Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatining psixologik tavsifi


Maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘yin faoliyatining xususiyatlari



Yüklə 69,31 Kb.
səhifə3/6
tarix11.12.2023
ölçüsü69,31 Kb.
#148057
1   2   3   4   5   6
Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatining psixologik tavsi (1)

1.2.Maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘yin faoliyatining xususiyatlari.
Har qanday o‘yinning va o‘yin faoliyatining markazida bola katta kishilarning faoliyati va o‘zaro munosabatini, muomalasini o‘ziga xos tarzda aks ettirishi, takrorlashi imkoniyati turadi. SHunga ko‘ra o‘yin ijtimoiy ahamiyat kasb etib, bola insoniyat tomonidan asrlar davomida yarailgan qimmatli bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, malakalar va odatlarni o‘rganishga imkon yaratadi, oqibatda uni shaxslararo muloqotning mohiyatiga olib kiradi. SHunday qilib, psixolog adabiyotlar tahliliga tayanib maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) bola odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o‘zaro muomalasiga qiziqadi; 2) bolalar rolli o‘yinda atrofdagi voqelikning eng tashqi ifodali, jo‘shqin xis-tuyg‘uli jihatlarini aks ettiradilar; 3) rolli o‘yinda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o‘z istagini amaliyotga tadbiq qiladi; 4) kattalar hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo‘lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o‘chmas iz qoldiradi. Bola psixikasining taraqqiy etishda o‘yinning roli beqiyosdir. Biz bolaning psixik taraqqiyotini o‘yinsiz tasavvur qilishimiz qiyin. CHunki, o‘yin orqali bola faqat jismoniy tomondan emas, balki psixologik tomondan ham rivojlanadi. O‘yin orqali bola olamni, undagi narsa hodisalarni, ularga xos xususiyatlarni o‘rganibgina qolmay, balki nutq so‘zlashga, mustaqil fikrlashga xayol qilishga, ijod qilishga, muomala madaniyatiga o‘rganadi.

Ko‘pchilik psixologlar hamda pedagoglar o‘yinning psixologik masalalari bilan bevosita shug‘ullanib, o‘yinlarning bolani psixik kamol toptirishdagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tganlar. Ma’lumki, o‘yin bola uchun voqelikni aks ettirishdir. Bu voqelik bolani qurshab turgan voqelikdan ancha qiziqarlidi.O'yinning qiziqarliligi uni anglab etishning osonligidadir. Kattalar hayotida faoliyat, xizmat, yumush qanday ahamiyatga ega bo‘lsa, bola hayotida o‘yin ham xuddi shunday ahamiyat kab etishi mumkin. Jahon psixologiyasi fanida to‘plangan boy ma’lumotlarga asoslanib, quyidagicha mulohaza yuritish mumkin. Masalan, eng sodda psixik jarayondan eng murakkab psixik jarayongacha hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o‘yinlar katta rolь o‘ynaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda harakatning o‘sishiga o‘yinning ta’siri haqida gap borganda avvalo shuni aytish kerakki, birinchidan, o‘yinni tashkil qilishning o‘ziyoq mazkur yoshdagi bolaning harakatini o‘stirish va takomillashtirish uchun eng qulay shart-sharoit yaratadi. Ikkinchidan, o‘yinning bola harakatiga ta’sir etishining sababi va xususiyati shuki, harakatning murakkab ko‘nikmalarini sub’ekt aynan o‘yin paytida emas, balki bevosita mashg‘ulot orqali o‘zlashtiradi. Uchinchidan, o‘yinning keyinchalik takomillashuvi barcha jarayonlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. SHu boisdan o‘yin faoliyati xatti-harakatni amalga oshirish vositasidan bolaning faolligini ta’minlovchi mutaqil maqsadga aylanadi. Negaki, u (o‘yin) sub’ekt (jonzot) ongining dastlabki ob’ekti darajasiga o‘sib o‘tadi. Maktabgacha yoshdagi bola muayyan xususiyatga ega bo‘lgan rolni tanlaydi, shu bilan birga u yoki bu personajga xos qat’iy yurish-turishni ongli ravishda ijro etishga intiladi. SHunday ekan, o‘yin mazkur bola uchun eng zarur faoliyatga aylana boradi va yangi shakldagi harakatlarni, takomillashtirish, ularni anglagan holda esga tushirish ehtimoli yaqqol voqelikka aylana boshlaydi. Mazkur harakatlarni egallash bolada jismoniy mashqlarni ongli ravishda bajarish imkoniyatini vujudga keltiradi (A.V.Zaporojets). Bolaning o‘yinlar shart-sharoitidan kelib chiquvchi ongil maqsadi harakatlarni bajarish kezida o‘z ifodasini topadi va uning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi esda olib qolish va esga tushirish jarayonlariga aylanadi.maktabgacha yoshdagi bolalarda yosh davrining xususiyati sifatida o’zining yorqin ifodasini topadi . Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o`z xulqini o’zi boshqarish ko’nikmasi o’yin faoliyatida ham, boshqa sharoitlarda ham qarib baravarlashadi .Bazan ular ayrim vaziyatlarda ,masalan musoboqa paytida o’yindagiga qaraganda yuqoriroq ko’rsatkichga ham erishishlari mumkin.O’yin vao’yin faoliyati bolada o’z xulqini boshqarish ko’nikmalarni shakilantirish ochun muhim ahamiyat kasb etadi. Bolaning aqliy o’sishi to’g’risida fikir yuritilganda ,oldingi bobda qayd qilinganidek ,shuni ham aytish kerakki , narsalarni yangi nom bilan atashda yoki yangicha nomlash xolatidan kelib chiqib ,subekt o’yin paytida faol harakat qilishga urinadi . CHunki u moddiy narsalarga asoslangan harakat rejasidan tasavvur qilinayotgan ,fikir yurtiladigan jisimlar mohiyatni aks etiruvchi harakat rejasiga o’tadi.bola jisimlarni moddiy shaklidan birdaninga xayoliy ko’rinishga o’tishida unga tayanch nuqtasi bo’lishi kerak,vaxolanki shunday tayanch nuqtasini vazifasini bajaruvchi narsalarning aksariyatidan o’yinda bevosita obekt sifatida foydalaniladi .O’yin faoliyatida maskur jisimlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvchi sifatida emas ,balki ana shu tayanch narsalar to’g’risida fikirlash uchun xizmat qiladi ,shuningdek ,tayanch nuqtasi harakatning yaqqol narsa bilan bog’liq jihatini aks ettiradi. Yuqorida aytilganidek ,narsa bilan o’yin harakatlarning takomillashuvi harakat shakli ,xususiyati ,bosqichi kabilarni qisqartirish va umumlashuvi ularning aqliy ko’rinishdagi mantiqan izchil ,yig’iq shakilga o’tishining asosini tashkil qiladi.o‘yin faoliyatida bolalarda harakatning yangi kurinishi, ya’ni uning fikriy, aqliy jihati namoyon bo‘ladi va shuning uchun o‘yin harakatlarini shakllantirish jarayonida bolada fikrlash faoliyatining dastlabki ko‘rinishi vujudga keladi. Bolaning aqliy kamol topishida yoki uning umumiy kamolotida o‘yinning muhim ahamiyat kasb etishi xuddi mana shu dalil orqali uz ifodasini topadi. Bola o‘yin faoliyatida maktab ta’limiga tayyorlanib boradi, shu boisdan, unda aqliy harakatlarning yaqqol shakllari tarkib topa boshlaydi. Rolli o‘yin faqat alohida olingan psixik jarayon uchun ahamiyatli emas, balki bolada shaxs xususiyat va fazilatlarini shakllantirishda ham zarurdir. Binobarin, katta yoshdagi odamlar rolini tanlab, uni bajarish bolaning his-tuygularini qo‘zgatuvchilar bilan uzviy bogliq holda namoyon bo‘ladi. CHunki o‘yin davomida bolada har xil xohish va istaklar tug‘ila boradi, bular boshqa narsalarning tashqi alomatlari, o‘ziga rom etishi sababli hamda bolaning ixtiyoridan tashqari, tengdoshlarining ta’siri ostida tug‘iladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning еtakchi faoliyati bu o’yindir. Bog’cha yoshidagi bolalarning o’yin faoliyati masalasi asrlar davomida juda ko’p olimlarning diqqatini o’ziga jalb qilib kеlmokda. Bog’cha yoshidagi bolalar o’zlarining o’yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg’a qarab borayotgan sеrmazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar. Bog’cha yoshidagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bеvosita amaliy munosobatda bo’lishga intiladi. Bu o’rinda shu narsa haraktеrliki bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o’zining haddi sig’adigan narsalari bilangina emas, balki kattalarga mansub bo’lgan o’zining kuchi ham еtmaydigan, xaddi sig’maydigan narsalar bilan ham amaliy munosobatda bo’lishga intiladi.Shuni Ham aytib o’tish kеrakki, fan-tеxnika mislsiz rivojlangan bizning xozirgi zamonamizdagi yaratilayotgan, xayratda Holdiradigan narsalar bolalarga go’yo bir mo’jizadеk ko’rinadi. Natijada ular Ham o’zlarining turli o’yinlari jarayonida o’xshatma qilib har xil hayoliy narsalarni uylab chiqaradilar (uchar ot, mashina odam, gapiradigan daraxt kabi). Bundan tashqari, bolalarning turli hayoliy .Bolalarning o’yin faoliyatlarida har xil hayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlaridan shunday xulosa chiqarish mumkin: odamning (shu jumladan bolalarning ham) tashqi muhitdagi narsa va xodisalarni aks ettirish jarayonlari passiv jarayon emas, balki faol hamda ijodiy, yaratuvchan, o’zgartiruvchan jarayondir. Bolalar o`yin faoliyatlarining yana bir ajoyib xususiyatalari shundan iboratki, o`yin jarayonida bolaning qiladigan xatti-harakatlari va bajaradigan rollari ko`pincha umumiylik g`araktеriga ega bo`ladi.

Yüklə 69,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə