Book · January 013 citation reads 419 1


Barqaror rivojlanishning ekologik-iqtisodiy jihatlari



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə78/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Barqaror rivojlanishning ekologik-iqtisodiy jihatlari. XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab ilmiy- texnik taraqqiyot keskin ravishda rivojlana bordi. Bu esa, o‘z navbatida, Yer sayyorasidagi 70% dan ortiq barcha tabiiy ekologik tizimlar buzilib ketishiga sabab bo‘ldi. Yer kishilik jamiyatining hayotiy faoliyati
chiqindilarini qayta ishlash qobiliyatiga ega bo‘lsa ham, biosferaga ta’sir qilish darajasi hozirdanoq mumkin bo‘lgan kattaliklardan bir necha barobar oshib ketgan. Bundan tashqari, kishilar atrof-muhitga uning tarkibida bo‘lmagan va qayta ishlashga yaroqsiz bo‘lgan ming tonnalab sun’iy moddalarni ishlab chiqarmoqda. Atrof-muhitni «boshqaruvchisi» va «qayta ishlovchisi» bo‘lgan tirik organizmlar mazkur funksiyani bajarishga qodir bo‘lmay qoldi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 30–50 yillardan so‘ng tiklanmaydigan jarayonlar boshlanadi va ular XXI–XXII asrlar oralig‘ida global ekologik falokatga olib kelishi mumkin. Alohida xavotirli vaziyat Yevropa qit’asida yuzaga keladi. Chunki G‘arbiy Yevropa o‘zining tabiiy resurslarini asosiy qismini tamom qildi va o‘zgalarnikidan foydalanishga o‘tdi.
BMTning ma’lumotlari bo‘yicha har yili Dunyo okeaniga 30 mlrd tonna neft mahsulotlari, 50 ming tonna pestitsidlar va 5 ming tonna simob tashlanadi. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va oqova suvlarni tozalash muammolari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Sanoatda juda ko‘p miqdorda suv ishlatiladi. Masalan, 1 tonna po‘latni eritish uchun 200 m3, 1 tonna qog‘oz ishlab chiqarish uchun 100 m3, 1 tonna sintetik ipak tayyorlash uchun esa 2500 dan 5000 m3 gacha suv sarf qilinadi.
BMTning ma’lumoti bo‘yicha dunyo aholisining 1/4 qismi toza ichimlik suvdan foydalanish imkoniyatiga ega emas, qolgan 1/3 qismi esa sifatsiz suvdan foydalanishga majbur. Butun dunyo bo‘yicha oqova suvlarning faqat 10% oldindan tozalanadi. Janubiy Amerika va Afrika davlatlarida esa bu ko‘rsatkich faqat 2%, xolos. Bularning barchasi yer osti suvlari holatida aks etmoqda.
Yoqilg‘ining yonishi natijasida har yili atmosferaga 20 mlrd tonna atrofida karbonat angidrid gazi tashlanmoqda. Gazlarning atmosferadagi miqdori sekin-asta ko‘payib bormoqda, oxirgi 100 yil ichida bu ko‘rsatkich 10% dan oshdi. Karbonat angidrid gazi kosmik fazoga issiqlikning tarqalishiga to‘sqinlik qilmoqda, bu esa yer harorati isib ketishiga olib kelmoqda. Iqlimshunoslarning ma’lumotlari bo‘yicha XXI asrning o‘rtalariga borib u 2–5 gradusni tashkil etishi mumkin. Gazlarning atmosferaga chiqarilishi ultrabinafsha nurlardan yerning asosiy himoyachisi bo‘lgan ozon qatlamining 9%ini yo‘q qildi. «Ozon tuynigi»ning umumiy maydoni AQSH hududiga teng bo‘lgan maydonni ishg‘ol qildi.
Avtomobil transporti, elektrostansiyalar, qora va rangli metallurgiya korxonalari, neft va gazni qayta ishlash, kimyo va o‘rmon sanoatlari atmosfera havosini sezilarli darajada iflos qilmoqda. Atmosfera havosidagi zararli moddalarning katta qismi avtomobillardan chiqqan gazlar hisobiga to‘g‘ri kelib, ularning roli muntazam ravishda oshib bormoqda.
Ekologik muammolarning miqyosi haqidagi tassavvurlarga ega bo‘lgan holda, uni keltirib chiqargan asosiy sababchilaridan bo‘lmish iqtisodiy yuksalish darajasiga murojaat qilamiz. Iqtisodiy yuksalish va ekologik xavfsizlik o‘rtasidagi ziddiyat yaqqol ko‘zga tashlanadi. Tadqiqotchilarning aksariyati ekologik muammolarni iqtisodiy sabablar bilan bog‘lashga urinmoqdalar va bunda «jon» bor, albatta.



Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə