Bmi mashhura



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/40
tarix13.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#116911
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bmi mashhura

 
 
 
 


 
3.5. ENERGETIKA MUAMMOLARI
VA ISTIQBOLLARI 
Hozirgi vaqtda jamiyatning moddiy farovonligi darajasi aholi jon boshiga 
ishlab chiqariladigan energiya miqdoriga qarab belgilanadi. Uylarni isitish, 
tezyurar transportdan foydalanish imkoniyati va sanoat mahsulotlari ishlab 
chiqarish ko'p jihatdan energiyaning yetarli bo'lishiga bog'liq. Energetik 
muammolar hozirgi kunda mohiyat e'tibori bilan insoniyat moddiy madaniyatining 
yanada o'sishi uchun real to'siq bo'lib qoladi. Energetikaning rivojlanish 
istiqbollariga noto'g'ri baho berish natijasida ahvol mushkullashdi. Birinchidan, 
qazib chiqariladigan yoqilg'i (ko'mir, neft, gaz) zahiralari shu ma'noda bitmas-
tuganmas deb taxmin qilinganki, yangi konlarning ochilishi yoqilg'ining 
sarflanishidan anchagina oshib ketgan. Ikkinchidan, dastlabki atom reaktorlari 
muvaffaqiyatli ishga tushirilgandan keyin atom energetikasi yaqin vaqt ichida 
boshqa energetik manbalarning o'rnini bosadi deb taxmin qilingan. Bu ikkala 
taxmin (prognoz) noto'g'ri bo'lib chiqdi. Afsuski, mutaxassislar tabiiy yoqilg'ining 
umumiy zahiralarini emas, balki ularni qazib chiqarishning muhimligini juda kech 
tushunib etdilar.
Tabiiy yoqilg'ini qazib olish darajasi texnologiya bilan belgilanadi. Masalan, 
ko'mir 
qazib 
chiqarishning 
mavjud 
texnologiyasida 
jahondagi 
ko'mir 
zaxiralarining atigi 1/4 qismini qazib chiqarsa bo'ladi.
Energetik muammolar energetika, shu jumladan, atom energetikasining 
rivojlantirish ekologik oqibatlariga yetarlicha baho bermaslik tufayli yanada 
qiyinlashadi. Shunday qilib, energetika muammolari energetik resurslarining 
yetishmasligida emas, balki jamiyatning energiyani iqtisodiy va ekologik jihatdan 
oqilona usulda olishga layoqatsizligidan iborat. Aholining turmush darajasining 
o'sib borishi, energiyaga bo'lgan ehtiyojning ortib borishiga olib keladi.
Butun dunyoda energiya iste'moli jadal sur'atda o'sib bormoqda, bu o'sish 
texnika taraqqiyoti, sanoatning rivojlanishi hamda aholining ko'payishi bilan 
yanada tezlashadi. XX asrning boshlarida dunyoda energiyaga bo'lgan talab har 50 
yilda ikki barobar oshgan bo'lsa, hozirgi paytda esa 15-20 yilda ikki barobar 


 
ortmoqda. Hozir Yer shari aholosining energetik ehtiyojini qondirish uchun 10 
mlrd tonna neft yoqilg'isi ekvivalenti miqdorida energiya ishlatilyapti. Natijada 
atrof-muhitga 24 mlrd tonna zararli chiqindi chiqarilib, tabiatga jiddiy zarar 
yetmoqda. Tabiiy energiya manbalarining taxminan 20 % elektroenergiya hosil 
qilish uchun, 20 % transport uchun, 30 % sanoat uchun va 30 % binolarni isitish 
va boshqa turmush ehtiyojlari uchun sarflanadi. Mavjud energiya manbalari 
ikkiga, asliga qaytadigan va asliga qaytmaydigan manbalarga bo'linadi. Asliga 
qaytadiganlariga quyosh energiyasi, shamol, suv, geogermal energiya manbalari 
kiradi. Asliga qaytmadiganlarga esa turli yoqilg'ilar neft, gaz ko'mir, slanes, torf 
kiradi. Energiyaning yangi turlaridan biri bu atom energiyasidir. Ammo «Trimayl 
aylends» (AQSh) va Chernobil avariyalari sohasida hali yechilmagan muammolar 
(AESlarning xavfsizligini to'la ta'minlash, radioaktiv chiqindilar, texnik jihatdan 
takomillashmaganlik va boshqalar) ko'p.
Hozirgi paytda insoniyat o'z ehtiyojlari uchun asosan asliga qaytmaydigan 
yoqilg'i turlaridan ko'p foydalanmoqda.
Jahondagi hamma energetik ehtiyojlarning 95% hozircha uglerod saqlaydigan 
tabiiy birikmalar — neft, gaz va ko'mirni yoqish hisobiga qondirib kelinmoqda. 
Tabiiy yoqilg'ining jahondagi zapaslari 12 800 mlrd. tonna shartli yoqilg'i deb 
hisoblanadi (1 kg shartli yoqilg'i, energiya miqdori 29 mj. bo'lgan 1 kg 
toshko'mirga teng). Bu miqdorning taxminan 11200 mlrd tonnasini toshko'mir, 
740 mlrd tonnasini neft va 630 mlrd tonnasini tabiiy gaz tashkil etadi. Asliga 
qaytadigan energiya turlari va potensial zahirasi katta bo'lsa ham ulardan 
yetarlicha foydalanishmayapti. Masalan, Yer qurrasidagi gidroenergiyaning 
umumiy potensial zahiralari 73 trillion kVt/soatini tashkil etgani holda hozirgi 
vaqtda ularning salkam 3 % foydalaniyapti xolos.
1970- yillarda dunyoda energetika taqchilligi boshlandi. Shu yiliyoq neft va 
gazning narxi bir necha marta oshdi. Hozirgi davrda Yer sharining 70% energiyasi 
neft va gaz hisobiga olinmoqda. Chunki ular foydalanishga qulay. Ammo neft va 
gaz nafaqat energiya manbai, balki minglab kimyoviy mahsulotlar olish uchun 
xomashyo hamdir. Shuning uchun ham neft va gazni kimyo sanoati uchun 


 
homashyo sifatida qoldirish, energiya manbai sifatida nisbatan istiqbolli bo'lgan 
atom va termoyadro reaksiyalari hamda ko'mir energiyasidan foydalanish juda 
muhimdir.
Toshko'mirning dunyo zaxirasi neft va gazga nisbatan 5 marta ortiq. Ammo 
toshko'mir atrof-muhitni ko'p ifloslaydi. Ekologik toza energiya manbai bu asosan 
vodorod va metanoldir. Ma'lumki, vodorodning yonishidan suv hosil bo'ladi. Suv 
bug'lari esa atrofni tozalaydi. Uning yonishidan juda katta issiqlik chiqadi (125 
510 kJ/ kg), ko'mirdan 4 marta ko'p (uglerod 32 800 kJ/kg) energiya beradi. 
Vodorod suvdan olinadi, demak, uning xomashyosi bitmas tuganmasdir. Hozirgi 
paytda vodorod avtomobillarning yoqilg'isiga qo'shilib (5-10 %) foydalanilmoqda. 
Bunday qilinganda avtomobillardan chiqiladigan zaharli gazlar miqdori ancha 
kamayadi. Benzinga metanol ham qo'shib yoqilg'i sifatida ishlatiladi.
Vodorod bevosita samolyotlar va avtomobillar uchun yoqilg'i sifatida 
ishlatilishi mumkin, biroq uni metallurgiya va kimyoviy texnologiyada 
qo'llanilishi ayniqsa, istiqbolli hisoblanadi. Temir oksidlarini metallgacha 
qaytarish uchun uglerod (koks) o'rniga vodorod qo'llanilayotgan zavodlar hozirgi 
kunlarda ham ishlab turibdi. Uni rangli metallarning rudalarning qayta ishlash 
jarayonlarida qo'llanilishi juda foydalidir. Odatda, mis, nikel va boshqa metallar 
saqlagan sulfidli rudalarni havoda yoqiladi. Bunda oltingugurt (IV) -oksidi va 
tegishli metallar oksidi hosil bo'ladi. Agar rudaga vodorod bilan ishlov berilsa, 
faqat oltingugurt va suv chiqindi hisoblanadi. Vodorod kimyoviy texnologiyada 
metanol va ammiak olish uchun boshqalarda qo'llaniladi.
Vodorodni katta miqyosda olish uchun bir necha alternativ usullar taklif 
qilingan, bulardan eng istiqbollari termokimyoviy va elektrokimyoviy usullar 
hisoblanadi. Hozirgi paytda vodorodni suvdan va ko'mirdan nisbatan arzon olish 
usullari ishlab chiqilmoqda. Yapon olimlarining yangi usuli nisbatan ancha arzon 
vodorod olish imkonini beradi. Bu usul quyidagi reaksiyaga asoslangan. 
2NH
4
I + Ni = NiI
2
+ 2NH
3
+H
2


 
NiJ, 800°C da parchalanadi. NiI


 
Ni + J
2
 
so'ngra, J
2
ga soda qo'shib 600-
700°C da qizdiriladi. 
I
2
+ Na
2
CO
3
= 2NaI + CO
2
+ ½O

Hosil bo'lgan NaJ va CO
2
ga reaksiyaning birinchi bosqichida hosil bo'lgan 
NH
3
ni qo'shib yana NH
4
J olinadi: 
2NaI + 2NH

+ CO

+ H
2
O = Na
2
CO
3
+ 2NH
4

Dunyoda 1977- yilda 30 mln. tonna vodorod ishlab chiqarilgan bo'lsa, 1985- 
yilga kelib bu ko'rsatgich 50 mln. tonna bo'ldi. Ayniqsa, termoyadro 
reaksiyalarining energiyasidan foydalanish juda istiqbollidir. Chunki bu reaksiyada 
ishlatiladigan xomashyo manbai ham bitmas tuganmasdir. Bunda vodorodning 
og'ir izotopi deyteriy va ozgina tritiy ishlatiladi. 
2
1
D+
3
1
T→ 
4
2
H•e+
1
0
n+17,6 MeV
Bu reaksiya uranni parchalanish reaksiyasidan (AES lardan uranni 
parchalanishidan chiqadigan energiyadan foydalaniladi). Farqi va ajoyib ustunligi 
shundaki, bu reaksiyada radiaktiv moddalar hosil bo'lmaydi. Demak, atom 
egnegiyasi radiatsiya xavfidan batamom ozod bo'ladi. Bunday qurilmalarning 
avariyasi ham xavfli hisoblanmaydi. Bundan tashqari termoyadro reaksiyasi 
natijasida olingan energiya miqdori ham ko'p bo'ladi. 1 g D va T aralashmasining 
termoyadro reaksiyasi natijasida 35-10
7
kJ energiya ajralib chiqadi, bu 1 g uran 235 
ning parchalanishidan ajralib chiqqan, energiyadan 5 marta ortiqdir. 1 litr suvdagi 
deyteriy energiyasi 300 1 benzin yonganda chiqadigan energiyaga ekvivalentdir. 
Yerda esa 14.10
20
1 suv bor. Hozirgi hisob kitoblarga ko'ra dengiz va okean 
suvlaridagi deyteriy zaxiralari 10
21
tonna neftga ekvivalentdir. Deyteriyning Yer 
yuzasidagi miqdori taxminan 4.10
19
tonna.
Termoyadro reaksiyalarini ham hozirgi paytda boshqarish yo'llari topildi. Yaqin 
kelajakda asosiy energiya manbai termoyadro reaksiyalarining energiyasi bo'lib 
qolishi ham mumkin. 



Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə