Biznes reja istiqbolni belgilovchi hujjat hisoblanadi


Marketing reja. Ishlab chiqarish rejasi



Yüklə 158,5 Kb.
səhifə6/10
tarix15.10.2023
ölçüsü158,5 Kb.
#127848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BIZNES FAOLIYATIDA BIZNES REJANI ISHLAB CHIQISH TARTIBI

3 Marketing reja. Ishlab chiqarish rejasi
Marketing rejasi. Marketing quyidagi shartlarda qo’laniladi:

  1. Bozorni tovarlar bilan to‘la ta’minlash, ya’ni tak- lilning talabdan ortib ketishiga erishish.

  1. Keskin raqobat, ya’ni xaridorlar uchun kurashni kuchaytirish.

  2. Erkin bozor munosabatlari, ya’ni bozorni tanlashda, baho belgilashda, tovarlar sotishda ma’muriyat aralashu- vining cheklanishi.

  3. To‘la mustaqillik, ya’ni maqsadni, boshqaruv tuzi- lishini, ish haqlarini, budjet moddalari bo‘yicha mablag‘lar taqsimlashda mustaqillik.

Marketing rejasini amalga oshirishda quyidagi qonu- niyatlarga asoslanish zarur:

  1. Iste’molchini tushunishda bu bozor kon’yukturasi o‘zgarishi va ehtiyojlarini hisobga olishga asoslanish. Biznesda iste’molchi va uning ehtiyojini hisobga olmay turib, yuqori foydani ko‘zlab bo‘lmaydi.

  2. Mijoz uchun kurash, bu yerda rahbar mijoz menga bo‘ysunishi kerak emas, balki men mijozga bog‘liqman degan ta’birda ish tutishi lozimligi. Har qanday tadbirkorlik faoliyati natijasini mijoz baholaydi.

  3. Ishlab chiqarishni bozor talablariga maksimal darajada moslash.

Marketing strategiyasini belgilashda marketing fao- liyatining besh konsepsiyasiga asoslanish kerak:

  1. Ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasi (ishlab chiqarish).

  2. Tovarlarni takomillashtirish konsepsiyasi (tovar).

  3. Tijorat harakatlarini jadallashtirish konsepsiyasi (sotish).

  4. Marketing konsepsiyasi ( iste’molchi).

  5. Sotsial-etnik marketing, bu yerda tovarni ishlab chiqarish iste’molchi ehtiyojini qondiribgina qolmay, balki jamiyat ehtiyojlarini ham ta’minlashdir.

Marketing strategiyasini ishlab chiqarishda firma yuqorida aytib o‘tilganlarning bir yoki undan ortiq kon- sepsiyalaridan foydalanishi mumkin.

Yüklə 158,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə