Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Sulaymon Buxoriyning «Lugati chigatoyi va Turkiy Usmoniy» asari



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/36
tarix25.05.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#87840
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b

Sulaymon Buxoriyning «Lugati chigatoyi va Turkiy Usmoniy» asari.
Sulaymon Buxoriy 
— XIX asrda yashagan mashhur o'zbek olimlaridan biri. U Buxorodagi madrasada o'qiydi, 
Turkiyada hayot kechiradi. 1860 yilda Vengriyada bo'lib o'tgan turkoioglar anjumanida ishtirok 
etadi. Vning lug'at tuzishiga mana shit anjumanda qatnashuvi sabab bo'ladi. 
Sulaymon Buxoriy
ning lug'ati turkolog I.Kunosh tomonidan nemis tiliga tarjima qilinadi va 
1902 yilda Budapeshtda nashr etildi. Asar uch qismdan iborat btflib, muqaddima qismi "Manzumai 
chigatoy" deb nomlangan. Bu qismda muallif asarning yozilish sababi, o'zining tarjimai noli va 
lug'atning tuzilishiga aid ma'lumotlar beriladi. 
"Qavoid ("Qoidalar") deb nomlangan asarning ikkinchi qismida eski o'zbek tilining 
grammatik masalalari yoritiladi. Undo muallif, til qurilishiga old tushunchalar bilan bir qalorda
chigatoy tilining o'ziga xos xususiyatlarini, lining boshqa turkiy tillarga tfxshash va ulardan farqli 
tomonlarini ham aytib aHadi. Turkiy tillarni bunday qiyoslash asarning yutuqlaridan hisoblanadi. 
Sulaymon Buxoriy asarining uchinchi qismini lug'at tashkil etadi. Unda eski o'zbek tilida 
ishlatilgan 7000 ga yaqin scfz va turg~un birikma usmonti turk tili vositasida izohlanadi, So'z 
ma'nolarining izohlari Navoiy va boshqa adiblarning asarlaridan olingan misollar bilan asoslab 
beriladi. 
Sulaymon Buxoriyning ushbu asari eski o'zbek tilini o
l
rganishda jiddiy va ishonchli 
manbalardan biri sifatida katta ahamiyatga ega. 
 
Nazorat uchun savollar: 
1. Alisher Navoiy asarlari bo’yicha qanday lugatlar tuzilgan? 
2. «Badoe—al-lugat» va «Abushqa» tugatlar orasida qanday o'xshash va farqlar mavjud? 
3. «Kelurnoma» asari qachon yaratilgan? 
4. «Lugati turkiy» asarida qanday masalalar yoritilgan? 
5. Mirza Mehdixonning «Sangloh» asarida turkiy tillarning qaysi xususiyatlari ochib 
berilgan? 
6. Sulaymon Buxoriy tomonidan yaratilgan lugat necha qismdan iborat va unimalarga e'tibor
beradi? 


30 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə