Book · January 013 citation reads 419 1


Barqaror rivojlanishning ekologik jihatlari



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə74/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Barqaror rivojlanishning ekologik jihatlari


Shunday qilib, barqaror rivojlanishning mazmun va mohiyati – kelajak avlod ehtiyojlarini inobatga olgan tarzda hozirgi zamon kishilik jamiyatini uzviy bog‘langan ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy taraqqiyotini bir me’yorda ta’minlashdir. U bevosita ekologik xususiyat kasb etadi. Chunki ushbu maqsadga erishish uchun
avvalambor ma’lum bir ekotizimlar (tog‘, dengiz qirg‘oqlarida, cho‘l zonasida, kichik orollarda va h.k.)da kompleks ekologik tadqiqotlar orqali atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, turli o‘zgargan ekotizimlarda esa ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish va rivoj- lantirish, tabiat-jamiyat munosabatlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik xususiyatlarini inobatga olgan holda davriy o‘zgarishlarni doimiy taraqqiyot sari yo‘naltirish talab etiladi. Ko‘rinib turibdiki, aynan ekologiya fanining obyekti doirasida – ekosferada, uning tadqiqot predmeti – ekotizimlarni muhofaza qilish, ularning resurslaridan oqilona foydalanish, buzilganlarini esa qaytadan tiklash bevosita barqaror rivojlantirish masalalaridan kelib chiqadi.
Biz barqaror rivojlanishni ekologiya fani nuqtayi nazaridan tahlil qilib chiqishga harakat qilamiz. Zero ekologiya – yashash makoni falsafasi ekan, falsafa esa masalaning tub mohiyatini anglatuvchi nazariy asosdir.
1992-yil BMTning maxsus konferensiyasida qabul qilingan Barqaror rivojlanish konsepsiyasida inson va tabiatning garmonik rivojlanishi uchun quyidagi ekologik qoidalar nazarda tutilgan:
davlatlarning tabiiy resurslardan foydalanishda o‘ziga xos ekologik vaziyatdan kelib chiqishi;
barqaror rivojlanishda atrof-muhit muhofazasi taraqqiyot jarayonining bir qismi bo‘lib hisoblanadi va
undan ajralgan tarzda muhokama qilinmasligi kerak;
rivojlanayotgan va o‘tish davri iqtisodiyotida turgan davlatlarda ekologik muammolarni birlamchi masalalar turkumiga kiritish lozim, shuning uchun ham ularda tabiiy resurslarni konservatsiya qiluvchi (saqlovchi) xo‘jalik tarmoqlarini rivojlantirmoq zarur;
davlatlar yer ekotizimlarini saqlash, muhofaza qilish hamda uning tozaligi va butunligini tiklash maqsadida global miqyosdagi sherikchilik ruhida hamkorlik qilishlari lozim;
har bir davlat atrof-muhit holati uchun javobgardir;
rivojlangan mamlakatlar xalqaro doirada barqaror rivojlanishni ta’minlashda mas’uldirlar va ularning jamoasi Yer sayyorasi muhitiga yetkazgan zararini ulardagi texnologik va moliyaviy resurslardan kelib chiqqan holdagi javobgarligini tan olmoqlari lozim;
tabiiy resurslardan foydalanishni mo‘tadillashtirish maqsadida davlatlar o‘z demografik siyosatlarini
muvofiqlashtirishlari zarur;
ekologik muammolarni barcha manfaatdor fuqarolar ishtirokida va turli darajada (milliy miqyosda) har bir fuqaro atrof-muhitga tegishli bo‘lgan ma’lumotlardan erkin foydalanish huquqiga ega bo‘lishlari, davlatlar esa bunday masalalarni hal etishda keng ma’lumotlar berish yo‘lini rivojlantirishlari va qo‘llab-quvvatlashlari kerak;
ekologik zararlarni qoplashda sud orqali himoyalanish vositalarini qo‘llash va ma’muriyat ishlarini ularda ko‘rib chiqishni ta’minlashlari zarur;
davlatlar atrof-muhit muhofazasiga doir qonun hujjatlariga, qat’iy o‘rnatilgan ekologik me’yorlarga (standartlarga) ega bo‘lmoqlari, xo‘jalik faoliyatining maqsadi va ustuvorligi esa atrof-muhitni muhofaza qilish vazifalariga muvofiq kelishi kerak;
atrof-muhit muhofazasiga yo‘naltirilgan chegaralararo yoki global ekologik muammolarning yechish yo‘llari xalqaro konsensus (murosa)ga asoslangan bo‘lishi kerak;
ekologik oqibatlarni baholash vakolatli milliy organlar tomonidan tasdiqlanishi kerak;
davlatlar atrof-muhitga bo‘lgan an’anaviy munosabatlarini tan olishlari, mahalliy aholi va uning jamoalarining tarixiy tajribasini ishlatmoqlari lozim va h.k.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasi yuqorida keltirilgan atrof-muhitni muhofaza qilishga oid prinsip- qoidalar ekologik prinsiplarga mos tushadi. U jamiyat va tabiat uyg‘unligini oshiradi. Ushbu ekologik prinsip- qoidalarga rioya qilish, shubhasiz, xalqaro hamjamiyatning hamkorligiga va bir maromda rivojlanishiga xizmat qiladi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə