, u ustqurma  davlat bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy 
formatsiyani ifodalaydi. Ishlab chiqarish usulining o’zi ishlab chiqarish uchlari va ishlab chiqarish 
munosabatlaridan iborat. Ishlab chiqarish kuchlariishchi kuchi yoki oshqacha aytganda, ma’lum 
malaka  va  tajribaga  ega  kishilar  hamda  ishlab  chiqarish  vositalaridan  tashkil  topadi.  Ishlab 
chiqarish  vositalari  mehnat  vositalari  va  mehnat  ashyolaridan  iborat.  Ishlab  chiqarish 
munosabatlari  esa  ishlab  chiqarish  vositalarigamulkchilik  munosabatlari,  ishlab  chiqarish 
jarayonida  sotsial  guruhlarning  tutgan  o’rni,  ular  o’rtasida  faoliyat  ayirboshlash,  yaratilgan 
mahsulotni taqsimlash, iste’mol munosabatlaridan iborat.  

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə