Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/36
tarix25.05.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#87840
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b

Moskva maktabi:
Turkiy xalqlar tillari va adabiyotini o‘rganishda Moska davlat universiteti va 
Sharq tillari Lazarev instituti alohida o‘rin tutadi. Fedor Yevgenevich Korsh (1843-1915)ning 
“Слово о поку Игорева” asaridagi turkiy unsurlar, turkiy xalqlar qadimgi she’riyati tuzilishi, turkiy 
tillar tasnifi. Turkiy tillarda hozirgi-kelasi zamon fe’l shakllarining kelib chiqishi, qadimgi turkiy 
tillarda cho‘ziq unlilar bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borgan. 
Agafangel Yefimovich Krimskiy (1871-1942). Ukrain tilida “Turkiy xalqlar, ularning tili va 
adabiyoti” nomli asari turkiy filologiya uchun ajoyib qo‘llanma sanaladi. 
Vladimir Aleksandrovich Gordlevskiy (1876-1956) usmonli turk adabiyoti va tili bo‘yicha 
“Образцы османского народного творчества» (Usmonli turk xalq ijodidan namunalar»), «Очерки 
по новой османской литературе» (Yangi usmonli turk adabiyotiga doir ocherklar), «Грамматика 
турецкого языка» (“Turk tili grammatikasi”) nomli asarlar yaratdi. Bu asarlar usmonli turk tili va 
adabiyoti to`g`risida mumtoz asarlar qatoriga kiradi.
Qozon maktabi
: Qozon XIX asrda turkiy xalqlar tillari va adabiyotini o‘rganish bo‘yicha yirik 
markazlardan biri Qozon davlat uniqersiteti va Qozon gimnaziyasida turkiy filologiyaning mashhur 
namoyandalari bu fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan. 
Qozonda turkiy filologiyaning taraqqiyotida Mirza Aleksandr Kazembekning roli katta. U 
1802 — 1870 yillarda yashagan. 1839 yildan uning "Грамматикатурецко-татарскогоязыка» 
(«Turk-tatar tili grammatikasi") asari nashr etildi. Oradan etti yil o'tib bu asar tuzatilib va 
to’ldirishlari 
bilan"Общаяграмматикатурецко-татарскогоязыка»(«Турк-татар 
тилларининг 
умумий грамматикаси”) («Turk-tatar tillarining umumiy grammatikasi”) (1846) nomi bilan qayta 
bosib chiqarildi. Bu asarning ikkinchi qismi nemis tiliga tarjima qilingan. 
M.A.Kazembek o'z asariga frantsuz sharqshunosi A.Joberning grammatikasini asos 
qilib olgan. Asar 3 qismdan iborat: 
1. Alfavit, harflar talaffuzi; ismlar (otlar, sifatlar, sonlar); olmoshlar. 
2. Fe'l; ko’makchilar, ravishlar, bog’lovchilar, undovlar. 
3. So'zlarning birikuvi (sintaksis) 
Bu asar usmonli turk tili grammatikasining rus tilidagi birinchi tasnifi bo'lib, unda boshqa turkiy 
tillar, xususan, tatar tili materiallari ham berilgan. 


33 
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Rossiya universitetlarida bu asarlardan 
darslik sifatida foydanilgan. 
«Учебные пособия для временного курса турецкого языка” (Turk tilining vaqtincha 
kursi uchun o‘quv qo‘llanma”) 1854 yildayaratilgan. Bu asar xam 3 qismdan tarkib topgan:
1. Grammatika; 2. Xrestomatiya;3. Ruscha-turkcha lugat. 
IlyaNikalaevichBerezin(1818-1896)«Дoполнение к тюрской грамматике”(Mirza Aleksandr 
Kazembek grammatikasiningbirinchi nashri haqida) va “Турецкая хрестоматия” kabi turkiy 
filologiyaga oid asarlar yozdi.
Nikolay Ivanovich Ilminskiy. (1822-1891). U fors va arab tillaridan Qozon diniy 
akademiyasida, Qozon universitetida dars bergan. U 1872 yilning iyulida Qozon o'qituvchilari 
seminariyasiga direktor bolib tayinlandi. U Boburning "Boburnoma" vaRabg'uziyning "Qissas ul-
anbiyo" asarlariga noshirlik qiladi. Uning «Вступление в курс турецко-татарских языков”( 
“Qirgiz 
tilidagi 
ravishlarni 
o‘rganishga 
doir 
materiallar”) 
(1861), 
"Материалыпоизучениюкиргизского 
(казахского) 
наречия" 
(1862), 
“Материалыдляджагатайскогоспряженияпо «Бабурнаме» (1863), M.Nevskiy, V.I. Verbitskiylar 
bilan hamkorlikda "Грамматикаалтайскогоязыка» (1869). A.N.Kononovning yozishicha, bu
asar turkologiya fanining oltin fondini tashkil etuvchi asar qatoriga kiradi. 
Nikolay Fedorovich Katanov (1862-1922) -xakaslar orasidan yetishib chiqqan birinchi 
turkolog.Turkiy xalqlar etnografiyasi va folklori bo`yicha qator asarlar yaratdi. “Исторические 
песни казанских татар”(1899), "Мусульманские легенды» (1894), "О свадебных обычаях 
татар" (1897), "Гадание у жителей Восточного Туркестана»" ва 1912 yilda "Татарско-русский 
словарь». Унга «Опыт исследования урянхайсконо языка» (1899)nomliasarishuhrat keltirdi. 3 ta 
masala haqida so‘z ketadi: l) uryanxay (tuva) tili ugor—fin tillari oilasiga emas, balki turkiy tillar 
oilasiga mansubligini isbotladi: 2) uryanxay tilining mukammal grammatik tavsifini yaratdi; 3) 
uryanxay tilining turkiy tillari orasidan o'rnini belgilab berdi, buning uchun uryanxay tili grammalik 
qurilishini boshqa turkiy tillar (50 dan ziyod turkiy til) grammatik qurilishiga qiyoslab chiqdi. Asar 
turkiy tillarining birinchi haqiqiy qiyosiy grammatikasidir. 
Vasiliy Alekseevich Bogoroditskiy (1857-1941)“О преподавании русской грамматики в 
татарской школе” degan mavzuda ma'ruza qildi.V.A.Bogoroditskiy-Rossiyada eksperimental 
fonetika asoschilardan biri. U turkiy tillar fonetikasiga oid bir qator tadqiqotlar olib bordi. Umumiy 
tilshunoslik mutaxassisi sifatida «Oчерки по языковедениб и русскому языку»" asarini yaratdi. 
“Этюды по татарскому и тюркскому языкознанию» (1933), "Введение в татарское 
языкознание в связи с другими тюркскими языкми» "(1934) kabi asarlar yozdi. 
Nikolay Ivanovich Ashmarin (1870-1933) asosan chuvash tili bo‘yicha tadqiqot ishlari olib 
borgan. “Материалы для исследования чувашского языка. Часть 2. (1890), Учение о формах 
(морфология) (1890), “Опыт исследования чувашского синтаксиса. Часть 1 и 2” (1903) kabi 
asarlari bor. 
Ashmarinning eng yirik asari«Словарь чувашского языка”dir. Bu asar ustida u 30 yildan 
ortiq vaqt isnladi. Lugatda 50000 tacha so’z izohlangan. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə