Blokcheyn texnologiyasi tushunchasi va uning huquqiy



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140149
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
blokcheyn-texnologiyasi-tushunchasi-va-uning-huquqiy-maqomi

ǀ
ISSUE 5 
ǀ
2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  
 
676 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
munosabatlarda, xizmat ko‘rsatishda muayyan muddatda uzilishiga olib kelishiga 
qaramasdan, moliya tashkilottda ish hajmining kamayishiga, xizmatlarning 
samaradorligiga imkoniyat yaratadi. Ushbu jarayon ulkan ahamiyatga ega bo‘ladi, 
sababi butun dunyoda moliyaviy xizmatlar bozori – bozor kapitallashuvi bo‘yicha eng 
katta bozordir.
Bu texnologiyaning uchinchi ehtimoliy roli (shartnomalar tuzish) moliya 
sektoridan tashqarida ham juda foydali bo‘lib chiqishi mumkin. Blokcheynning ishlab 
chiqilishining asosi hisoblanmish Bitkoin kriptovalyutasining muomalaga kiritilishi 
bilan, blokcheyn texnologiyasi raqamli iqtisodiyotning har qanday turini, jumladan
kompyuter kodini saqlash uchun foydalanilishi mumkin bo‘ldi. Bu kod fragmentini 
shunday dasturlash mumkinki, u ikkala kelishuvchi tomon o‘z kalitlarini kiritgan va shu 
tariqa shartnoma tuzishga rozilik bildirgan holda bajariladi. Xuddi shu kod tashqi 
ma’lumot oqimlaridan axborot olishi (aksiyalar narxi, meteorologiya ma’lumotlari, 
yangiliklar sarlavhalari va kompyuter tahlil qilishi mumkin bo‘lgan boshqa narsalar) va 
ma’lum bir shartlar bajarilganda avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkaziladigan 
shartnomalar tuzishi mumkin. Ushbu mexanizm «aqlli shartnomalar» (smart-
shartnomalar) deb ataladi va uni qo‘llash imkoniyatlari amalda cheklanmaydi. Smart-
shartnomalar o‘z o‘rnida aqlli shartnomalvr sifatida nomlanib, u o‘z – o‘zidan 
bajariladigan shartnoma hisoblanib, uning xulosasi virtual muhitda, ya’ni blokcheynda 
amalga oshiriladi.
Yirik banklar va ayrim davlat strukturalari «blokcheyn»dan yoki hatto 
taqsimlangan registrlar sifatida oddiy «blokcheyn»dan axborot saqlash va tranzaksiyalar 
amalga oshirish usulini keskin o‘zgartirish uchun foydalanadi. Ular maqtovga loyiq 
maqsadlarni ko‘zlaydi: tezlik va xavfsizlikni oshirish, qiymatni pasaytirish, xatolar 
sonini kamaytirish, ishdan chiqish va zaiflik markaziy nuqtalarini bartaraf qilish. Bu 
modellar to‘lovlarni amalga oshirish uchun kriptovalyuta qo‘llashi shart emas. Har 
qanday blokcheyn, Bitkoindan foydalanishi yoki foydalanmasligidan qat’iy nazar, 
taqsimlangan hisoblanadi: u butun dunyo bo‘ylab ko‘ngillilar kompyuterlarida ishlaydi, 
shunday ekan, unda buzib kirish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar markaziy to‘plami yo‘q. 
Blokcheyn ommaviy: uni istalgan kishi istalgan payt ko‘rib chiqishi mumkin, chunki u 
tranzaksiyalar auditi va hisobi bilan shug‘ullanadigan bironta tashkilotda emas
tarmoqda joylashgan. Blokcheyn shifrlangan: unda virtual xavfsizlikni ta’minlash uchun 
ommaviy va xususiy kalitlar (bank yacheykasi uchun ikkita kalit tizimi kabi) 
qo‘llanadigan kuchli shifrlash tizimi foydalaniladi. Davlat muassasasi yoki moliyaviy 
korporatsiyaning vijdonsiz xodimi yoki supermarketlar ulkan tarmog‘ining kuchsiz 
brandmauyerlari haqida qayg‘urishga hojat yo‘q. Iqtisodiy tranzaksiyalar yangi raqamli 
registrini insoniyat uchun muhim va qimmatli bo‘lgan istalgan axborotni: tug‘ilganlik 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə