Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə76/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Xalqaro darajada:


  • integratsiyalashni mustahkamlash, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida «XXI asr kun tartibi»ni va

shu kabi xalqaro huquq normalarini qo‘llab-quvvatlash;

  • ekologiya bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro tashkilotlar faoliyatini to‘la hisobga olishni ta’minlash;

  • barqaror rivojlanishga erishish maqsadida, ayniqsa rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlarda ekologik xavfsizligini ta’minlovchi dastur va rejalar ishlab chiqishni tartibga solish;

  • milliy va mahalliy ekologik dastur va rejalarni amalda tatbiq qilishning iqtisodiy imkoniyatini beruvchi BMT, xalqaro moliyaviy muassasalar, global ekologik fond (GEF) va boshqa tashkilotlar doirasida hamkorlikni mustahkamlash;

  • YUNEP tashkilotining 7-sessiyasida Boshqaruv Kengashi tomonidan qabul qilingan tabiiy resurslardan foydalanishni xalqaro tartibga solishga doir qarorini to‘la amalga oshirish va mazkur masalani BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyasiga olib chiqish;

  • ekologiya sohasidagi vazirlarni BMTning Boshqaruvchilar Kengashiga a’zo qilishga doir masalani ko‘rib

chiqish;

  • BRBS tavsiyalariga muvofiq ravishda BMT Bosh Assambleyasi, uning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi,

barqaror rivojlanish bo‘yicha BMT hay’ati va xalqaro muassasalarning rolini oshirish.

Regional darajada:


  • «XXI asr kun tartibi»ni regional komissiyalar, muassasalar va organlar orqali tatbiq etish;

  • maxsus ekologik komissiyalarni (Markaziy Osiyoda mazkur vazifani Regional Ekologik Markaz – MO REM bajaradi) tashkil qilish; barqaror rivojlanish borasida regionlar darajasida muvofiqlashtirish va hamkorlikni yaxshilash hamda ularning faoliyatini xalqaro tashkilotlar faoliyati bilan uzviy bog‘lash;

  • ichki moddiy, moliyaviy va intellektual rezervlardan maksimal foydalanishga erishish, zaruriyat bo‘lganda tashqaridan yordam olish;

  • tajriba almashish yo‘lini yengillashtirish va kengaytirishning regional munosabatlarini qo‘llab- quvvatlash va rag‘batlantirish, bu o‘rinda ilg‘or milliy ishlash usullaridan foydalanish, aniq bir tematik izlanishlar va partnyorlik tajribasiga doir ma’lumotlar va «XXI asr kun tartibi»dagi ekologik masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan mavzudagi izlanishlarini ko‘pchilikka yetkazish yo‘li bilan regional harakatlarni qo‘llab-quvvatlash.




Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə