|
Book · January 013 citation reads 419 1
|
səhifə | 24/144 | tarix | 29.11.2023 | ölçüsü | 4,14 Mb. | | #139862 |
| EkologiyanazariyasiEkotizim o‘lchami – ekologik komponent va uning elementlarining o‘zini boshqarish va qayta tiklash imkoniyatini yaratuvchi yer maydoni, suv akvatoriyasi, havo va yer osti kengligi. Organizmlar yer usti, atmosfera havosi, suv va yer osti kengliklarida yashar ekanlar, ular muayyan muhitni yoki makonni egallaydilar. Tasniflanishda, albatta, shu to‘rt organizmlar yashash muhiti nuqtayi nazaridan ham ekotizimlarni tasniflash talab etiladi. Aks holda biosfera yoki ekosferaning yuqori chegarasini stratosferaning o‘rta qismigacha, quyi chegarasini esa yer po‘stining yuqori qismigacha tushirish mantiqan to‘g‘ri bo‘lmaydi.
2.2.1-jadval
Biosfera biomlari va tabiiy ekotizimlarning asosiy tiplari (Y. Odum, 1986)
Biomlar va tabiiy ekotizimlar
|
Asosiy tiplar
|
Quruqlikdagi biomlar
|
Tundra: arktik va alp.
Boreal igna bargli o‘rmonlar.
Mo‘tadil zonadagi bargli o‘rmonlar.
Mo‘tadil zona dashtlari.
Tropik graslend va savannalar.
Chaparal – yozi quruq va qishi seryog‘in rayonlar.
Cho‘l: o‘tli va butali.
Yarim doimiy yashil tropik o‘rmonlar: nam va quruq faslli.
Doimiy yashil tropik yomg‘irli o‘rmonlar.
|
Chuchuk suv ekotizimlari
|
Lentik (muallaq suvlar): ko‘l, hovuz va boshqalar.
Lotik (oquvchi suvlar): daryo, soy, irmoq va boshqalar.
Botqoqli yerlar: botqoq va botqoqli o‘rmonlar.
|
30 Н.И. Николайкин, Н.Е. Николаенко, О.П. Мелехова. Экология. – М.: «Дрофа», 2004. С. 181.
31 М. Бигон, Дж. Харпер, К. Таунсенд. Экология: особии, популяции и сообщества. – М.: «Мир», 1989. C. 64–114.
Dengiz ekotizimlari
|
Ochiq okean (pelagik).
Kontinental shelf suvlari (sohil bo‘yi suvlari).
Apvelling rayonlari (baliqchilik keng tarqalgan hududlar).
Estuarialar (sohil bo‘yi qo‘ltiqlar, bo‘g‘ozlar, daryolarni quyilish
joylari, sho‘rlangan marshlar va boshqalar).
|
Maydon va makonga qarab tasniflashgan ekotizimlar tarkibi taxminan quyidagi qismlardan iborat bo‘lishi
mumkin:
|
|
|