Bmi mashhura


aromatik uglevodorodlar -» alkenlar -» naftenlar -»



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/40
tarix13.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#116911
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40
Bmi mashhura

aromatik uglevodorodlar -» alkenlar -» naftenlar -» 
parafinlar.
Tegishli ketma-ketlikda parchalanish tezligi ham ortadi. Demak, yuqori birinchi 
navbatda 
paraffin 
uglevodorodlar 
va 
naftenlar 
parchalanadi 
va 
aromatik 
uglevodorodlarning to’planishi kuzatiladi. Kreking mahsulotlarida aromatic 
uglevododrodlari ulushining ortishi ikkilamchi jarayonlar hisobiga ham (masalan, 
diyenli sintez) bo’ladi. Neftni termik qayta ishlashdan asosiy maqsad benzin ishlab 
chiqarishdir.
Kreking-gaz kondensatordan benzindan ajratiladi. Olingan mahsulotlarning unumi 
kreking- benzin 30-35 %, kreking-gaz 10—15 %, kreking-qoldiq 50—55 % ga teng 
bo’ladi. Kreking- benzin tarkibida aromatik uglevodorodlar ko'p bo'lganligi uchun, 
uning oktan soni 
(70) 
oddiy haydash orqali olingan benzindan ancha yuqori bo’ladi.
1.Kreking-gaz tarkibida etilen, etan, propilen, butilen va butan ushlaydi. Ular 
gazlarni ajratuvchi qurilmalarda (GAQ) fraksiyalarga ajratiladi va organik sintezning 
qimmatbaho xomashyosi sifatida ishlatiladi. Kreking-qoldiq bug' qozonlarning yoqilg'isi 
hisoblanadi yoki gudron, asfalt, neft koksi kabilarni olish uchun xomashyo sifatida 
qo'llaniladi.
2. Bug' fazali kreking kichikroq bosim va 600—630°C da haroratda yuqori oq tanli 
benzin olish maqsadida olib boriladi. Bunda ligroinli fraksiya ishlatiladi. Bug' fazali 
krekingda benzin bilan bir qatorda ko'p miqdorda qimmatli neft kimyo xomashyosi 
hisoblangan, tarkibida to'yinmagan uglevodorodlari ko'p bo'lgan gazlar ham olinadi.
3.Piroliz — bu yuqori haroratli kreking bo'lib, asosan etilen va boshqa to'yinmagan 
uglevodorodlarni olish uchun ishlatiladigan xomashyoning turiga qarab (tabiiy gaz, gaz 
kondensati, kerosin, gazoyil, ligroin) keng oraliqdagi haroratda (600-120°С) amalda 


 
670—720°C larda va atmosfera bosimida ligroinli yoki kerosinli fraksiyalarning chuqur 
parchalanishi hamda ikkilamchi jarayonlar natijasida xomashyoning xossasiga nisbatan 
50 % gacha unum bilan gaz (tarkibida 30 % alkanlar saqlaydi) va 45—47 % moy 
olinadi. Moyni rektifikatsiyalab 20% benzol, 16 % toluol va 2 % kselol olinadi va ular 
qayta tozalangach individual modda sifatida foydaniladi. Kokslash-neft qoldiqlari 
mazut, kreking-qoldiq, gudronlarni 450—500°C da havosiz joyda termik parchalash 
jarayoni bo'lib, uning natijasida qo'shimcha yoqilg'i foydaniladigan kulsiz (yonganda 
kul hosil qilmaydigan) koks olinadi.
Katalitik jarayonlar bugungi kunda neft mahsulotlarini krekinglab oktan soni 
yuqori bo'lgan va turli organik sintezlarda keng foydalanilayotgan gazlarning olish 
usullarining orasida asosiy o'rinni egallaydi. Katalitik jarayonlar termik jarayonlarda 
katta tezlikda nisbatan pastroq haroratda va pastroq bosimda boradi hamda u 
oltingugurtli neftlarni ham qayta ishlashga imkon beradi. Katalizator sifatida g'ovak 
tashuvchilarga (moddalarga) shimdirilgan holda sintetik alumo-silikatlar, platina, 
molibden oksidlari va xrom ishlatiladi.
Katalitik kreking bu tipik geterogen katalizdir: dastlabki moddalarning gaz fazadan 
katalizator sirtiga diffuziyalanishi, oraliq kompleks hosil qilish bilan sirtida 
xemosorbsiyalanishi, kimyoviy reaksiya va kreking mahsulotlarining katalizator sirtidan 
desorbsiyalanishi va ularning gaz fazaga diffuziyalanishi kabi ketma-ketlik tartibda 
boradi. Shuning uchun ham foydalaniladigan katalizatorlarning sirti katta bo'lishi 
(~700m2/g), yaxshi regeneratsiyalanish xossasiga ega bo'lishi, oltingugurt birikmalariga 
chidamli bo'lmog'i hamda mexanik mustahkam bo'lishi lozim. Katalizator sirtida 
boruvchi kimyoviy jarayonlar ion xarakteriga ega. Bir vaqtning o'zida katalizatordan 
tashqarida harorat ta'sirida zanjirli radikalli jarayonlar ham boradi, ammo sust ketadi. 
Katalitik kreking sharoitiga eng chidamli bo'lgan birikmalar normal tuzilishli 
parafinlar va almashmagan aromatik uglevodorodlardir. Olefinlar, naftenlar va uzun 
zanjirli yon o'rinbosarlari bo'lgan aromatik uglevodorodlar chidamsiz bo’lib, ular 
birinchi bo'lib krekingga uchraydilar. Uzun yon zanjirli aromatik uglevodorodlar oddiy 
aromatik birikmalar va olefinlarga parchalanadilar.


 
Kondensirlangan aromatik birikmalar o'rinbosarlarining yo'qotadi va yanada 
zichlashib 
koks 
hosil 
qiladi. 
Naftenli 
uglevodorodlar 
katalizator 
sirtida 
degidrogenlanadi va yon zanjirning uzilishi hamda xalqaning ochilishi bilan C-C bog' 
uzilib parchalanadi. Polisiklik naftenlar yon o'rinbosarlar uzilgandan so'ng oddiy 
aromatik uglevodorodlar hosil qiladi-yu, ammo qisman zichlanib, mahsulot sifatida 
katalizator sirtida qoladi.
Kreking natijasida hosil bo'lgan olefinlar C-C bog'dan uzilib parchalanadilar, 
izomerlanadilar, polimerlanadilar, gidrogen-lanadilar, xalqali uglevodorodlarga aylanib, 
degidrogenlanadilarda va aromatik birikmalar hosil qiladilar. Kataliz sharoitida 
olefinlarning gidrogenlarning jarayoni katta ahamiyatga ega, chunki bunda darhol 
tarkibida kam olefin saqlovchi turg'un benzin hosil boiadi. Parafin uglevodorodlar 
katalizator sirtida parchalanadi va izomerlanadilar. 
Demak, katalizatorda krekinglashning muhim o'ziga xos tomoni shundaki, bunda 
tarkibida oktan sonini 98 gacha yetkazuvchi tarmoqlangan zanjirli to'yingan 
uglevodorodlar hamda aromatik uglevodorodlar saqlovchi yengil mator yoqilg'isi - 
benzin olinadi. Kreking jarayonida alumosilikatli katalizatorning sirtida qattiq koks 
o'tirib qolish sababli uning aktivligi tezda pasayadi. Katalizator aktivligini qayta tiklash 
uchun unga 550-600°C da havo purkash orqali regineratsiyalaydilar. Katalizator sirtini 
koplab olgan koksning yonishi natijasida bir tomondan katalizator qaysi aktiv holga 
o'tsa (regineratsiyalansa) ikkinchi tomondan u qiziydi va regeneratordan reaktorga 
issiqlik olib o'tish vazifasini ham bajaradi. 
Sanoatda katalitik kreking katalizator qavatining holati bilan farq qiluvchi uch 
tipdagi qurilmalarda amalga oshiriladi: zarrachalari muallaq osilib turuvchi katalizator 
qavati yoki qaynovchi qavatli va kukunsimon katolizatorning muallaq zarrachalari 
oqimi tipida ishlashi bilan ular bir-biridan farq qiladi. Katalitik kreking 0,05-0,1 MPa 
bosimda 450-500°C da bug' fazada alyumosilikatli katalizator ishtirokida amalga 
oshiriladi.
Xomashyo quvursimon pechda 350—360°C gacha qizdiriladi va reaktorga boradi. 
Reaktorga regeneratordan 550— 600°C haroratgacha qizigan katalizator ham kelib 
tushadi. Katalizator zarrachalari og'irlik kuchi hisobiga reaktorning yuqorisidan 


 
pastigacha tushadi, xomashyoni krekingga uchratadi hamda reaktorda o'z issiqligini 
o'tkazishi hisobiga haroratni 450—500°C da saqlab turadi. Katalizator regeneratorga 
borishdan oldin sirtidagi yengil uglevorodlarni desorbsiyalanishini kuchaytirish uchun 
bug' bilan ishlov beriladi.
Kreking mahsulotlari reaktordan chiqib, gaz va benzin fraksiyalarini bir-biridan 
ajratish uchun rektifikatsiya kolonnasiga yuboriladi. Regeneratorga havo puflagich 
yordamida katalizator sirtiga yopishib qolgan koksni yonish uchun to'xtovsiz havo 
berilib turiladi. Regeneratorda hosil bo'lgan tutun gazlari bug' olish maqsadida utilizator 
qozoniga yuboriladi. Regeneratsiyalagan katalizator siqilgan havo yordamida tushuvchi 
qurilmaga tushadi, u yerdan havo puflagichdan siqilgan havo yordamida quvur orqali 
regeneratorga o'tadi. Regeneratordan yana reaktorga boradi. Katalitik kreking natijasida 
oktan soni 76—82 bo'lgan 70% unum bilan benzin, 12-15% bir atomdan to'rt 
atomgacha uglerod saqlovchi gazlar va 6% gacha koks olinadi. Sanoatda qaynovchi 
qavatli katalizatori bo'lgan katalitik tipidagi qurilma keng tarqalgan. Katalizator sifatida 
siyrak yer elementlari bilan aktivlangan alumosilikatlardan (seolitlar) foydalaniladi.
Katalizatorni qo'llash energetik xarajatlarni kamaytirishga, qurilmalarning 
mahsuldorligini oshirishga, benzinning sifatini va miqdorini oshirishga imkon beradi. 
Keyingi yillarda gidrokreking keng qo'llanilmoqda. Bu 6 MPa bosimda 360-450°C da 
alumosilikatlarga qo'yilgan metall (Ni, W, Co, Mo) katalizatorlarda amalga oshiriladi.
Katalitik riforming

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə