Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə73/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   144
Ekologiyanazariyasi

2010-yil 20–21-sentabr kunlari Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etgan BMT Bosh Assambleyasining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan Oliy darajadagi yalpi majlisining kun tartibida turgan bir qator masalalardan biri (1-rasmga qarang) barqaror rivojlanish g‘oyasini olg‘a surishda ekologik xavfsizlikni ta’minlash edi. Unda yurtboshimiz Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash uchun Orolbo‘yi va uning havzasida yuzaga kelgan ekologik muammolarni hal qilishda mazkur hududdagi davlatlarning birlamchi masalalar turkumidan joy olishi lozimligini aytib o‘tdi.
    1. Barqaror rivojlanish-mi yoki taraqqiyot-mi?


O‘zbek tilida «barqaror» degan so‘z (bar – forscha, qaror – arabcha) qaror topgan, qat’iy, uzil-kesil o‘rnashgan, ya’ni hech qanday o‘zgarish ta’sir etmaydi, doim birdek turadi degan ma’nolarni anglatadi.
«Barqarorlik» esa turg‘unlik, mustahkamlik o‘zgarmaslik holati, demakdir63. Umumlashtirgan tarzda barqaror so‘zini milliy miqyosda tatbiq etadigan bo‘lsak – muayyan davlatning ma’lum bir sohada olib borayotgan siyosatining barqarorligi, deb tushunish mumkin. Lekin ijtimoiy hayot doimo o‘zgaruvchan va moslashuvchan bo‘lmoqlikni talab etadi. Ayniqsa bu bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadan ikkinchisiga o‘tayotgan davlatlar uchun juda xosdir.
Rus va ingliz tillarida «Устойчивый» va «Sustainable»– qat’iylik, ikkilanmaslik, tik turishlik64, ya’ni biron- bir masalada qat’iy va ikkilanmasdan turish, degan ma’noni anglatadi. Mazkur so‘zning rus va ingliz tillardagi ma’nosi o‘zbek tilidagi ma’nosiga deyarli mos tushadi.
O‘zbek tilida «rivojlanish» yoki «rivojlanmoq» – ravnaq topmoq, taraqqiy etmoq, o‘smoq, yuksalmoq degan ma’nolarni anglatadi65. Ilmiy lug‘atda rivojlanish materiya va ongning qaytarilmas, bir yo‘nalishdagi qonuniy o‘zgarishi, ularning universal xossasi, deb tushuntirilgan. Rivojlanish natijasida obyekt tarkibining yangi sifat holati vujudga keladi. U tabiat, jamiyat va bilish tarixini tushuntirishning umumiy prinsipidir66. K. Vebster, М.А. Jevlakova, P.N. Kirillov, N.I. Koryakinalarning «От экологического образования к образованию для устойчивого развития» kitobining o‘zbekcha varianti «Ekologik ta’limdan barqaror rivojlanish ta’limi sari» deb tarjima qilingan. Chunki «развитие» so‘zining o‘zagi
«развиваться», ya’ni rivojlana bormoq demakdir67.
O‘zbek tilida «taraqqiyot» degan so‘z arabchada yuksalish, olg‘a harakatlanish, rivojlanish, o‘sish degan ma’nolarni anglatadi68. Taraqqiyot so‘zi rivojlanish so‘zining sinonimi, lekin aynan o‘zi emas. Taraqqiyot garchand ikki xil ma’noda qo‘llanilsada, lekin u ko‘proq ruschada «прогресс»69 so‘ziga mos tushadi. Shuning uchun ham Prezidentimiz Islom Karimovning «Узбекистан на пороге XXI века: угрозы безопасности, условия и гарантия прогресса» (T.: «O‘zbekiston», 1997) asarini o‘zbek tilidagi varianti «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» deb nomlangan. Agarda biz «Barqaror rivojlanish» so‘zlar birikmasini o‘zbek tilida «Barqaror taraqqiyot» desak ko‘p adashmagan bo‘lamiz. Lekin bir xil so‘z yoki so‘zlar birikmasini ikki xil ma’noda qo‘llash fanda, ayniqsa ta’limda ko‘p chalkashliklarga va ikkilanishlarga olib kelishi mumkin70.
Yuqorida keltirilgan «Xelsinki–1975», «Rio–1992», «Yoxannesburg–2002» anjumanlarining barcha hujjatlarida aks ettirilgan g‘oya aynan «Barqaror rivojlanish» deb nomlangan. Lekin bu qotib qolgan dogma emas. U zamon va makonga qarab shakllanib hamda takomillashib borishi tabiiy hol. O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini qo‘lga kiritishda har jihatdan o‘zini oqlagan besh tamoyildan biri, –
«Islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, «shok terapiyasi»71 deb atalmish turli usullardan voz kechish», – eslab o‘tish joizdir. Zero ta’lim sohasi va, ayniqsa, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash ham bu





63 Баріарор. ¤збек тилининг изоµли луІати. 1-жилд. – ¤зМЭДИН, 2006. 173-б.


64 Устойчивый. С.И. Ожегов. Словарь русскогo языка. – М.: ОНИКС XXI век, 2004. C. 1101.


65 Ривожланмоі. ¤збек тилининг изоµли луІати. 3-жилд. – ¤зМЭДИН, 2007. 382-б.


66 Ривожланиш. Энциклопедик луІат. 2-том. Т.: ¤СЭБР, 1990. 136-б.


67 Развиваться. Русско-узбекский словарь. – II том. Т.: ¤СЭБР, 1984. C. 296.


68 Тараііиёт. ¤збек тилининг изоµли луІати. 3-жилд. – ¤зМЭДИН, 2007. 677-б.


69 Прогресс. Русско-узбекский словарь. – II том. Т.: ¤СЭБР, 1984. C. 238.


70 Заславский М.Н. Эрозиоведение. – М.: «Мысль», 1979. С. 17.


71 И. Каримов. ¤збекистон 16 йиллик мустаіил тараііиёт йили. – Т.: «¤збекистон», 2007. 6-б.
o‘rinda alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, yurtboshimiz aytmoqchi «Yangisini qurmasdan eskisini buzmaslik»
kerak.
Biz, o‘zbekistonliklar uchun, barqaror rivojlanish g‘oyasini, yuqorida keltirilgan tarixiy tahlildan kelib chiqqan tarzda, «Tabiat-jamiyat uyg‘unligida barqaror rivojlanish» g‘oyasini ilgari surmoqchimiz. Unga yarasha tegishli konsepsiya, dastur, reja va standartlarni ishlab chiqqanimiz ma’quldir. Ta’lim va tarbiyani ham bundan mustasno etmagan tarzda «Tabiat-jamiyat uyg‘unligida barqaror rivojlanish» deyish mumkin.
Barqaror rivojlanish tushunchasi turli adabiyotlarda turlicha berilgan. A.A. Azizov va N.G. Akishinalarning «Barqaror taraqqiyot ta’limi» (T.: 2008) kitobida uning uch turdagi tushunchasi e’tirof qilingan:
Barqaror rivojlanish kelajak avlodlarning o‘z ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini ta’minlagan holda
hozirgi ehtiyojlar qondiriladigan rivojlanishdir.
Barqaror rivojlanish yerdagi hayotni ta’minlovchi, tizimlarni muhofaza qiluvchi va kuchaytiruvchi usullar bilan o‘z turmush tarzlarini yaxshilashlari uchun barcha insonlarga imkon beruvchi dinamik jara- yondir.
Barqaror rivojlanish atrof-muhit va jamiyat uchun xavfsiz hamda bir-birini to‘ldiruvchi iqtisodiy o‘sish va
rivojlanishdir.
Umumlashtirilgan tarzda ushbu uch ko‘rinishdagi tushunchalarni quyidagi universal ko‘rinishda e’tirof etish mumkin. Barqaror rivojlanish – kelajak avlodning «rizqiga xuruj qilmagan» tarzda hozirgi zamon kishisining ekologik xavfsiz, iqtisodiy ta’minlangan, ijtimoiy muhofazalangan va barqaror birlashgan munosib hayot tarzini ta’minlovchi jarayon. Chunki global, regional, milliy va mahalliy miqyosda barqaror rivojlanish uchun ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy va institutsional muammolar bir paytning o‘zida kompleks hal etilishi lozim (7.2.1-rasm). Aks holda ishsiz, qorni to‘q bo‘lmagan, salomatligi yo‘q va yagona maqsad sari birlashmagan kishilar yoki ularning uyushmasi atrof-muhitni muhofaza qila olmaydilar va ekologik xavfsizlikka erisha olmaydilar.
7.2.1-rasm. Barqaror rivojlanish muammolari va ularni ishlash mexanizmi.

Barqaror rivojlanish konsepsiyasi esa bir maromda (stabil) rivojlangan davlatlar va butun dunyo hamjamiyatining xususiyat, mohiyat va tarkibiy qarashlar tizimi. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi ishlab chiqarish va iste’mol qilish, aholining o‘sishi va ijtimoiy himoyasi o‘rtasidagi muvozanatni rivojlangan va rivojlanish yo‘lida turgan barcha davlatlarda saqlashni hisobga oladi. Chunki Yer sayyorasidagi atrof-muhit holati ularning birgalikdagi harakat majmuasidir. Ekologik muammolarning yechimi biron-bir davlat (masalan, AQSH) yoki biron-bir davlatlar (masalan, «katta sakkizlik«) faoliyatiga bevosita bog‘liq emas ekan. Bu o‘rinda yana bir bor Orol va Orolbo‘yi muammosiga to‘xtalib o‘tishga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT Bosh Assambleyasi 48, 50, 55-sessiyalari va Mingyillik Sammitidagi ma’ruzasida aytib o‘tilganidek, ushbu muammo nafaqat O‘rta Osiyo davlatlarining, balki butun dunyo hamjamiyatining «chuqur tabiiy dardidir», chunki Orol inqirozi kurrai zaminda ekologik xavfsizlikni keskinlatadi va shuning uchun ham global xarakterga ega. Prezidentimiz barcha davlat rahbarlarini, mahalliy va xalqaro tashkilotlarni Orol muam- mosini hal qilishga yordam berishga chaqirdi va aks holda ekologik inqiroz oqibatini oldini olish mumkin emasligini, ta’kidlab o‘tdi.


Barqaror rivojlanish konsepsiyasi, yuqorida keltirilgan atrof-muhitni muhofaza qilishga oid prinsip- qoidalar tufayli, xalqaro huquq talablariga to‘la javob beradi, u jamiyat va tabiat uyg‘unligini oshiradi. Ushbu ekologik prinsip-qoidalarga rioya qilish, shubhasiz, xalqaro hamjamiyatning hamkorligiga va bir maromda rivojlanishiga xizmat qiladi.

    1. Yüklə 4,14 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə