Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


Tabiat bilan tanishtirishda bolalar mehnatini tashkil etish



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/78
tarix20.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#102847
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani

Tabiat bilan tanishtirishda bolalar mehnatini tashkil etish. 
Bolalarni tabiatdagi mehnati 
individual topshiriq 
shaklida va 
kollektiv mehnat 
tarzida tashkil etiladi. 
Individual topshiriq bolalar bog'chasidagi barcha yosh guruhlarda qo'llaniladi. Bular 
tarbiyachiga bolaning xattiharakatini puxtaroq boshqarish: yordam ko'rsatish, qo'shimcha 
tushuntirish, maslahat berish, topshiriqning bajarilishini nazorat qilish, bolaning faoliyatini boshqarish 
imkonini beradi. Bularning barchasi malaka hamda ko'nikmalarning aniq va mustahkam 
shakllanishiga, shuningdek, topshirilgan ish uchun mas'uliyat his etish, g'ayrat bilan mehnat 
qilish odatining tarbiyalanishiga yordam beradi. 
Kollektiv mehnat bir vaqtning o'zida guruhning barcha bolalarida mehnat malakalari va 
ko'nikmalarini 
tarbiyalashga 
imkon 
yaratadi. 
Mehnatning 
bu 
shakli 
kollektivdagi 
munosabatlarning tarkib topishi uchun zarurdir. Bunda mehnatning umumiy maqsadini 
tushunish, kelishib olish, o'z harakatlarini muvofiqlashtirish, ishni hamkorlikda rejalashtirish
o'rtoqlarga yordam berish, ularning mehnatini baholash kabi muhim ko'niknialar shakllanadi. 
Bolalar mehnatini tashkil etish shakllaridan biri 
navbatchilikdir. 
Tabiat burchagida 
navbatchilik qilishni bolalar katta guruhda boshlaydilar. Mehnatning bu shakli mehnat malakalarini 
takomillashtirish, uning ijtimoiy sabablarini shakllantirish imkonini yaratadi.
Bolalar mehnatiga rahbarlik qilish. Kichik guruhlar. 
Bunda bolalar tarbiyachining tabiat 
burchagi va hovlidagi hayvonlar hamda o'simliklarni parvarish qilishga yo'llangan mehnatida 
ishtirok etadilar. Ular 1—2 ta individual topshiriqlar oladilar (qushlar uchun tayyor ozuqani olish 
va donxo'rakka solish, o'simliklarni oldindan hozirlab qo'yilgan suv bilan sug'orish val shu 
kabilar). Bu qisqa muddatli mehnatga tarbiyachi astasekin barcha bolalarni jalb qiladi. 
O'rta guruh. 
Besh yoshli bolalarni mehnat jarayonida uyushtirishning shakllari kichik 
guruhdagi bilan bir xildir. Bunda individual topshiriqlar katta o'rin egallasa ham biroq ular uzoq 
muddatli xarakterni kasb etadi. Bolalar ayni bir topshiriqning o'zini 2—3 kun davomida 
bajaradilar. Natijada o'rta guruhda mehnat jarayoni murakkablashib boradi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə