Бми мавзуси: Ўзбекистонда тадбиркорлик рисклари, уни суғурталаш мепханизми ва такомиллаштириш йўналишлари


O‘zbekistonda tadbirkorlik risklarini sug‘urtalashda mavjud muammolar va uni bartaraf etish yo‘llari



Yüklə 118,05 Kb.
səhifə3/5
tarix24.12.2023
ölçüsü118,05 Kb.
#158253
1   2   3   4   5
murodov sharofjon

O‘zbekistonda tadbirkorlik risklarini sug‘urtalashda mavjud
muammolar va uni bartaraf etish yo‘llari

Tadbirkorlik faoliyatida uchraydigan risklar va uni sug‘urtalashda
mavjud muammolar

O’tgan bir necha yillar davomida O’zbekistonning sug’urta bozori ancha o’zgardi va sug’urta avvalgi iqtisodiyotning yordamchi sektori sifatidan, yangi strategik pozitsiyalarga ko’tarildi. Bu birinchi navbatda respublikamiz rahbariyati tomonidan bu sektorga bozor infrastrukturasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida qaralishida namoyon bo’layotgan davlat siyosatining natijasidir.
Mustaqillik yillari mobaynida sug’urta bozorini rivojlantirish uchun fundamental asosni yaratishga, uning o’sib borish tendentsiyasini kuchaytirishga, umuman sug’urta tizimiga bo’lgan ishonchni oshirishga qaratilgan, kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
O’zbekistonda sug’urta faoliyatini rivojlantirish va uni maqsadli boshqarish muammolarining asosiy jihatlari hisoblanadi. Shularni inobatga olganda sug’urta hizmatlari va uning bozorini rivojlantirish va boshqarishning kontseptual qoidalarini hamda institutsional asoslarini ishlab chiqish, sug’urta biznesi samaradorligini oshirishning uslubiy asoslarini yaratish iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning hozirgi bosqichidagi ustivor vazifalarni hal etishdagi o’ta dolbzarb muammo hisoblanadi.
O’zbekiston sug’urta bozorining tahlili shuni ko’rsatdiki, hozirgi vaqtda sug’urta jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlardagi kabi ta’sir ko’rsatmaydi. Yuzaga kelgan vaziyatning asosiy sababi shundan iboratki, respublikamizda sug’urta faoliyatining rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi omillarning ta’siri hamon yuqori. Ulardan eng muhimlari quyidagilardan iborat: (1) o’sish muammosi - sug’urta tarmog’i rivojlanishining ekstensiv omillariga tayanish; (2) sug’urta xizmatlari iste’molchilarining muammolari - aholi katta guruhlarining sug’urta kompaniyalarining ishonchliligiga shubha bilan qarashi, sug’urta madaniyatining tegishli darajasi, aholi daromadlari, inflyatsiyaning kutilishi tufayli sug’urta xizmatlariga bo’lgan talabning past darajasi.
“Aholining sug’urta madaniyatining pastligi”, - albatta bu so’z birozgina qo’pol eshitilgani bilan, ammo haqiqat ekanligini tan olishimiz kerak. Chunki haqiqatdan ham hozirgi kunda jamiyat o’rtasida sug’urta haqidagi tasavvur, ong, sug’urta haqidagi madaniyat, sug’urta haqidagi tushuncha insonlar onggida hali unchalik darajada shakllanmaganligi hech birimizga sir emas. Bu esa bizning, ya’ni sug’urta sohasida faoliyat ko’rsatayotgan kishilarning eng katta muammoimizdir. Bu masalani echishga hozirgi vaqtda barcha sug’urta kompaniyalari bel bog’lagan desak adashmagan bo’lamiz. Jamiyatga sug’urtaning afzallik taraflarini tushuntirish, ularga sug’urtaning o’zini nima ekanligini tushuntirish har bir sug’urta sohasida faoliyat olib borayotgan kishilarning oldida turgan muhim vazifadir.
Aholining sug’urtaga nisbatan ishonchining pastligi. Sug’urtaga bo’lgan ishonchni tahlil qilishdan avval keling sug’urtaning tarifini bir eslab ko’raylik. “Sug’urta - bu yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy manfaatlarini himoya qiluvchi tadbirkorlik tarmog’idir”. U insonlarning tinchligi, sog’ligi, osoishtaligi yo’lida xizmat qiladi. Nega kishilar unga ya’ni sug’urta sohasiga unchalik darajada ishonch bildirishmayapti? Bu kimning aybi, yoki boshqacha qilib aytadigan bo’lsak kimning kamchiligi? Insonlarning ishonchini qozonish bu juda qiyin masala, ammo uni yo’qotib qo’yish bu juda oson. Shunday ekan aholining sug’urtaga bo’lgan ishonchini oshirish borasida ko’plab ishlar amalga oshirilishi zarur. Bu O’zbekiston Respublikasi sug’urta kompaniyalarining zimmasida turgan juda zarur, shuning bilan dolzarb masaladir.
Sug’urta kompaniyalarining etarlicha darajada xizmat ko’rsatish tizimini yo’lga qo’yilmaganligi. Sug’urta kompaniyalaring mijozlarga xizmat ko’rsatish tizimini ham qoniqarli ahvolda deb bo’lmaydi. Bunga asistans xizmatlarini misol tariqasida keltirib o’tish zarur.. Asistans xizmatlarini qonikarli yo’lga qo’yilishi katta ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin. Chunki bu sug’urtalanuvchilarga juda katta qulayliklar yaratilishidan dalolat beradi.
Mijozning ehtiyojlari tezkorlik bilan qondirilsa u o’sha sug’urta kompaniyasining ishonchliligiga ishonishi va uning doimiy mijoziga aylanishi turgan gap.
Aholi bilan ishlash tizimining umuman yo’qligi. Avvalam bor sug’urta kompaniyalarning aholi bilan ishlash tizimiga nimalar kirishini keltirib o’tsak. Bular:

  1. Joylarda aholi o’rtasida turli tadbirlar o’tkazish;

  2. Seminarlar tashkil qilish;

  3. Aholining sug’urtaga bo’lgan munosabatini o’rganish;

  4. Uni qanday sug’urta xizmatlarini qiziqtirishini bilish;

  5. Maktab, kolledj, litseylarda sug’urta sohasida konfirentsiyalar o’tkazish..

Yuqorida sanab o’tkanlarimizdan qaysi biri sug’urta kompaniyalari tomonidan yo’lga qo’yilgan, yoki qo’yilmoqda. Bu bir tarafdan uncha muhim emasdek ko’rinishi mumkin, biroq bu tadbirlar aholining sug’urtaga bo’lgan qarashlarini bir oz bo’lsa ham o’zgartirishiga shubhamiz yo’q.

Yüklə 118,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə