Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatining psixologik tavsifi



Yüklə 69,31 Kb.
səhifə2/6
tarix11.12.2023
ölçüsü69,31 Kb.
#148057
1   2   3   4   5   6
Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatining psixologik tavsi (1)

Mavzuning dozarbligi:
Kurs ishining maqsadi: Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni egallash, ta’lim jatumanida innovatsion texnalogiyalardan foydalanish va uning ahamiyatini aniqlashdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:
1. Mavzuga oid abiyotlar pedagogik va psixologik adadabiyotlar taxlili.
2. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari;
3. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etish omillari;
4. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etish shakl, metod va vositalari;
5. Kurs ishi natijalarini miqdoriy va sifat jihatdan taxlil qilish;
6. Xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.

Kurs ishining ob’yekti: Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etish
Kurs ishi predmeti: Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etish shakl, metod va vositalarini takomillashtirish.
Kurs ishi metodlari: Pedagogik, psixologik, metodik, ilmiy va ilmiy-texnikaviy manbalarni nazariy taxlil etish; anketa so’rovnomalari o’tkazish, kuzatish, suhbat,tajriba-sinov ishlari, kurs ishi natijalarini umumlashtirish va matematik-statistikuslublarini qo’llash.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati: Har bir bo’lajak tarbiyachi o’z ixtisosligidan o’quv –tarbiyaviy faoliyatni muvaffaqiyatli olib borish uchun zarur bo’lgan metodik birlashmalarni tashkil etish shakllarini va pedagogik bilimlar va ko’nikmalarning umumiy hajmini, tarbiyachiga xos kasbiy fazilatlarni egallashi lozim.
1.BOB.MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR FAOLIYATINING PSIXOLOGIK TAVSIFI
1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalar taraqqiyoti va faoliyatining psixologik tavsifi.
Bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan maktabgacha yoshi bolalik davrining katta bir qismini tashkil etadi. Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyatlari rivojlanadi hamda shaxsiy individual xususiyatlari (shaxsiy fazilatlari) tarkib topa boshlaydi. Rus pedagoglaridan P.F.Lesgaftning fikricha, insonning maktabgacha yoshidagi davri shunday bir davrki, ana shu davr mobaynida kelgusida qanday xarakter xislatlari paydo bo‘lishi belgilanadi va axloqiy sifatlarining asoslari yuzaga keladi. Insonning kamol topa borishida maktabgacha yoshdagi davrning ahamiyatiga doir P.F.Lesgaftning bu fikri rus pedagogi A.S.Makarenkoning quyidagi fikriga to‘la mos keladi. A.S.Makarenko bolalarni juda kichik davridan boshlab tarbiyalash zarurligi haqida gapirib, tarbiyaning eng muhim asoslari bolaning besh yoshgacha bo‘lgan davri mobaynida yuzaga keltiriladi. Mana shu davrda qilingan butun tarbiya, tarbiya jarayonining 90% ini tashkil etadi, degan edi.Haqiqatan ham bolaning maktabgacha yoshidagi davri shu qadar mazmundor va faol davrdirki, bu davr bolaning kelgusi o‘sishida albatta o‘z aksini qoldiradi. Shuning uchun maktabgacha yoshidagi davr ta’sir o‘tkazish kuchi jihatidan g‘oyat mas’uliyatlidir.Bola ilk yoshdan maktabgacha davrga o‘tgach, uning butun yashash sharoitida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Birinchidan, bola bog‘cha yoshiga o‘tgach, uning faoliyat doirasi ancha kengayib, mustaqilligi yanada ortadi. Uning o‘yinlari, xattiharakatlari ham boshqacha mazmunga ega bo‘la boshlaydi. Ikkinchidan, bolaning butun faoliyatida nutqning roli orta boradi. Uchinchidan, bola maktabgacha yoshga o‘tgach, muayyan dastur asosida maxsus pedagog tomonidan tarbiyalana boshlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolaning yashash sharoitida barobar kattalashgan, biroq uning muskullari hali yetarli darajada mustahkamlanmagan bo‘ladi. Mana shuning uchun bog‘cha yoshidagi bolaning yuragi bir qisqarishda organizm uchun yetarli qon siqib chiqara olmaydi. Bola yuragining katta odamlar yuragiga qaraganda nisbatan tezroq urishining sababi ham mana shundadir. Chunonchi, agar 1 yoshdagi bolaning yuragi bir marta qisqarishda 10,2 kub/sm qon siqib chiqarsa, 7 yoshli bolaning yuragi bir marta qisqarishda 23 kub/sm dan qon siqib chiqaradi. Katta yoshdagi odamning yuragi esa bir marta qisqarishda 60 kub/sm dan ortiqroq qon siqib chiqaradi. Maktabgacha yoshdagi davrda yurakning nisbatan tezroq ishlashi tufayli bolaning qon bosimi katta kishilarga nisbatan biroz kuchliroq bo‘ladi.Maktabgacha yoshdagi bolalar nafas olish a’zolarining ishida ham anchagina o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu yoshdagi bolalar o‘pkasining normal ishlashi va rivojlanishiga ko‘krak qafasining o‘sishi ko‘p jihatdan ta’sir etadi. Chunki, o‘pkaning faoliyati asosan ko‘krak qafasining shakli va elastikligiga (harakatchanligiga) bog‘liq bo‘ladi. Bolalarning ko‘krak qafaslari nafas olish uchun qulay emas. Bolalarda diafragmaning bir qadar tik joylashganligi ko‘krak qafasining vertikal uzunligini qisqartirib qo‘ygan. Bundan tashqari, maktabgacha yoshdagi bolalarda ko‘krak qafasining doirasi ham kattalarnikiga qaraganda juda tor bo‘ladi. Shu sababli bolalarning nafas olishlari katta odamlarning nafas olishlariga nisbatan nozikiroq bo‘ladi. Bolalar o‘pkasining hajmi yetarli darajada kattalashmaguncha chuqur nafas ololmaydilar. Natijada bolalar chuqur nafas olishning o‘rniga tez nafas olish bilan qoniqadilar. Bolaning bog‘cha yoshidagi davrida boshqa organlari kabi ko‘krak qafasining o‘sishi ham biroz sekinlashadi. Lekin ko‘krak qafasi doirasining kengayishi bu davrda ancha tez davom etaveradi. Bola ko‘krak qafasining doirasi yiliga 1–2 sm dan kengayib borib, 13–14 yoshga yetganda o‘z shakli va hajmi jihatidan katta odamlarning ko‘krak qafasiga yaqinlashadi.Bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrida nafas olishining miqdori deyarli o‘zgarmaydi. Lekin bu davrda bola haddan tashqari harakatchan bo‘lgani uchun uning organizmi .Kattalar va tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabat orqali bola axloq me’yorlari, kishilarni anglashi, Shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Bog‘cha Yoshidagi bola endi o‘z gavdasini yaxshi boshqara oladi. Uning harakati muvofiqlashtirilgan holda bo‘ladi. Bu davrda bolaning nutqi jadal rivojlana boshlaydi, u yangiliklarni egallashga nisbatan o‘z bilganlarini mustahkamlashga ehtiyoj sezadi, o‘zi bilgan ertagini qayta-qayta eshitish va bundan zerikmaslik, shu davrdagi bolalarga xos xususiyatdir.Bog‘cha Yoshidagi bolalar nutqni bir muncha to‘la o‘zlashtirganlari va haddan tashqari harakatchanliklari tufayli ularda o‘zlariga yaqin bo‘lgan katta odamlar va tengdoshlari bilan munosabatda bo‘lish ehtiyoji tug‘iladi. Ular tor doiradan kengroq doiradagi munosabatlarga intila boshlaydilar. Ular endi bog‘chadagi o‘rtoqlari va qo‘ni-qo‘shnilarning bolalari bilan ham jamoa bo‘lib o‘ynashga harakat qiladilar.Hamma narsani bilib olishga bo‘lgan ehtiyoj kuchayadi. Bog‘cha Yoshidagi bola tabiatiga xos bo‘lgan kuchli ehtiyojlardan yana biri, uning har narsani yangilik sifatida ko‘rib, uni har tomonlama bilib olishga intilishidir.Bog‘cha Yoshidagi bolalar hayotida va ularning psixik jihatidan o‘sishida qiziqishning roli kattadir, qiziqish xuddi ehtiyoj kabi, bolaning biror faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham qiziqishni bilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab psixik hodisa desa bo‘ladi.Bolaning kamol topishida qiziqishning ahamiyati shundaki, bola qiziqqan narsasini mumkin qadar chuqurroq bilishga intiladi va uzoq vaqt davomida qiziqqan narsasi bilan shug‘ullanishdan zerikmaydi. Bu esa o‘z navbatida bolaning diqqati hamda irodasi kabi muhim xislatlarni o‘stirishga va mustahkamlashiga yordam beradi. 3-7 Yoshli bolalarning psixik rivojlanishida badiiy-ijodiy faoliyat turi bo‘lgan musiqaning ahamiyati ham juda kattadir. Musiqa orqali bolalar ashula aytishga, musiqa ohangiga mos ritmik harakatlar qilishga o‘rganadilar. Maktabgacha yoshidagi bolalar o‘yinining psixologik xususiyatlar.Ma’lumki, bolaning Yoshi ulg‘ayib, mustaqil harakat qilish imkoniyati oshgan sari, uning atrofidagi narsa va hodisalar bo‘yicha dunyoqarashi kengayib boradi. Maktabgacha Yoshdagi bolalarning etakchi faoliyati o‘yindir. Bu Yoshdagi bolalarning o‘yinlarini uchga bo‘lish mumkin:
1)predmetli o‘yinlar(15-20 minut o‘ynaladi);
2)syujetli-rolli o‘yinlar (30-60 minut o‘ynaladi);
3) qoidali o‘yinlar (1soatdan -2kungacha davom etishi mumkin).
Bog‘cha Yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda ko‘p olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Bog‘cha Yoshidagi bolalar o‘zlarining o‘yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg‘a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar.Bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida ular bilan bevosita amaliy munosobatda bo‘lishga intiladi. Bu o‘rinda shu narsa harakterliki, bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o‘zining haddi sig‘adigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo‘lgan, o‘zining kuchi ham etmaydigan, haddi sig‘maydigan narsalar bilan ham amaliy munosabatda bo‘lishga intiladi. Masalan: bola avtomashinani yoki tramvayni o‘zi haydagisi, xaqiqiy otga minib yurgisi, uchuvchi bo‘lib, samolyotda uchgisi va rostakam militsioner bo‘lgisi keladi. Tabiiyki bola o‘zidagi bunday ehtiyojlarning birontasini ham haqiqiy yo‘l bilan qondira olmaydi. Bu o‘rinda savol tug‘iladi. Bolalarning tobora ortib borayotgan turli ehtiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik qanday yo‘l bilan hal qilinadi? Bu qarama-qarshilik faqatgina birgina faoliyat orqali, ya’ni, bolaning o‘yin faoliyati orqaligina hal qilinishi mumkin. Buni quyidagicha izohlab berish mumkin:
- birinchidan, bolalarning o‘yin faoliyati qandaydir moddiy mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyat emas. Shuning uchun bolalarni o‘yinga undovchi sabab (motiv) kelib chiqadigan natija bilan emas, balki shu o‘yin jarayonidagi turli harakatlarning mazmuniga bog‘liqdir;
- ikkinchidan, bolalar o‘yin jarayonida o‘z ixtiyorlaridagi narsalarni, o‘zlarini qiziqtirgan, ammo kattalargagina mansub bo‘lgan narsalarga aylantirib, xohlaganlaricha erkin faoliyatda bo‘ladilar. Bolalarning o‘yin faoliyatlari ularning jismoniy va psixik jihatdan garmonik ravishda rivojlanishi uchun birdan-bir vositadir.O‘yin bolalar hayotida shunday ko‘p qirrali faoliyatki, unda katgalarga mansub bo‘lgan mehnat ham, turli narsalar haqida tafakkur qilish, xom-xayol surish, dam olish va xushchaqchaqlik jarayonlarining barchasi o‘yin faoliyatida aniq bo‘ladi. SHuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘yin faqat tashqi muhitdagi narsa hodisalarni bilish vositasigina emas, balki qudratli tarbiya vositasi hamdir. Ijodiy va syujetli o‘yinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan birgalikda ularning individual xususiyatlari ham shakllanadi. Demak, bog‘chadagi ta’lim-tarbiya ishlarining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bolalarning o‘yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qila bilishga bog‘liqdir. SHunday qilib, o‘yin bolalar xayoli tomonidan yaratilgan narsa emas, aksincha, bolalar xayolining o‘zi, o‘yin davomida yuzaga kelib, rivojlanadigan psixik jarayondir. SHuni ham ta’kidlash joizki, fan-texnika mislsiz rivojlanayotgan hozirgi davrda hayratda qoldiradigan narsalar bolalarga go‘yo, bir mo‘‘jizadek ko‘rinadi. Natijada ular ham o‘zlarining turli o‘yinlari jarayonida o‘xshatma qilib (ya’ni, analogik tarzda), har xil xayoliy narsalarni o‘ylab topadilar (uchar ot, odam mashina, gapiradigan daraxt kabilar). Bundan tashqari, bolalarning turli xayoliy narsalarni o‘ylab chiqarishlari yana shuni anglatadi-ki, ular o‘zlarining har turli o‘yin faoliyatlarida faqat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni chog‘da ehtiyojlarini ham aks ettiradilar.Bolalarning o‘yin faoliyatlarida turli hayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlari odamning (shu jumladan, bolalarning ham) tashqi muhitdagi narsa va hodisalarni aks ettirish passiv jarayoni emas, balki faol, ijodiy yaratuvchanlik jarayoni ekanligidan dalolat beradi.Bolalar o‘yin faoliyatining yana bir xususiyati bu o‘yin jarayonida bolaning qiladigan xatti-harakatlari va bajaradigan rollarining ko‘pincha umumiylik harakteriga ega bo‘lishidir. Buni shunday tushunish kerakki, bola o‘zining turli-tuman o‘yinlarida faqat o‘ziga tanish bo‘lgan yolg‘iz bir shofyorning, vrachning, militsionerning, tarbiyachining, uchuvchining xatti-harakatlarnigina emas, balki umuman shofyorlarning, vrachlarning, tarbiyachilarning hamda uchuvchilarning xatti-harakatlarini aks ettiradi.
Bu Yoshdagi bolalar o‘z vaqtining ko‘p qismini o‘yin bilan o‘tkazadi, ayniqsa 3 Yoshdan 6-7 Yoshgacha o‘yinlar ahamiyatli taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tadi: predmetli-boshqaruv va ramziy o‘yinlardan tortib to qoidali syujetli-rolli o‘yinlargacha. Bu Yosh davrida barcha o‘yin turlarini ko‘rish mumkin.Bu Yosh davri davomida bolalarning quyidagi asosiy faoliyat turlari izchillikda takomillashib boradi: predmetlar bilan boshqarish o‘yini, qonstruktiv tipdagi individual predmetli o‘yin, jamoaviy syujetli-rolli o‘yinlar, individual va guruhiy ijod, o‘yin-musobaqa, o‘yin-muloqot, uy mehnati. Kichik maktabgacha Yoshdagi bolalar asosan predmetlar, turli xil o‘yinchoqlar bilan yolg‘iz o‘zlari o‘ynaydilar. O‘zlarining predmetli va konstruktorli o‘yinlarida idrok, xotira, tasavvur, tafakkur jarayonlarini, Shuningdek o‘z harakat qobiliyatlarini takomillashtirib boradilar. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi cheklangan kichik Yoshdagi bolalar (ba’zan kichik guruh bolalari ham) o‘zlarining o‘yinlarida qonkret odamlarni va ularning harakatlarini aks ettiradilar xolos. Masalan, (oyisini, dadasini, akasini, tarbiyachisini va shu kabilarni). O‘rta yoki katta bog‘cha Yoshidagi bolalarning o‘yinlarida esa bunday obrazlar umumiylik harakteriga ega bo‘la boshlaydi. Sekin-asta o‘rta maktabgacha davrga borib o‘yin jamoaviy bo‘lib boradi va unga ko‘proq bolalar qo‘shila boshlaydi. Bolalarning individual xususiyatlarini, ularning jamoa o‘yinlari davomida kuzatish qulaydir. O‘z o‘yinlarida bolalar kattalarning predmetlarga munosabatinigina emas, balki ko‘proq ularning o‘zaro munosabatlarini ham aks ettiradilar va ularga taqlid etadilar. Shuningdek, jamoa o‘yinlarida bolalar bir guruh odamlarning murakkab hayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar. Masalan, «poezd» o‘yinini olaylik. Bunda mashinist, parovozga ko‘mir yoquvchi, provodniklar, qontrolyor, kassir, stansiya xodimlari va yo‘lovchilar bo‘ladi. Bolalarning mana shu kabi jamoa o‘yinlari artistlarning faoliyatiga o‘xshaydi. CHunki, jamoa o‘yinidagi har bir bola o‘z rolini yaxshi ado etishga intilishi bilan birga, o‘yinning umumiy mazmunidan ham chetga chiqib ketmaslikka tirishadi. Bu esa, har bir boladan o‘zining butun qobiliyatini ishga solishni talab etadi. Ma’lum rollarga bo‘lingan jamoa o‘yini, bolalardan qat’iy qoidalarga bo‘ysunishini va ayrim vazifalarni talab doirasida bajarishni taqozo etadi. Shuning uchun bolalarning bunday jamoa o‘yinlari psixologik jihatdan katta ahamiyatga ega. CHunki, bunday o‘yinlar bolalarda irodaviylik, xushmuomalalik, o‘yin qoidalariga, tartib-intizomga bo‘ysungan va shu kabi boshqa ijobiy hislatlarni tarbiyalaydi va rivojlantiradi.

Yüklə 69,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə