Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə70/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   144
Ekologiyanazariyasi

«Rio Deklaratsiyasi»da jamiyat va tabiat qonunlarining uyg‘unlashtirish mezoni hamda ijtimoiy- ekologik-iqtisodiy muammolarning o‘zaro birligi va davlatlarning mazkur masalalar yechimini topishdagi majburiyatlari aks ettirildi.
«Rio–92» Konferensiyasida qabul qilingan «XXI asr kun tartibi»da 2000-yilgacha va undan keyingi yuz yil ichida qo‘yilgan maqsadga erishish uchun atrof-muhit muhofazasi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasida antropogen faoliyatning asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tildi (7.1.2-rasm).
«XXI asr kun tartibi»da rivojlanishning har bir sohasida ishtirokchilar faoliyati, maqsadi, vazifalari, harakatlari va asoslari berilgan. Ularni amalga tatbiq etish uchun mahalliy, regional va milliy miqyosda faoliyatni moliyalashtirish yo‘llari hamda ko‘lami bayon etilgan. Hujjat global va lokal loyihalar, qarzlarni qoplash, boshqarish va iqtisodiy siyosatni samarali olib borish, xalqaro va regional hamkorlik va muvofiqlashtirish kabi qismlarga ajratilgan va unda moliya masalalari ajratib ko‘rsatilgan. Har bir bobning yakunida sarf-xarajatlarni baholashni hisobga olgan holda moliyalashtirish mexanizmlari va amalga oshirish imkoniyatlari berilgan.
7.1.2-rasm. «XXI asr kun tartibi»ning mazmuni.


Mamlakatimizda, Vazirlar Mahkamasining 12-noyabr 1997-yildagi 510-sonli maxsus qarori asosida, milliy
barqaror rivojlanish hay’ati tashkil etildi. Hay’at «XXI asr kun tartibi»ning talablarini amalga oshirish maqsadida
«Barqaror rivojlanishning milliy strategiyasi»ni ishlab chiqdi.
«Rio–92»da qabul qilingan muhim hujjatlardan yana biri «O‘rmonlardan unumli foydalanish, ularni saqlash va o‘zlashtirish prinsiplari to‘g‘risidagi bayonnoma»si edi. Bu bayonnoma inson va jamiyatning o‘rmonlarga nisbatan munosabat huquqlari va uni tabiatning bebaho in’omi ekanligi haqidagi hujjatidir. Mazkur hujjat «Yer» deb atalmish sayyorada o‘rmonlar va uning resurs imkoniyatlarini saqlash, hamma turlarini nazoratsiz kesishlardan tiyish va ularni tugatishni to‘xtatish borasidagi global darajadagi xalqaro hujjat bo‘lib qoldi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə