Biznes muloqot va akademik yozuv



Yüklə 2,32 Mb.
səhifə35/194
tarix16.03.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#102694
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv-fayllar.org

Tizimli tushunib yetish. Muhokamada samarali qatnashish uchun unda ifodalangan qarashlarni tushunib yetishimiz kerak. Biz qarashlar va fikrlarni ongli va begʻaraz sharhlashimiz kerak. Biz boshqalar nima deyayotganini tinglashimiz va muvofiq ravishda oʽz qarashlarimizni oʽzgartirishimiz kerak.


  • Batafsil tahlil. Qatnashuvchi sifatida biz qanday tinglashni, nimani tinglashni va to‘gʻri ma’no chiqarishni bilishimiz kerak. Biz olingan ma’lumotlarni qanday umumlashtirishni va sharhlashni bilishimiz kerak. Bu muhokamada ilgari olingan bilimlar va yangi faktlarni tinglashda to‘gʻri qiyoslanishi kerak.


  • Xatti-harakatlar. Mas’uliyatli tinglovchi sifatida biz boshqalarning qarash va fikrlarini qabul qilishda samimiy, xayrixoh boʻlishimiz kerak. Shunday qilib, imo-ishoralarimiz xush koʻrilmaydigan boʻlishi kerak emas. Biz samimiy va takallufli boʻlishimiz kerak, Shuningdek, himoyalanuvchan ham boʻlishimiz kerak. Sogʻlom muhokama bizga yangidan - yangi gʻoyalarni beradi. Biz qarashlarimizni qanday yetkazishni, ularning haqiqiyligiga mosligini tekshirishni oʻrganamiz. Muhokamalar orqali biz qarashlarimizni boʻlishamiz. Muhokama o‘qish jarayonida juda muhim rol o‘ynaydi. Biz yana boshqalarning qarashlarini hurmat qilishni, kelishmovchilik va tartibsizliklarni hal etishning barcha bosqichlarida iltifot bilan birgalikda o‘ylashni va ishlashni oʻrganamiz.

    Intervyu” soʽzi “oʻrtadagi qarashlar” degan ma’noni anglatadi, bu ikki shaxs oʻrtasidagi bir-birlarining qarashlarini bilish maqsadidagi uchrashuvini yoki bir-birlarini bilish uchun yoki intervyu oluvchi va beruvchi oʻrtasidagi oʽzaro faoliyatni koʽzda tutadi. Suhbat ikki tomonlama muloqot vositasidir.



    Suhbat va uning turlari:

    Lavozim oshirilishi uchun suhbat. Shaxslar raqobat boʻlmasada lavozimi oshirilishi uchun suhbatdan o‘tadilar. Suhbatning bu turi norasmiy va yangi majburiyat va burchlarga kirish sifatida xizmat qiladi. Va agarda lavozim oshirilishida raqobat boʻladigan boʻlsa, bu holda suhbat tanlov jarayonida yordam beradi va nomzod uchun karyera imkoniyatlari muhokamasi uchun suhbat tariqasida xizmat qilishi mumkin.


    Yüklə 2,32 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   194




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə