Bmtning bola huquqlari tòĜrisidagi konversiyasi


-modda. Nogironligi bo‘lgan bolalar, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam olishga bo‘lgan huquqi kafolatlari



Yüklə 56,83 Kb.
səhifə17/18
tarix20.05.2023
ölçüsü56,83 Kb.
#111717
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
BMTNING BOLA HUQUQLARI TÒĜRISIDAGI KONVERSIYASI

28-modda. Nogironligi bo‘lgan bolalar, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam olishga bo‘lgan huquqi kafolatlari
(28-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Nogironligi bo‘lgan bolalar tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqiga ega bo‘lib, bu profilaktika, davolash-tashxis qo‘yish, reabilitatsiya, sanatoriy-kurort, protez-ortopediya yordamini, harakatlanish vositalari bilan imtiyozli shartlarda ta’minlanishni va boshqa yordam turlarini o‘z ichiga oladi.
(28-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Nogironligi bo‘lgan bolalar davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida bepul tibbiy-ijtimoiy yordam olish va o‘z uylarida parvarish qilinish huquqiga ega.
(28-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tartibi, ularga beriladigan imtiyozlar ro‘yxati qonunchilik bilan belgilanadi.
(28-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi.
Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar ota-onasi yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, homiylik va boshqa jamg‘armalarning mablag‘lari hisobidan, shuningdek ota-onasi yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslarning mablag‘lari hisobidan ijtimoiy muhofaza tizimi muassasalarida saqlanishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 6-bobi (“Nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish”).

Yüklə 56,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə