Blokcheyn va moliyaviy texnologiyalar



Yüklə 247 Kb.
səhifə21/21
tarix19.09.2023
ölçüsü247 Kb.
#122527
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
3-mavzu

Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
• tizimning ishdan chiqish ehtimoli pastroq (zaif jihatlarni bartaraf qilish, ishdan chiqishga chidamlilik); • energiya iste’moli pastligi (energiya sarfi tarmoqning o‘zi tomonidan yo‘qotishlarni pasaytirish va samaradorlikni oshirish, dinamik narx shakllantirish va teskari aloqa sirtmoqlari bilan qoplanadi); • shaxsiy axborotlarning himoya qilinishini yaxshilash (vositachilar blokcheynda berilgan qoidalarni buzishi yoki pisand qilmasligi mumkin); • «cheksiz ma’lumotlar» to‘plash va tahlil qilish tufayli ularni yaxshilash imkoniyatlari, jarayonlar va qonuniyatlarni yaxshiroq tushunish; • turli xildagi ham salbiy (noqulay ob-havo, zilzila, sog‘liq bilan bog‘liq muammolar), ham ijobiy (qishloq xo‘jalik ekinlari ekish uchun qulay vaqt, xarid shablonlari) hodisalarni bashorat qilish imkoniyatlarini yaxshilash. Taqsimlangan ochiq biznes model shuni anglatadiki, kompaniya bozorni tark etadigan yoki ishlab chiqaruvchi xonavayron bo‘ladigan bo‘lsa ham,buyumlar Interneti tarmoqlari o‘zini-o‘zi qo‘llab-quvvatlab turishi mumkin. Blokcheyn texnologiyasiistalgan shaxsga o‘zining rivojlanishi va gullab-yashnashiga yo’naltirilgan yo‘l xaritasini tuzishga imkon beradi. Raqamli iqtisodiyotda ishtirok etish uchun eng oddiy shartlar – uyali aloqa telefnoi va internetga ulanish imkoniyati yetarli boladi.Yuqorida ta’kidlaganimizdek, blokcheyn texnologiyasihar bir kishiga iqtisodiy munosabatlar qatnashchisi bo‘lish imkonini beradigan biznes-modellar yaratishga imkon beradi.Blokcheyn kompaniya yaratishning uchta tarkibiy qismi bor – uni tashkil qilish, moliyalashtirish va uni bozorda ilgari surishni atvomatlashtirish, soddalashtirish va sezilarli darajada takomillashtirish. Kelejakda bunday kompaniyani tashkil qilish qiymati sezilarli darajada pasayadi, chunki blokcheyn – korxonani ro‘yxatdan o‘tkazishning mashhur va ishonchli usuli hisoblanadi. Mulk hamma uchun ko‘rinarli, qaydlar yuritish esa oson, bu ayniqsa, qonunchilik bilan tartibga solish qiyin bo‘lgan sohalarda foydali bo’ladi. Ishonchli va o‘zgarmas registrlar tufayli, tadbirkorlar o‘z korxonalarini va korporativ aktivlarga egalik qilishni ro‘yxatdan o‘tkazishi, tovar zaxiralari va majburiyatlarini boshqarishi, shuningdek, uch karralik buxgalteriya
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
hisobi yoki blokcheyndagi boshqa ilovalar uchun dasturiy ta’minot yordamida boshqa moliyaviy ko‘rsatkichlardan foyda olishi mumkin, bu esa auditorlar, soliqqa tortish bo‘yicha mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojni ancha kamaytiradi. Smart-shartnomalar tufaylitadbirkor kompaniya faoliyatining ko‘plab jihatlarini avtomatlashtirishi mumkin, chunonchi: xaridlar, mehnatga haq to‘lash, kredit bo‘yicha foiz, real vaqt rejimida moliyaviy auditni amalga oshirish. Bizning fikrimizcha, yaqin kelajakda blokcheyn texnologiyasi yordamida yakka tartibdagi tadbirkorlikning ikkita yangi biznes modeli yuzaga kelishi mumkin: - ortiqcha narsalarni dozalangan tarzda ijaraga olish va ijaraga berish. Blokcheyn texnologiyasi yordamidagi biznes model individual shaxslarga noan’anaviy qiymat yaratish va daromad olishga imkon beradi. - ma’lumotlarni mikromonetarizatsiyalashtirish. Dekret ta’tilidagi ota-ona va kichkina bolalar yoki keksa ota-onaga qarash bilan band bo‘lgan boshqa oila a’zolari nihoyat o‘z uy mehnatini monetarizatsiyalashtirishi va ular har soat yaratadigan qiymat uchun e’tirofga ega bo‘lishi mumkin. - raqamli «aqliy hujum». Muammolar yoki qandaydir ehtiyojlarni aniqlash maqsadida real vaqt rejimida davlat amaldorlari va oddiy fuqarolarning biror bir masala yoki muammo haqidagi fikrlarini aniqlaydigan«bitta odam – bitta ovoz» ko’rinishidagi onlayn-sessiyalar tashkil qilish mumkin; - qasamyod qilgan onlayn hakamlar va oddiy fuqarolardan iborat bahs-munozaralar o’tkazilishi ham mumkin. Hakamlar axborot bilan o‘rtoqlashish, savollar berish, muammolarni muhokama qilish, dalil-isbotlarni bilib olish uchun Internetdan foydalanadilar. Blokcheyn nufuz tizimlari munozara qatnashchilari va hakamlar nufuzi haqidagi ma’lumotlarni va ularning tarjimai holini bilib olishga yordam beradi. Qarorlar va muhokamalar blokcheynda qayd qilinadi; Blokcheyn texnologiyasihukumatningharajatlari hajmini ancha qisqartirishi mumkin, lekin buning uchun ko‘plab sohalarda yangi qonunlar kerak bo’ladi. Mualliflik huquqlari va intellektual mulk muammolarini hal qilish uchun ham texnologik va biznes-modellar mavjud. Shu sababli, patentlarning ortiqcha himoya
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
qilinishi tufayli innovatsiyalarni nobud qiladigan eski qonunlarni qayta yozish yoki ulardan umuman voz kechish zarur.
Yüklə 247 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə