Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə66/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Ekspertiza so‘zi lotinchada «expertus» — tajribali, degan so‘zdan olingan bo‘lib, u ma’lum bir masalani tajribali mutaxassis tomonidan yoritib berilishi demakdir. Ekspertiza turli fan va xo‘jalik sohalarida turlicha ko‘rinishda namoyon etilib, voqea va hodisalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri belgilash, o‘lchash va aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, ushbu sohadagi mutaxassislar xulosasiga muhtoj holatlarni inobatga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi ekologik qonunchiligida ilk bor ekologik ekspertiza 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning maxsus VI bo‘lim 24—27-moddalarida yoritib berildi. Ushbu qonunning 4-moddasida esa ekologik ekspertizaning majburiylik prinsipi belgilab qo‘yildi. Lekin Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun ekologik ekspertizaning imperativ (qat’iy) shartlarini belgiladi, xolos. Uning asl mohiyati, turlari, olib borish metodlari, muddatlari, prinsiplari va obyektlari esa yoritilmay qolgan edi. 2000-yil 25-mayda qabul qilingan va shu yilning 1-iyulidan kuchga kirgan «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni huquqiy-ekologik mexanizmni shakllantirishga va uni hayotga tatbiq qilishga katta hissa qo‘shdi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ekologik ekspertiza – rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza obyektini ro‘yobga chiqarish mumkinligini aniqlash. Ekologik ekspertizaning asosiy maqsadi va vazifalari — mo‘ljallanayotgan xo‘jalik, boshqa xil faoliyatni rejalashtirish hamda amalga oshirishdan avval, ushbu faoliyatni ekologik talablar, xususan, fuqarolar sog‘lig‘iga qay darajada ta’sir etishi mumkinligini aniqlash, shuningdek, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning ekologik talablarga javob bera olishi yetarliligi va ilmiy asoslanganligini aniqlashdan iborat (6.3.4-rasm).
6.3.4-rasm. Ekologik ekspertiza turlari, prinsiplari, obyektlari, subyektlari va usullari.

Ekologik ekspertiza obyekti bo‘lib davlat dasturlari, konsepsiyalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish kuchlari, ijtimoiy va iqtisodiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish loyihalarini tuzish; barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini ajratish, hujjatlarni tayyorlash va o‘tkazish; texnika, texnologiya, materiallar, moddalar va mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar tayyorlash; alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va favqulodda ekologik vaziyat hamda ekologik ofat zona (tegra)lari maqomini berish; shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, ularni amaliy qo‘llash mexanizmi ham ekspertiza obyekti bo‘ladi va ular, albatta, mutaxassislar xulosasiga muhtojdir.


Ekologik ekspertiza davlat, jamoat va ixtisoslashtirilgan firmalar tomonidan o‘tkazilishi mumkin. Lekin davlat ekologik ekspertizasidan o‘tish inson faoliyatining yuqorida sanab o‘tilgan hamma jabhalari uchun majburiydir. Shuning uchun ham maxsus vakolatlangan organlar turli maqomdagi ekspert bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilishi mumkin. Agarda xo‘jalik yoxud boshqa faoliyat yurgizuvchi subyekt (buyurtmachi) davlat ekologik ekspertiza komissiyasi xulosasidan qoniqmaydigan bo‘lsa, u o‘z e’tirozini umumiy yoki xo‘jalik sudlarida ko‘rib chiqish uchun da’vo bildirishi mumkin.
Davlat ekspertizasini o‘tkazish muddati turlicha belgilanadi. Masalan, O‘zbekistonda uning muddati 30 kundan oshmaydi va ayrim, o‘ta murakkab sharoitlarda, bosh davlat eksperti ruxsati bilan 2 oydan oshmagan
muddatga uzaytirilishi mumkin. Ushbu ekspertiza faoliyatini moliyalash buyurtmachilar hisobidan amalga oshiriladi.
Fuqarolar, fuqarolar yig‘ini, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlari tomonidan jamoat ekspertizasi o‘tkazilishi mumkin. Ekologik ekspertiza nuqtayi nazaridan, ular o‘z mablag‘lari hisobiga, davlat ekspertizasidan tashqari mustaqil holda ekologik ekspertizani o‘tkazishlari mumkin. Faqatgina jamoat ekologik ekspertiza xulosasi tavsiya kuchiga ega bo‘ladi va davlat ekspertiza xulosasini tekshirib ko‘rish hamda sudga da’vo e’tirozi bilan chiqish imkonini beradi.
Jamoat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun fuqarolar, fuqarolar yig‘ini yoki jamoat tashkilotlari mustaqil ekspert komissiyasiga «Ekologik oqibat arizasini» berishlari mumkin. Bu arizada ular ikki masalani yoritishlari kerak: ekologik tavakkallikni hisobga olgan tarzda atrof tabiiy muhit holatining buzilish oqibatlari; ekologik zarar oqibatlarini tugatish, atrof-muhit holatini tiklash va mo‘tadillashtirish uchun zaruriy chora- tadbirlarni ko‘rsatishlari kerak. Ekspertlarning vazifasi esa ushbu vaziyat yoki holatni to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini isbotlashdan iborat, xolos. Agarda jamoat ekspertizasi davlat ekspertizasi xulosasi bilan mos kelmasa, unda ushbu nizoli holat haqida davlat ekologik ekspertizasini tayinlovchi davlat organi prokuratura yoxud sud organlariga murojaat etish orqali masalaga oydinlik kiritiladi.
Bozor munosabatlarining o‘ziga xos tomonlaridan biri turli ko‘rinishdagi auditorlik faoliyatini shakllantirishdan iborat. Audit ingliz tilida «audit» — tekshirish, ya’ni buxgalteriya kitoblari, hisobotlari va hujjatlarini taftish qilish, degan ma’noni anglatadi. O‘zbekistonda auditorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish 2000-yil 26-maydagi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonun va shu asosda qabul qilingan qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə