Sanoatda qo’llaniladigan portlovchi moddalar tasnifi



Yüklə 178,74 Kb.
səhifə1/5
tarix24.12.2023
ölçüsü178,74 Kb.
#159947
  1   2   3   4   5
Ma’ruza №4

Ma’ruza №4


Sanoatda qo’llaniladigan portlovchi moddalar tasnifi.


Reja:


    1. Sanoatda portlatish ishlarining qo’llanilish maqsadi.

    1. Sanoatda qo’llaniladigan portlovchi moddalarning qo’llanilishiga ko’ra tasnifi.

4.3. Sanoatlashtirilgan portlovchi moddalarga qo’yilgan asosiy talablar.


Darsning maqsadi: Sanoatda qo’llaniladigan portlovchi moddalar (PM) qo’llanilishi va tasnifini urganish.
Yukorida kuyilgan maksadga erishish uchun kuyidagi asosiy masalalarni echishimiz kerak.

  • sanoatda qo’llaniladigan PM larning atrof-muxdtga ta’sirini urganish orkali tasnifi;

  • sanoatda qo’llaniladigan PM larning fizikaviy xolatini urganish orkali tasnifi;

  • sanoatda qo’llaniladigan PM larning kimyoviy tuzilishini urganish orkali tasnifi;

  • sanoatda qo’llaniladigan PM larning omborlarda saklanishi va tashishdagi xavfsizliklar tasnifi;

  • sanoatda qo’llaniladigan PM larning qo’llanilishiga karab tasnifi.

Bugungi kunda konchilik sohasida juda kup turdagi portlovchi moddalar qo’llanilib kelinmokda. Ularning ishlab chikarishda tanlash asosan kuyidagi kriteriyalar asosida amalga oshiriladi: PM ning atrof-muhitga ta’siri, ularning fizikaviy holati va kimyoviy tuzilishi, omborlarda saklanish va tashishdagi xavfsizliklarini urganish orkali amalga oshiriladi.



  1. rasm Sanoatda qo’llaniladigan portlovchi moddalar

Sanoatda qo’llaniladigan portlovchi moddalarning atrof- muxitga ta’sirini urganish orkali tasnifi:



  • yukoribrizantli PM lar, detonastiya tezligi 4500-7000 m/s;

  • brizantli PM lar, detonastiya tezligi 3000-4500 m/s;

  • pastbrizantli PM lar, detonastiya tezligi 2000-3000 m/s;

  • itkitishga muljallangan PM lar, yonish tezligi 100-400 m/s.

Sanoatda qo’llaniladigan portlovchi moddalarning fizikaviy xolatini urganish orkali tasnifi:

  • kukunsimon;

- granula shaklda;

  • presslangan;

  • kuyilgan;

  • suvga tuyingan.

Sanoatda qo’llaniladigan portlovchi moddalarning kimyoviy tuzilishini urganish orkali tasnifi:

  • ammiakli-selitrali;

  • nitro aralashma va uning kotishmalari;

  • suyuk efirdan tashkil topgan sanoatlashtirilgan PM;

  • xloratli va perxloratli sanoatlashtirilgan PM;

  • poroxlar.

Sanoatda qo’llaniladigan portlovchi moddalarning omborlarda saklanishi va tashishdagi xavfsizliklar buyicha tasnifi:

    1. sinf - tarkibida 15% dan ortik suyuk nitroefir moddasiga ega bulagan sanoatlashtirilgan PMlar kiradi. Bularga asosan flegmatizastiyalangan geksogen va tetril kiradi;

    2. sinf - tarkibida 15% gacha suyuk nitroefir moddasiga ega bulgan va ammiakli-selitra, trotil va uning kotishmalaridan tashkil topgan sanoatlashtirilgan PMlari kiradi. Bularga asosan trotil, flegmatizastiyalangan geksogen, detonastiya piligi kiradi.

    3. sinf - tutunli va tutunsiz poroxlar.

    4. sinf - elektrodetonatorlar, kapsyul detonatorlar, pirotexnik relelar;

    5. sinf - tarkibidan portlatgich urnatilgan perforatorli snaryadlar.

Sanoatlashtirilgan PM lar qo’llanilish sharoitiga qarab sinflarga bo’linadi: himoyalanmagan va himoyalangan.

Yüklə 178,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə