Blokcheyn va moliyaviy texnologiyalar



Yüklə 247 Kb.
səhifə6/21
tarix19.09.2023
ölçüsü247 Kb.
#122527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
3-mavzu

1999 yil: Shon FenningNapster bilan hamkorlikda peer-to-peer (P2P) (birga-bir, bir rangli) texnologiyani ixtiro qildi. Bunda audo fayllarni almashinish platformasi Napster barcha fayllarning markaziy reestri Farm rolini o’ynaydigan va bir xil huquqqa ega bo’lgan hamkorlarga tegishli bo’lgan markaziy server bilan ishlaydi. Ushbu markazlashgan tizimda Napster platformasining bitta rad qilish nuqtasi (Single Point of Failure – SPOF) tashkil etilgan. Ammo bu sayt 2001 yilda intellectual mulk huquqlari buzilgani tufayli FBI tomonidan yopilgan.
2000 yil: Tom Pepper va Jastin Frankel P2P fayllari ma’lumotlarini uzatish uchun mo’ljallangan taqsimlangan platforma - Gnutellani tashkil qilishdi
1998–2005 yillar: NikSaboish tugallanganligini aniqlab beradigan qalbakilashtirishga chidamli bo’lgan markazlashmagan platform BitGold ni ishlab chiqdi. Ushbu platformada xozirgi davrda bitkoin tarkibiga kirgan bir qancha elementlardan foydalanilgan, shu jumladan, sana va vaqtni avtomatik ravishda qo’yish, elektron imzolar, ochiq kalitlar va boshqalar. Lekin bu tizim hujumlarga nisbatan anchagina chidamsiz bo’lgan edi.
2004 yil: Markazlashmagan valyuta tizimini yaratishga bo’lan ilk qadam sifatidaRipplepay yaratildi.
2007–2010 yillar: Bitkoin blokcheyni va uning bitkoin deb nomlangan valyutasining paydo bo’lishi.
Endi bitkoin ixtirochisi Satosi Nakomoto kimligini bilishga harakat qilamiz.
2007 yilda Satosi Nakomoto ismli bir sirli inson ushu texnologiya bilan ishlay
boshlagani haqida ma’lumot berdi.
2008 yil 19 avgustda bu inson bitcoin.org deb nomlangan domen nomini reservatsiya qildi.
2008 yil 31 oktyabrda bitkoin yaratilgani haqida ma’lum qilindi. Satosi Nakomoto esa: A Peer-to-Peer Elektronic Cash System deb nomlangan maqolani nashr ettirdi. Ushbu maqolada u olimlar bir necha asrlardan beri bosh qotirib yurgan kriptografiya masalasini, ya’ni, vizantiya generallari masalasini yoki ikki marta to’lov muammosining yechimini hal qilib berdi. Ushbu muammo ishonchni insonlar ishtirokisiz ikki kontragentlar orasidagi aktivlar (masalan, pullar) almashinishini hal qilishga halaqit berayotgan edi.

Yüklə 247 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə