Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/36
tarix25.05.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#87840
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b

Nazorat uchun savollar: 
l.Alisher Navoiy turkiy tilning shuhratini va mavqeini tiklash borasida qanday ishlarni 
amalga oshirdi? 


26 
2.«Muhokamatul-lug'atayn» asarining mavzu mundarijasida nimalar olgan? 
3.Navoiyning til va tillarning paydo bo'lishi haqida qanday fikr bildiradi? 
4.Bu masala yuzasidan fanda qanday fikrlar aytilgan?
5.«Muhokamatul-lug'atayn» asar qanday ilmiy ahamiyatga ega? 
8-mavzu:Alisher Navoiy asarlari bo’yicha yaratilgan filologik asarlar 
R e j a: 
 
1.
Toli Imoniy Xiraviyning “Badoe al –lug‘at” asari. 
2.
“Abushqa” lug‘ati. 
3.
Muhammad Yoqub Chingiyning “Kelurnoma” asari. 
4.
Mirza Mehdixoning “Sangloh” asari. 
5.
Muhammad Rizo Xoksorning “Muntaxab al-lug‘at” asari. 
6.
Fazlullaxonning “Lug‘ati turkiy” asari. 
7.
Fath Alixon Kojariy va Sulaymon Buxoriyning “Lug‘ati chig‘atoyi va 
turki usmoniy” asari. 
8.
Navoiy asarlari bo‘yicha yaratilgan lug‘atlarning ahamiyati. 
 
Tayanch so’z va iboralar:
«Badoe-al-lug’at», «Abushqa», Mirza Mehdixon asari
«Muntaxab-al-lugat»,Fath Alixon Kojariy lugati. 
Eski o'zbek adabiy tili, xususan, Alisher Navoiy asarlari tili bo'yicha yaratilgan dastlabki 
lugatlardan biri «Badoe-al-lug'at» asaridir. Lug'at muallifi Toli Imoniy Hiraviyning hayoti to'grisida 
ma'lumot yo'q. Asarni Husayn Boyqaro farmoniga kffra yozgani esa uning Navoiy bilan bir davrda 
yashaganidan dalolat beradi. 
Lug'atning kirish qismida muallif turkiycha lug'atlardan foydalangani haqida yozadi. Bu fakt 
o'sha davrda Hirotda boy turkiycha lugatshunoslik an'anasi mavjud bo'lganini ko'rsatadi. 
«Badoe-al-lug’at»da so'zlar alfavit tamoyili asosida joylashtirilgan va turkiycha so'zlarning 
ma'nolari fors tilida izohlangan. So'zlar izohida, leksik-semantik ta'rif (izoh, tushuntirish) bilan bir 
qatorda, fonetik, orfografik va morfologik ma'lumotlar ham keltirilgan. Fonetik-orfografik 
ma'lumotlar so'zning talaffuzi va yozilishi xususidagi qoidalardan tashkil topgan. Lug'at muallifi bir 
xil yoziladigan so'zlarni qanday diakritik belgi bilan ta'minlash kerakligiga alohida e'tibor bergan. 
Lug’atda so'zlarning morfologiyasi arab filologik an'anasi asosida puxta ishlangan. Ot so'zlar 
bosh kelishikda, birlik sonda, fe'l so'zlar esa masdar shaklida (-moq va —mak shaklida) keltirilgan. 
Yordamchi so'zlar alohida berilgan. 
Lug'atning illyustrativ materiali Alisher Navoiyning «Xamsa», «Chor devon» asarlaridan olingan. 
Toli Imoniy Hiraviyning «Badoe-al-lug'at» asari boyicha bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari 
amalga oshirildi. Bu lugatning fotokopiyasi bilan ruscha tarjimasi alohida kitob holida 
A.K.Borovkov tomonidan nashr ettirildi. 
«Abushqa» Alisher Navoiydan keyin uning boy adabiy va ilmiy merosni izohlash, uning 
asarlarida qo'llangan so'zlarni, so'z shakllarini fors va boshqa turkiy tillarga tarjima qilish kabi 
filologik ishlar bajarildi. Shu munosabat bilan keyinchalik olimlar tomonidan «chigatoy form» 
(chig'atoy tili termini «eski o'zbek tili» ma'nosida qo'llangan), «chig'atoy-titrk»,kabi lug'atlar tnzildi. 
«Abushqa»ning bizga ma'lum bo'lgan nusxasi 1560 yilda yozilgan. Tadqiqotchilar bu 
lug'atdagi birinchi so'zni unga nom sifatida qoilab, «Abushqa» («qariya», «chol») deb ataydilar. 
«Abushqa» birinchi marta 1862 yilda qisqartirilgan holda vengr otimi German Vamberi 
tomonidan nashr qilinadi. To'la holda 1868 yilda V.V.Velngyaminov-Zernov tomonidan Peterburgda 
nashr qilinadi
“Abushqa” lugatining nomi ham, muallifi ham noma'lum. Lug'at ichidagi birinchi so'z bilan 
«Abushqa» deb atab kelinadi. Bu lug'at «Badoe-al-lugat» asariga ko'p jihatdan yaqin. «Badoe-al-
lug'at» XV asrda yaratilgan bo'lsa, "Abushqa" XVI asrning birinchi yarmida yaratilgan. Har ikkala 
lugatda misollar Alisher Navoiy asarlaridan olingan. 
A.K.Borovkovning ta'kidlashicha, "Abushqa"ning muallifi "Badoe-al-lugat"ni yaxshi bilgan. 
Bu lug'atlar orasidagi yaqinlik ularda kafp so'zlarning bir xil izohlanishi va ularda keltirilgan 


27 
illyustrativ materialning bir-biriga (fxshash ekanligida kdrinadi. Lekin bu o'xshashliklar "Abushqa" 
"Badoe-al-lugaf'ning kafchirmasi ekan degan ma'noni anglatmaydi. Bu lug'atlar orasida bir qancha 
farqlar mavjud. Masalan, Toli Imoniy Hiraviyning lug'atida forslar uchun tushunarsiz bo'lgan eski 
o'zbekcha so'zlarning ma'nolari fors tilida izohlangan, "Abushqa"da esa turklar (usmonli turklar) 
uchun tushunarsiz bo'lgan eski o'zbekcha so'zlarning ma'nolari turk tilida izohlangan. Shuning uchun 
bu lug'atlarning mundarijasi katta farq qiladi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə