Bob. Fiskal siyosatning mohiyati va uni amalga oshirishning hiquqiy asoslari


-jadval Yaponiyada korxonalar uchun korporatsiya solig'ining tabaqalashgan stavkalari31



Yüklə 155,75 Kb.
səhifə15/17
tarix22.05.2023
ölçüsü155,75 Kb.
#111961
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bob. Fiskal siyosatning mohiyati va uni amalga oshirishning hiqu

13 -jadval
Yaponiyada korxonalar uchun korporatsiya solig'ining tabaqalashgan
stavkalari31




Korxonalar

Soliq stavkasi

1

100,0 mln
yendan kam
miqdordagi ustav jamg'armasiga ega yuridik
shaxslar

Yillik daromad qismi 8,0 mlndan kam

22%

Yillik daromad qismi 8,0 mlndan ortiq

30%

2

100,0 mln yendan ortiq miqdordagi ustav jamg'armasiga ega yuridik shaxslar

30%

3

Jamoat tashkilotlari

22%


Rossiyada kichik biznes sub'ektlari uchun soddalashtirilgan soliq tizimi 2003 yil 1 yanvardan boshlab qo'llanila boshlangan. Korxonalar va tadbirkorlar faoliyati ixtiyoriy ravishda qonunchilikda belgilangan uchta asosiy mezonga mos kelgan taqdirda soddalashtirilgan soliq tizimiga o'tishlari mumkin. Ya'ni korxonaning 9 oylik daromad miqdori 15 mln rubldan yuqori bo'lmasligi,


31 Moliya jurnali,2010 yil 10-son, 62-bet




korxonada ishlovchilar soni 100 kishidan ko'p bo'lmasligi hamda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qoldiq qiymati 100 mln rubldan yuqori bo'lmasligi lozim.
Ushbu tizim soliq to'lovchilari bir qancha soliqlar va yig'imlar o'rniga yagona soliq to'laydilar. Jami daromad yoki xarajatlarga kamaytiriluvchi daromad yagona soliqning ob'ekti hisoblanadi. Yagona solqning stavkasi jami daromaddan 6% va xarajatlarga kamayuvchi daromaddan 15 % miqdorida belgilangan. Ushbu tartibni korxonalar yoki tadbikorlar ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga egalar. Daromaddan chegiriluvchi xarajatlar soliq kodeksida belgilab qo'yilgan.
Shuningdek, Rossiyada kichik va xususiy biznes uchun quyidagi imtiyozlar joriy etilgan. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash, oziq- ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, xalq iste'mol mollari, qurilish materiallari, tibbiyot texnikasi, dori-darmon ishlab chiqarish, uy-joy, ijtimoiy hamda ishlab chiqarish ob'ektlri qurish bilan shug'ullanuvchi kichik va xususiy korxonalar birinchi 2 yil davomida soliq to'lamaydilar.
AQSHda federal darajadagi eng yuqori korporatsiya solig'i bilan bir qatorda (hozirgi kunda bu soliq 35 foizni tashkil qiladi) kichik va xususiy korxonalar uchun 15 va 25 foizlik stavkalardan foydalaniladi.
AQSH va Rossiya Fedratsiyasida byudjet daromadlari tarkibida kichik va xususiy biznes korxonalari to'laydigan soliq korxonalar foydasidan undiriladigan soliq tarkibida hisobga olinadi.
Xitoyda kichik va o'rta korxonalarda xodimlar soni 500 kishidan oshmaydi. 2000 yilga borib bu mamlkatda kichik va o'rta korxonalar soni 9 mln dan oshib ketdi. Bunday korxonalar jami sanoat maxsulotining 60 foizini ishlab chiqarmoqda va dvlat xazinasiga umumiy soliqlar yig'imining 40 foizdan ko'prog'ini tushirib, mamlakat mehnatga layoqatli aholisining 75 foizini ish bilan ta'minlamoqda. XXRda kichik va o'rta korxonalar tadbirkorlik faoliyati uchun tadbirkorlik solig'ini to'laydilar. Bu soliqni korxona va fuqarolr ham to'laydi. Soliq ob'ekti yalpi tushum hisoblanadi. Soliq stvkalari 14 -jadvalda keltirilgan.





14-jadval
Tadbirkorlik faoliyati uchun tadbikorlik solig'i stakalari32



Soliqqa tortish bo'yicha faoliyat turlari

Stavka %

1

Aloqa va transport

3

2

Moliya va sug'urta biznesi

8

3

Qurilish

3

4

Pochta va televizion aloqa

3

5

Madaniyat va sport

3

6

O'yingohlar

5-20

7

Xizmat ko'rsatish

5

8

Nomoddiy aktivlarni ijaraga berish

5

9

Ko' chmas mulkni sotish

5


Xitoyda kichik va o'rta biznesni bunday jadal rivojlanib, mamlakat iqtisodiyotida muhim o'rin tutishi, uning davlat tomonidan qo'llab- quvvatlanishidan iborat oqilona siyosat natijasidir. Bu iqtisodiy siyosat quyidagi tadbirlarni amalga oshirishda namoyon bo'ladi:

  • Texnologiya sohasidagi yangiliklarning ishlab chiqarishag joriy ejetilishi va mehnat samaradorligining oshrilishi;

  • Kichik va o'rta korxonalrni texnologiyalar bilan yangilashga qaratilgan maxsus fondning yaratilishi;

  • Moliya imtiyozlari berilish va soliq yukining kamaytirilishi.


32Moliya jurnali, 2010 yil 10-son, 64-bet




Kichik biznes sub'ektlarini soliqqa tortishda xorijiy mamlakatlar tajribasi ko'rsatishicha, kichik biznes sub'ektlarini aniqlash mezonlariga faoliyat turiga qarab ishchilar soni, yillik daromadi, kapital qo'yilmalari miqdori ham qo'shilgan.
Yuqorida ko'rib o'tilgan mamlakatlar amaliy tajribalardan ko'rinib turibdiki, kichik biznes sub'ektlari uchun foyda solig'i bo'yicha pasaytirilgan soliq stavkalari joriy etilishi kichik biznes sub'ektlarining moliyaviy barqarorlik darajsini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi va o'z navbatida, kichik biznesning mamlakatda yanada jadallik bilan rivojlaniishga zamin yaratadi. Bu esa moliya- soliq siyosatining samarali olib borilayotganligidan dalolat beradi.

  1. O'zbekistonda barqaror rivojlanishda fiskal siyosatni ahamiyatini oshirish masalalari

2015 yilda yuqori iqtisodiy o'sish sur'ati ta'minlanganligining quyiagi asosiy omillari e'tirof etildi:
Birinchidan, xususiy sektorning keng rivojlanishiga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab quvvatlash borasida tizimili ishlarning amalga oshirilishi natijasida:
S YalMda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 56,7 foizdan oshdi. 2000 yilga nisbatan uning ulushi 1,8 barobar oshdi. Ushbu sohada band aholining 77 foizdan ortig'i ishlamoqda.
S Agar 2000 yilda sanoatda kichik biznesning ulushi 14 foizni tashkil qilgan bo'lsa, 2015 yilda 38 foizdan oshib ketdi.
Ikkinchidan, makroiqtisodiy barqarorlik ta'minlanganligi natijasida:
S Inflyatsiya darajasi - 5,6%, davlat byudjeti profitsiti YAIMga nisbatan 0,1% miqdorida ijro etildi. Tashqi savdo aylanmasida 450 mln. Dollar ijobiy sal do ta'minlandi. Davlatning tashqi qarzi YAIMga nisbatan 18,5 foizdan oshmadi (xalqaro moliya tashkilotlarning normasi bo'yicha 60 foizdan oshmasligi kerak).




J Tijorat banklarining jami kapitali 23,3 foizga va ularning aktivlari 25,1 foizga o'sdi.
Uchinchidan, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, texnologik yangilash natijasida:
J sanoat ishlab chiqarish 8 foizga, jumladan iste'mol tovarlari 9,7 foizga o'sdi. Ayniqsa, YalMda sanoatning ulushi oshdi.
J Yirik korxonalarda 162,4 mln. Dollarlik salkam 4 mingta ma'naviy va jismoniy eskirgan asbob-uskunalarni almashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini o'rtacha 10,5 foizga pasaytirish, shuningdek, mahalliylashtirilgan mahsulotlarning 820 tadan ortiq turlarini o'zlashtirish natijasida tarmoqlar raqobatdoshligini oshirish imkonini berdi.
To'rtinchidan, faol investitsiya siyosatini amalga oshirish natijasida:
J unda xomashyo va yarim fabrikatlarni chuqur qayta ishlash asosida raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqaradigan zamonaviy va yuqori texnlogiyali ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga alohida e'tibor qaratildi.
J 2015 yilda jami 15,8 milliard dollar ekvivalentida investitsiyalar o'zlashtirildi. Bu 2014 yilga nisbatan 9,5 foiz ko'pdir. Jami investitsiyalarning 21 foizi xorijiy investitsiyalar bo'lib, shuning 73 foizi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalaridir.
J Investitsyalarning 67,1 foizi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga yo'naltirildi. 2015 yilda umumiy qiymati 7,4 milliard dollar ekvivalenti bo'lgan 158 ta yirik ishlab chiqarish ob'ekti foydalanishga topshirildi
Yuqoridagi yutuqlarni davom ettirish maqsadida hukumatimiz tomonidan 2016 yilgi iqtisodiy dasturning quyidagi eng muhim ustuvor yo'nalishlari belgilab olindi:
J YalM - 7,8%
J Sanoat - 8,2%
J Qishloq xo'jaligi - 6,1%
J Kapital qo'yilmalar - 9,6%
J Chakana savdo aylanmasi - 14%




  1. bob bo'yicha xulosa

Davlat va mahalliy byudjet daromadlarininglarining shakllanishida asosiy o'rinni soliqlar egallaydi. Bozor munosabatlariga asoslangan davlatlarda soliqlar byudjet daromadlarini shakllantirishda va iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim vazifalarni amalga oshiradi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish davlatning soliq siyosati bilan bevosita bog'liqdir.


Mamlakatimizda olib borilayotgan soliq islohotlari ushbu tizimning samarali ishlashi uchun mavjuzd muammolarni yechishni talab etmoqda. Shu bois soliq tizimining muhim yo'nalishlaridan hisoblangan, xo'jalik sub'ektlaridan olinadigan egri soliqlarni takomillashtirish mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.
Davlat byudjeti xarajatlari tarkibini sifat jihatdan optimallashtirish. Hozirgi vaqtda davlat xarajatlari tarkibida kuchli ijtimoiy siyosat va aholini ijtimoiy himoya qilishni moliyalashtirish asosiy o'rin tutmoqda. Natijada ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga yo'naltiriladigan xarajatlar ulushi jami byudjet xarajatlariga nisbatan o'sib borayotganligini kuzatish mumkin.


XULOSA




Yuqoridagi boblarda fiskal siyosatni 2 qismga bo'lib, soliq siyosati va byudjet siyosatiga bo'lib o'rganganligimiz sababli, xulosalarni ham shunga mos ravishda berishni lozim topdik.


Byudjet daromadlari tarkibida soliqlarni kamaytirishga soliqsiz daromadlarni ko'paytirish orqali erishish mumkin, shu sababli quyidagi chora- tadbirlarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir:

  • davlat ко rxonalari va tashkil otlari ixtiyo rida bo’lgan ko’chmas mulkdan foydalanish, ularni ijaraga berish shartlari va ijaradan olingan daromadlarni davlat byudjetiga kelib tushi shi ustidan qat’iy nazo rat o’rnati sh;

  • banklar, fondlar, investitsion va moliyaviy kompaniyalar kapitalida davlat ishtirokini optimizatsiyalash yuzasidan ishlarni amalga oshirish;

  • davlat byudjetiga maksimal foyda keltirgan holda davlat ixtiyoridagi aktsiya, ulush va paylarni arzonroq narxda sotish.

Ikkinchidan, byudjet siyosatining maqsadi byudjet mablag'laridan samarali foydalanish bilan bir qatorda, mablag'lani rejalashtirish to'g'ri yo'naltirish, ijtimoiy iqtisodiy sohani rivojlantirishga hizmat qilishini ta'minlashdir. Shunday ekan, davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati o'zgarmagan xolda, xozirgi kunga kelib davlat byudjeti faoliyatining xuquqiy asoslari to'liq ta'minlab berilgan, jumladan byudjet jarayonini tashkil etishda, iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda.
Byudjet ma lag'laridan samarali foydalanish orqali, kerakli sohalarni va tarmoqlarni rivojlantirish orqali iqtisodiyot boshqariladiki, bunda byudjet xarajatlarini boshqarishda minimal xarajat bilan maksimal natijalarga erishish muhim o'rin tutadi. Mamlkatimiz byudjet xarajatlari tarkibida eng katta qismi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo'llab quvvatlashga sarflanayotganligi hech kimga sir emas. Shunday ekan, ushbu sohaga sarflanayotgan mablag'lardan qanchalik samarali foydalanilayotganligi ustidan doimiy nazorat bo'lishi zarur. Afsuski, bu borada hali hamon kamchiliklarimiz mavjud ekanligini yuqoridagi tahlillar natijasida ko'rdik.





Yüklə 155,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya