Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə69/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   144
Ekologiyanazariyasi

«Barqaror rivojlanish» nima ekanligini uning tarixida aks ettirilgandir. Mazkur konsepsiyaning yaratilishi aynan xalqaro hamjamiyatning atrof-muhitni muhofaza qilishga oid harakatlardan boshlanganligiga iqror bo‘lamiz. XX asrning 60-yillarida, ya’ni «sovuq urush» ayni avjiga chiqqan davrda, butun insoniyat va xalqaro hamjamiyatning diqqat-e’tibori asosan yadroviy to‘qnashuvning oldini olishga qaratilgan edi. «Karib inqirozi» deb nom olgan SSSR va AQSH o‘rtasidagi mojarodan so‘ng yadro quroliga ega bo‘lgan «katta» davlatlar bir narsaga – atom, neytron, vodorod qurollarining oz miqdorda bo‘lsa ham ishlatilishi nafaqat dushmanga, balki o‘z uyining ham barbod bo‘lishiga olib kelishi mumkinligiga iqror bo‘lishdi. Ommaviy qirg‘in keltiruvchi qurollarning qo‘llanilishi va uchinchi jahon urushining boshlanishi yerdagi hayotning tugashi ekanligini butun insoniyat tushunib yetdi. Bu urushda na mag‘lublar va na g‘oliblarning bo‘lmasligi isbot talab qilmaydigan aksiomaga aylanib qoldi. Global miqyosdagi yana bir muammolardan bo‘lmish – yoppasiga tarqalgan kasalliklar fan va texnika yutuqlari tufayli sekin va astalik bilan orqaga chekina boshladi (4.2.1-jadvalga qarang).
Barqaror rivojlanish g‘oyasining paydo bo‘lish tarixi. Kishilik jamiyati tarixida juda ko‘p siyosiy ziddiyatlarga boy davr bo‘lgan XX asrga kelib insoniyat kelajakda qanday qilib tinch va osoyishta hayot kechirishi kerak, degan fikr eng dolzarb masalaga aylanib qoldi. Inson aql-zakovati yuqori pog‘onaga ko‘tarilgan bir davrda bunday ayanchli holat sababini, atrof tabiiy muhitning inqirozli holatini tushunib
yetgan bir guruh fan, madaniyat, maorif va davlat arboblaridan iborat bo‘lgan kishilar ekologik oqibatdan chiqib ketish rejasini ishlab chiqish maqsadida «Rim klubi»ni tuzishdi. «Rim klubi» a’zolarining 1970- yilda «O‘sish chegarasi» nomli kitobida Yer kurra sida aholining o‘sishini tabiiy resurslar imkoniyatiga monand ravishda mo‘tadillashtirishni taklif etishdi.
«Rim klubi» hisoboti 1972-yil 5-iyunda Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahrida Butunjahon «Atrof- muhitni muhofaza qilish» konferensiyasini chaqirishga asos soldi (7.1.1-rasm). Mazkur konferensiyani, hech mubolag‘asiz, xalqaro hamjamiyatning ekologik dunyoqarashidagi tub burilish nuqtasi, deyish mumkin. Chunki insoniyat tarixida ilk bor BMTning juda keng qamrovli va salohiyatli anjumani Yer sayyorasidagi ekologik muammolarni hal qilishga bag‘ishlangan edi. Aynan Stokgolm Konferensiyasidan boshlab davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari alohida bahs va muzokaralar mavzusiga aylana boshladi. Endilikda ekologik muammolarning yechimini topish global miqyosdagi xavfsizlikni ta’minlashning asosiy omili ekanligini tushunib yetgan dunyo hamjamiyati 1975-yil Xelsinki shahrida 35 ta Yevropa davlatlari hamda AQSH va Kanada rahbarlari ishtirokida xalqaro Sammitni chaqirishdi. Yevropa xavfsizlik va hamkorlik Kengashining «Yakunlovchi hujjat»ida ekologik xavfsizlikni ta’minlash barqaror rivojlanishning eng asosiy ko‘rsatkichlaridan biri ekanligi e’tirof etildi.
Shu tariqa 1987-yil BMTning Butunjahon atrof-muhit va rivojlanish Komissiyasi tuzildi va unga norvegiyalik davlat arbobi Gro Xarlem Bruntland rahbarlik qildi. Komissiyaning «Bizning umumiy kelaja- gimiz» nomli hisobotida barqaror rivojlanish konsepsiyasi modelihozirgi avlod ehtiyojlarining qondirilishi va kelasi avlodlarning munosib hayot kechirishga bo‘lgan huquqini hisobga olgan tarzda amalga oshirilishi lozim, deya takidladi.
1989-yili BMT Bosh Assambleyasining 44x428-sonli rezolutsiyasiga binoan barqaror rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish uchun BMT ning maxsus konferensiyasini chaqirishga qaror qilindi. Unda barqaror rivojlanish konsepsiyasi – davlatlar va butun dunyo hamjamiyatining xususiyat, mohiyat va tarkibiy jihatdan bir maromda rivojlantiruvchi qarashlar tizimi, deb e’tirof qilindi.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasi ishlab chiqarish va iste’mol qilish, aholining o‘sishi va ijtimoiy himoyasi o‘rtasidagi muvozanatni rivojlangan va rivojlanish yo‘lida turgan barcha davlatlarda saqlashni inobatga oladi. Chunki Yer sayyorasidagi atrof-muhit holati mamlakatlarning birgalikdagi harakat majmuasidir. Ekologik muammolarning yechimi biron-bir davlat (masalan, AQSH) yoki biron-bir davlatlar (masalan, «katta sakkizlik») faoliyatiga bevosita bog‘liq emas ekanligini biz yuqorida aytib o‘tgan edik.
Atrof-muhit muhofazasi bilan barqaror rivojlanish g‘oyasining birligi 1992-yil 3–14-iyun kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning «Atrof-muhit va rivojlanish» konferensiyasi (AMRK) hisoblanadi. Chunki, uning ishida dunyoning 170 dan ziyod, jumladan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligidan 7 ta davlat vakillari ishtirok etgan va 130 ta davlatdan hukumat boshliqlari kelgan. AMRK- ning maqsadi davlatlarning barqaror rivojlanishi va tinch-totuv yashashini ta’minlash uchun ekotizimlarga tushadigan bosimni kamaytirish. Konferensiya qatnashchilari uchta ishchi guruhda munozaralar olib bordilar:

  • atmosfera havosi, yer resurslari va biologik xilma-xillikni saqlash;

7.1.1-rasm. Atrof-muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish.

  • okeanlar, dengizlar, qirg‘oq bo‘yidagi mintaqalar va chuchuk suv resurslari;

  • institutsional (barqaror birlashish) va tashkiliy masalalar.

«Rio–92»da paralell ravishda BMTning maxsus hukumatlararo muzokaralar qo‘mitasi «Iqlimni o‘zgartirishni cheklash konvensiyasi», YUNEP doirasida esa «Biologik xilma-xillik konvensiyasi»ni ishlab chiqishga kirishildi. Konferensiya raisi Braziliya Prezidenti Fernando Kollor de Mello «Bizlar ikkita fundamental nizomga – rivojlanish va atrof-muhitga asoslangan umumiy vazifalarni bajarishda olg‘a siljishni ta’minlash uchun yig‘ildik. Bizlar tarixiy zaruriyat va axloqiy majburiyatni rivojlantirishning yangi modeli, ya’ni
rivojlanish va atrof-muhit muhofazasi degan tushunchalardan iborat bo‘lgan jamiyatni qurishni qabul qilamiz.
Bizlar ekologik xavfsiz ijtimoiy adolatli dunyoni ta’minlay ololmaymiz», deya e’tirof qildi.
AMRK tomonidan muhokama qilingan asosiy masalalar: Yer sayyorasida hayotiy tizimni buzuvchi, sanoati rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarish va iste’mol qilish; qoloq va rivojlanmagan mamlakatlarda aholining o‘sish darajasi; boy va qoloq davlatlar, boy va kambag‘al fuqarolar o‘rtasidagi tafovutning orta borishi; atrof- muhit holati, tabiat imkoniyatlari, moddiy manfaatlarimizni hisobga olmaydigan va tabiatga qoplanmaydigan zarar yetkazadigan iqtisodiy tizim.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə