Blokcheyn texnologiyasi tushunchasi va uning huquqiy



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
blokcheyn-texnologiyasi-tushunchasi-va-uning-huquqiy-maqomi

ǀ
ISSUE 5 
ǀ
2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  
 
673 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
Ma’lum qoidalarga muvofiq qurilgan, ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan uzluksiz ketma-
ket bloklar zanjirining kelib chiqish tarixi o‘tgan asrning 90 yillari boshiga borib 
taqalishi ko‘pchilikka ma’lum emas. Blokcheynning rivojlanishi, yildan-yilga 
takomillashib kelayotganligi sababli, raqamli iqtisodiyotdagi izlanishlar natijasida 
blokcheynga ta’sir ko‘rsatadigan bir nechta dasturlar paydo bo‘ldi. 1991 yilda AQSH 
olimlari Styuart Xaber va V. Skott Stornettalar o‘sha davrda ko‘pchilik insonlar 
blokcheyn deb nomlagan tizimni yaratishadi. Ularning ilk tadqiqotlari kriptografik 
jihatdan himoyalangan bloklar zanjirini yaratish ustida bo‘lgan. Mazkur tizim 
yordamida hujjatlarga qo‘yilgan vaqtinchalik belgilarni hech kim qalbakilashtira 
olmagan. 1992 yilda ular o‘z tizimini Merkle daraxtlarini o‘z ichiga olgan holda 
takomillashtiradilar, bu esa samaradorlikni oshirdi va bitta blokda ko‘proq hujjatlarni 
to‘plash imkonini berdi. Biroq, blokcheyn texnologiyasining konseptsiyasi 2008 yilda 
Satoshi Nakomoto tomonidan taklif qilingan bo‘lib, butun dunyoga birinchi marotaba 
2009 yilda realizatsiya qilingan. Satoshi Nakamoto blokcheyn texnologiyasining 
asoschisi hisoblanadi. Nakamoto Bitcoin tranzaksiyalarini amalga oshirish maqsadida 
ushbu texnologiyani ishlab chiqqan deb taxmin qilinadi. Bitcoin esa raqamli hisob-kitob 
texnologiyasining birinchi ko‘rinishlaridan edi. Nakamoto mazkur texnologiyaning 
imkoniyatlaridan faqatgina kriptovalyutalar uchungina emas balki turli boshqa 
yo‘nalishdagi dasturlarda ham foydalanish mumkinligini bildirdi. Satoshi Nakamoto 
mazkur texnologiya bo‘yicha birinchi texnik reglamentni 2009 yilda yaratdi. Unda
Nakamoto blokcheyn texnologiyasining markazlashmagan aspektini hisobga olgan 
holda raqamli ishonchni oshirish uchun qanchalik yaxshi jihozlangan ekanligini va bu 
hech kim hech narsani nazorat qila olmasligini batafsil yoritib bergan. Oddiy qilib 
aytganda, blokcheyn – bu xavfsiz va ko‘plab kompyuterlar bo‘ylab tranzaksiyalarni 
amalga oshirish uchun ishlatiladigan taqsimlangan raqamli hisob-kitoblar tizimidir. 
Mazkur hisob-kitoblarning mohiyati – faqat oldingi blokga tegishli boshqa blokni 
qo‘shish orqali yangilanadigan tizimdir. Buni Internet orqali ishlaydigan P2P (Peer-to-
Peer – shaxsdan shaxsga) tarmog‘i sifatida ham tasavvur qilish mumkin. Ta’kidlangani 
kabi, blokcheynning birinchi shakli bitkoin bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning 
asosiy va umumiy reyestri sifatida namoyon bo‘lgan. Dastavval, blokcheyn 
texnologiyasi moliya va bank sektorlarida jadal foydalanilgan. Hozirgi kunda ushbu 
texnologiyaning qo‘llanish sohalari ijtimoiy munosabatlarning rivoji bilan bevosita 
bog‘liq bo‘lib, deyarli barcha sektorlarda, xususan, transport, ta’lim, meditsina, jinoyat 
protsessi, davlat xizmatlari, turizm, qishloq xo‘jaligi, ko‘chmas mulk va h.k
5

5
https://academy.binance.com/ru/glossary/blockchain?utm_campaign=googleadsxacademy&utm_source=googleadwords_i
nt&utm_medium=cpc&gclid=CjwKCAjwo8-SBhAlEiwAopc9WytKvDYbhAjx8rJ7RxM_J1q094rcebDD3Ayrji-l31rJj-
P435r1XxoCxdcQAvD_BwE
 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə