Biznes muloqot va akademik yozuv



Yüklə 2,32 Mb.
səhifə20/194
tarix16.03.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#102694
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv-fayllar.org

Masala munozarali boʻlishi to‘gʻri boʻlmaydi.


  • Jiddiy ehtiyotkorlikning ehtimoli yo‘q: masala boʻyicha jiddiy o‘y boʻlish imkoni yo‘q, chunki qabul qiluvchi yuritilgan muloqotga javoban kechiktirib boʻlmaydigan qaror qabul qilishiga to‘gʻri keladi.


  • Jismoniy shovqinga moyillik: ogʻzaki xabarning nutqda jismoniy shovqin, kimningdir orada xalaqit berishi yoki shunga oʻxshash sabablar tufayli buzilish ehtimoli koʻproq boʻladi.


  • Ogʻzaki xabarlar yozilmas ekan yoki doimiy tasmaning bir qismiga aylantirilmas ekan, ular hech qanday qonuniy dalil boʻlmaydi.



    Og`zaki muloqotning ikki tomoni

    Ogʻzaki muloqotning 2 tomoni mavjud: Jo‘natuvchi, Qabul qiluvchi.

    Jo‘natuvchi sifatida ogʻzaki nutqni samarali qilishning turli metodlari nimalar ekanligi bobning boshqa qismida ta’riflangan edi, biroq qabul qiluvchi bahosi esa takomillashish uchun ijobiy sharh bilan birgalikda sohalarni ham oʽz ichiga olishi mumkin. Har qanday vazifaning bahosi boʻlganidek, soʽzlovchining obroʻsiga shaxsiyatiga tegadigan ijodiy tanqid taklif qilish foydali boʻladi. Ogʻzaki taqdimotlar uchun ogʻzaki yoki yozma baho berishlari uchun qabul qiluvchilarga quyidagilarni taklif qilamiz:


    • Tasvirlovchi /Tavsiflovchi boʻling: baho berishdan koʻra soʽzlovchi nima qilayotganini kuzatganingizni tasvirlab bering, masalan: «Taqdimotingizni yakunlashning axmoqona usuli bo`ldi»dan koʻra «Men yakunlovchi fikrni eshitmadim» deng.


    • Boshqalardan farqlaning. Kelgusi taqdimotini yaxshilash uchun soʽzlovchiga yetarli ma’lumot bering, masalan «Sizning koʻrgazmali qurollaringiz behuda/samarasiz»dan koʻra, «PowerPoint slaydlaringizdagi shrift hajmini oshirgan boʻlardim, chunki men slaydlarni o‘qishga qiynaldim», deng.



    • Yüklə 2,32 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   194




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə