|
«Bolalarning hissiy sohasini rivojlantirishga yaqin ijtimoiy muhitning ta'siri» Mavzu rejasi
|
səhifə | 1/5 | tarix | 13.06.2023 | ölçüsü | 1,81 Mb. | | #117032 |
| 1-мавзу
«Bolalarning hissiy sohasini rivojlantirishga yaqin ijtimoiy muhitning ta'siri»
Mavzu rejasi:
IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR TOIFASI:
- Xarakat-tayanch a`zolarida nuqsoni bo`lgan bolalar;
- Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalar;
- Murakkab nuqsonli bolalar;
- Eshitishda nuqsoni bo`lgan bolalar;
- Ko`rishida nuqsoni bo`lgan bolalar;
- Nutqida nuqsoni bo`lgan bolalar .
Ijtimoiylashuv bosqichlari:Insonning sotsializatsiyasi turli bosqichlarda o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ijtimoiylashuv bosqichlari inson hayotining yosh davriyligi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Har xil davrlar mavjud va ularning barchasi shartli hisoblanadi I bosqich - go'daklik (tug'ilgandan 1 yoshgacha). II bosqich - erta bolalik (1-3 yosh). III bosqich - maktabgacha yosh (3-6 yosh). IV bosqich - boshlang'ich sinf (6-10 yosh) V bosqich - erta o'smirlik (10-12 yosh). VI bosqich - katta o'smirlik (12-14 yosh). VII bosqich – erta o`spirinlik (14-18 yosh). VIII bosqich - o'spirinlik (18-23 yosh). IX bosqich - yoshlik (23-30 yosh). X bosqich - erta etuklik (30-40 yosh). XI bosqich - kech etuklik (40-55 yosh). XII bosqich - qarilik (55-65 yosh). XIII bosqich - kech qarilik (65-80 yosh). XIV bosqich - uzoq umr ko'rish (80 yildan ortiq). Oila bolaning rivojlanishi uchun ijtimoiy-madaniy muhit sifatida
Oila — jamiyat hayotining kichik bir debochasi bo’lib, har tomonlama sog’lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish uchun ma’sul bo’lgan g’oyat muhim tarbiya o’chog’dir.
Oiladagi bola tarbiyasi ikkiyoqlama ahamiyat kasb etadi, ota-onalar farzandlariga ahloq-odob, ruhiyat va ma’naviyatga oid bilimlardan saboq berish bilan qanoatlanib qolmasliklari, balki o’zlari ham tarbiyaning o’ziga xos sir-sinoatlari, hususiyatlari, uning mazmun-mohiyati va ma’nosiga doir eng yangi ma’lumotlardan xabardor bo’lib turishlari kerak bo’ladi.
Bola - oilaning ko'zgusi; quyosh bir tomchi suvda aks etganidek, ona va otaning axloqiy pokligi bolalarda ham shunday aks etadi.
V. A. Suxomlinskiy
Dostları ilə paylaş: |
|
|