Biznes muloqot va akademik yozuv



Yüklə 2,32 Mb.
səhifə32/194
tarix16.03.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#102694
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv-fayllar.org

Oʻzaro faoliyat: guruhdagi bahsning bosh xususiyati guruhdagi turli a’zolarning oʽzaro faoliyatidir. Ular bir-birlarining e’tiborini ogʻzaki ravishda qaratish orqali kuzatadilar va muloqot qiladilar.


  • Guruh a’zolari: guruhdagi muhokama faqatgina guruh yetakchisi va izdoshlaridan tashkil topganda samarali boʻladi. Yetakchi fakt va ma’lumotlarni jamlaydi, fikrlashni bir qolipga soladi hamda muammoning yechimiga rozi bo`ladi. Guruh a’zolari esa bir-birlariga hurmat bilan faol ravishda bogʻlanadilar.


  • Jalb etilish: guruh muhokamasining yaroqliligi va samarasi koʻp darajada a’zolarining faol qatnashishlariga bogʻliqdir.


  • Shaxslar oʻrtasidagi xohish: guruh muhokamasining yana boshqa xususiyati shaxslar oʻrtasidagi xohishdir. Oʻzaro faoliyat davom etarkan, bir-birlarini yoqtirishi, xush koʻrmaslik, xulq-atvor, temperamenti kabi xislatlari bir-birlariga ma’lum boʻladi. Ular orasida boshqa birining muammolarini boʻlishar ekan, bir-birlariga boʻlgan hamdardlik rivojlanadi.


  • Qoidalarga bo‘ysunish bosimi: guruh muhokamasida, qoida va me’yorlarga rioya qilish bosimi boʻladi. Oldindan belgilangan va ta’sis etilgan standartlarga doimo majbur qilinadi va rioya qilinadi.


  • Ziddiyat: ziddiyat guruh a’zolari orasidagi kelishmovchilik, tafovut, ixtilof boʻlib, koʻpincha o‘ylash mobaynida kelib chiqadi.



    Muhokamaning maqsadi: guruh muhokamalarining asosiy maqsadi bizning guruhda oʽzimizni tutishimizni baholashdir. Guruh muhokamasi bizga oʽzimizning intellektual qobiliyat, ijodkorlik, tasavvur va yondashuv kabi Shaxsiy xislatlarimizni muammolarni yechishda, yetakchilik sifatlari, kelishmovchiliklar va guruh xatti-harakatlarini koʻrsatishda asos boʻladi. Qatnashish maqsadida fikrning aniqligi va nutqimizning imkoniyatlarini baholay olamiz. Bu bizni taxminlarga asoslangan qarashlardan saqlaydi va noto‘gʻri harakatlarning oldini oladi.


    Yüklə 2,32 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   194




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə