Bob. Immanual Kantning haqida ta’rif Immanual Kantning hayoti va ijodi


Kant falsafada o‘ziga xos to‘ntarish yasashi



Yüklə 91,66 Kb.
səhifə3/8
tarix17.12.2023
ölçüsü91,66 Kb.
#149859
1   2   3   4   5   6   7   8
Immanuil Kantning transsendental mantig‘i

Kant falsafada o‘ziga xos to‘ntarish yasashi

Kant falsafada o‘ziga xos to‘ntarish yasadi va falsafani alohida fan sifatida tushunish asoslarini yaratdi. Yangi bilish nazariyasini asoslashga harakat qilib, u XVII-XVIII asrlarning bilishni borliqdan ko‘chirilgan andoza sifatida talqin qiluvchi empirik nazariyalarini tanqid qildi. Kant muammoni boshqa zaminga ko‘chirdi va falsafada gnoseologiyaning bilish jarayoniga sub'ekt – ob'ekt munosabati sifatida qaraydigan yo‘nalishiga asos soldi.
Biluvchi sub'ekt – bu muayyan individ emas, balki insonning bilish qobiliyatlari va bilim manbalarinigina o‘zida mujassamlashtiruvchi qandaydir mavxum tasavvur. Inson ongida mavjud bo‘lgan mazkur qobiliyatlar majmui unga o‘zini qurshagan dunyoni sezgilar va aqlning aprior shakllari yordamida tartibga solishga yordam beradi. Bu inson individual, shaxsiy xususiyatlarga ega emas, degan ma'noni anglatmaydi, biroq ular bilish jarayonida yetakchi rol o‘ynamasligi kerak.
Sub'ekt qandaydir narsa, predmet yoki hodisaning ta'sirini sezgilar darajasida idrok etadi. Bu mushohada yuritishning aprior shakllari yordamida tartibga solinuvchi tuyg‘ular rang-barangligini yuzaga keltiradi. Biroq bu bosqichda bilim sub'ektiv bo‘lib qoladi. Shundan so‘ng idrok ishga kirishadi va mavjud bilimlarni tushunchalar shakliga soladi, ya'ni ularda qandaydir umumiy jihatlarni aniqlaydi. Shu sababli pirovard natijada idrok va aqlni birlashtirgan biluvchi sub'ektgina bilim deb hisoblash mumkin bo‘lgan birlikni yaratadi.
Binobarin, bilimning turli shakllariga muayyan tavsif berish mumkin. Masalan, matematika hissiylikning makon va vaqt kabi aprior (ya'ni tajribada ko‘rilmagan) shakllariga tayanadi. Boshqacha aytganda, biluvchi sub'ekt dunyoga makon va vaqtda mavjudlik nuqtai nazaridan qaraydi. Ayni holda makon – tashqi sezgining aprior shakli, vaqt esa – ichki sezgining aprior shakli. Bunday apriorlik matematik haqiqatlarning, demak, fan sifatidagi matematikaning ham mavjudlik imkoniyatini belgilaydi.
Fizika (va boshqa tabiiy fanlar) ham o‘z apriorligi jihatidan «sof» bo‘lgan va tajribada «ifloslanmagan» bir qancha mushohadalarga tayanadi. Tabiatshunoslik aprior mushohadalar va idrok kategoriyalarining sintezi sifatida amalga oshiriladi.
Inson bilimlari, fan va madaniyat dunyosi bizning tajribamiz, tuyg‘ularimiz va aqlimiz ma'lumotlariga asoslanadi. F.Bekon va R.Dekart fan va madaniyatning yanada rivojlanish yo‘llarini tuyg‘ularimiz va mulohaza yuritish qobiliyatimizning takomillashuvi bilan bog‘laganida, to‘la haq edi. Biroq ular bizning tajribaga asoslangan bilimimiz har qancha rivojlanmasin va takomillashmasin, u hyech qachon bizga faqat sezgilar, aql va tajribaga asoslanib dunyoni oxirigacha tushunish imkonini bermasligini hisobga olmagan.
Bu bilim bizga tabiatan berilgan. U bizning tajribamizdan kelib chiqmaydigan makon, vaqt, sababiyat, cheksizlik, Xudo kabi kategoriyalarda mujassamlashgan. Bu insonga oldindan berilgan tajribada olingan materialga ishlov berish asboblaridir. Insonning tajribada olingan bilimi doirasidan chetga chiquvchi bu transsendent (lotincha o‘tish, bosib o‘tish so‘zidan) kategoriyalar bilish chegarasi, imkoniyatlarini biz sezgilar yoki aql yordamida biron-bir narsani bila boshlashimizdan oldinroq belgilab qo‘yadi. Shunday qilib, bizning bilimlarimiz dunyosi ikki qismdan: tajribada olingan va tajribadan oldingi bilimdan iboratdir.
Kant ijodining ahamiyati shundaki, u bilimlarimizning ikki tomonlamaligini, ya'ni ular nafaqat tajribada olingan, aposterior manbalarga, balki aprior, transsendent manbalarga ham tayanishini aniqladi.
I.Kant gnoseologiyasining ontologik xususiyat kasb etuvchi yana bir muhim tamoyili uning transsendent bilish nazariyasidan kelib chiqadi va dunyoning, uni tashkil etuvchi barcha narsalarning umumiy tuzilishini tushuntiradi. Kant fikriga ko‘ra, inson ongi kabi, dunyodagi barcha narsalar ham ikki tomonlamadir. Birinchidan, bu qarshimizda narsaning eng yorqin tomoni sifatida namoyon bo‘luvchi, sezgilarimiz uni shunday idrok etuvchi «biz uchun narsa» yoki hodisa sifatidagi narsa. Ikkinchidan, bu biz sezgilarimiz bilan idrok etishga qodir bo‘lmagan «o‘zidagi» narsa, narsaning bizga «qorong‘i», yashirin, teran tomoni yoki “noumen” sifatidagi narsa.
Ayni shu sababli bizning dunyo, narsalar va inson haqidagi bilimimiz hyech qachon to‘liq, mutlaq bo‘lmaydi, balki doim nisbiy, noto‘liq bo‘lib qoladi. Dunyo va inson nima, degan savollar doim boqiy, falsafiy masalalar bo‘lib qoladi. Kant bilish nazariyasining asosiy tamoyillari ana shulardan iborat.
Shunday qilib, Kant o‘z bilish nazariyasida bilim, fan va madaniyatning rolini yanada yuksakroq darajaga ko‘tardi. Uning bilish nazariyasidan ong nafaqat dunyoni passiv aks ettiradi, balki insonga tabiatan berilgan sezish va idrok etishning aprior shakllari yordamida uni faol o‘zgartiradi, yaratadi, bunyod etadi degan xulosa kelib chiqadi. Kant bilish faoliyatining xususiyatini dunyoni aniq aks ettiruvchi ko‘zguga emas, balki chizgan rasmlari nafaqat dunyoning o‘zini, balki ijodkorning tabiatini ham aks ettiruvchi rassomga o‘xshatish lozim.
Ayni zamonda, Kant bilishning muayyan chegaralari ham mavjudligini qayd etadi. «Men yaratgan bilish nazariyasi inson aqlini uning imkoniyatlari chegarasi haqida ogohlantiruvchi chegara posboni yoki aqlning dimog‘dorligi deb ataluvchi xavfli kasallikka qarshi dori bo‘lib xizmat qilishi lozim»,1[52] deb yozadi.
Kant ta'limotidan inson bilimlari majmui bilishning insonga berilgan aprior shakllari yordamida narsalarning biron-bir qismi, tomoni, jihatinigina o‘ziga xos tarzda aks ettiradi, bu narsalar ko‘z o‘ngimizda doimo namoyon bo‘ladi, biroq o‘zining asl mohiyatini hyech qachon ko‘rsatmaydi, «o‘zidagi narsa» bo‘lib qoladi, degan xulosa kelib chiqadi.
Kant ta'limoti bilishning ijodiy tabiatini yoritib, inson bilimining taraqqiyotini, olimlar, yozuvchilar ijodini rag‘batlantirdi, biroq shu bilan bir vaqtda u inson bilimlarining nisbiyligi, u yoki bu g‘oyalar yoki nazariyalarni mutlaqlashtirish, shuningdek ularning yaratuvchilarini ilohiylashtirish xavfli ekanligi haqida ogohlantirdi.



  1. Yüklə 91,66 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə