Sanoatda qo’llaniladigan portlovchi moddalar tasnifi


-guruhga suvga mustahkam, kukunsimon PM lar kirib, quyidagi kichik guruhlarga bo’linadi: a-kichik guruhi



Yüklə 178,74 Kb.
səhifə3/5
tarix24.12.2023
ölçüsü178,74 Kb.
#159947
1   2   3   4   5
Ma’ruza №4

3-guruhga suvga mustahkam, kukunsimon PM lar kirib, quyidagi kichik guruhlarga bo’linadi:
a-kichik guruhiga standart diametrdagi, yuqori quvvatli, patron shaklidagi va suvga mustahkam PM lar kirib, quruq va suvga to’yingan qattiq tog’ jinslarini portlatishda ishlatiladi. Unga Ammonit skalnыy №3 portlovchi moddasi kiradi.
b-kichik guruhiga standart diametrdagi, o’rtacha quvvatli, sochma holdagi PM lar kirib, quruq va suvga to’yingan, o’rtacha qattiqlikdagi tog’ jinslarini portlatish ishlarida qo’llaniladi. Unga Ammonit № 6JV va Dinaftalit portlovchi moddalari kiradi.
v-kichik guruhiga kichik diametrdagi, suvga to’yingan va quvvatli, nitroglisterindan tashkil topgan PM lar kirib, qattiq, quruq va suvga to’yingan tog’ jinslarini maydalash ishlarida qo’llaniladi. Ularga Dentonit M va Dentonit 10A portlovchi moddalari kiradi.
4-guruhga suvga to’yingan, plastinkasimon PM lar kirib, ular qattiq tog’ jinslarini quruq va suvga to’yingan holatlarda maydalashda uchun ishlatiladi. Ularga asosan Akvanit ZL, Akvanit №16 va Akvanit ARZ, Akvanal № 1 rusumli portlovchi moddalar kiradi.
III sinf – himoyalangan PM lar bo’lib, foydali qazilmalarni er osti usulida qazib olish (gaz va changdan xavfli shaxtalarda) tog jinslarini maydalash hamda maxsus ishlarda qo’llaniladi. III-sinf quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1-guruhga suvga mustahkam, sanoatlashtirilgan PM lar kirib, foydali qazilmalarni er osti usulida qazib olish texnologiyasining tog’ jinsli zaboylarini portlatish uchun qo’llaniladi. Bunga asosan Ammonit AP-5JV, Pobedit VP-4 rusumli PM lari kiradi.
2-guruhga sanoatlashtirilgan PM lar kirib, oltingugurtni er osti usulida qazib olish texnologiyalarida ishlatiladi. Bunga asosan Kulrang ammonit №1JV rusumli PM kiradi.
3-guruhga sanoatlashtirilgan PM lar kirib, foydali qazilmalarni er osti usulida qazib olish texnologiyasining og’ir uglerodlardan xavfli shaxtalarda tog jinslarini maydalash ishlarida keng qo’llaniladi. Bunga asosan Neftli ammonit №3JV rusumli portlovchi moddasi kiradi.

Yüklə 178,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə