Book · January 013 citation reads 419 1


Amaliy ekologiyaning maqsadi



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə84/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   144
Ekologiyanazariyasi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Amaliy
Amaliy ekologiyaning maqsadi, uning tushunchasidan kelib chiqqan tarzda, iqtisodiyotning turli sohalarida va turli miqyosda ekologik xavfsizlikni ta’minlash uchun tabiiy ekotizimlarni muhofaza qilish va buzilganlarini qayta tiklash, ularning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish.
Amaliy ekologiyaning vazifalari uning maqsadidan kelib chiqqan tarzda quyidagilardan iborat:
ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish;
ekotizimlarning amaliy jihatlariga oid milliy normativ hujjatlarni xalqaro standartlarga moslashtirish;
amaliy ekologik boshqaruv tizimini zamon talabiga mos ravishda takomillashtirib borish;
ekotizimlarning real holatini son va sifat jihatidan baholash;
ekotizimlar doirasida davlat kadastr obyektlarini aniqlash va ularni o‘tkazish;
ekotizimlarning amaliy jihatdan monitoringini olib borish;
ekotizimlardan amaliy jihatdan foydalanish, muhofazalash va qayta tiklashni ekspertizalash va auditlash;
amaliy ekologik tadbirlarni o‘z muddatida bajarganlarni rag‘batlantirish va ularni olib bormaganlarni vaqtida javobgarlikka tortish;
turli iqtisodiyot sohalarida amaliy ekologik tadbirlarni ishlab chiqish va ularni doimo takomillashtirib
borish va h.k.
Amaliy ekologiyaning tadqiqot obyekti turli ierarxik pog‘onalarda turuvchi iqtisodiyot tarmoqlaridagi
ekotizimlar.

Ekoatmosferada:


quyi troposfera ekotizimlari (50–100 m balandlikda);
o‘rta troposfera ekotizimlari (50–100 dan to 1,0–1,5 km gacha balandlikda);
yuqori troposfera ekotizimlari (1–1,5 km dan to 10–17 km gacha);
tropopauza ekotizimlari (1–11 km qalinlikda);
quyi stratosfera ekotizimlari (10–17 km dan to 12–20 km gacha);
o‘rta stratosfera ekotizimlari (12–20 km dan to 40–55 km gacha).
Yer yuzasiga yaqin qatlam bo‘lgan quyi troposfera qatlamida issiqlikning turbulent oqimlari, suv bug‘i va turbulent ishqalanish o‘zgarmas deb hisoblanadi.
O‘rta stratosfera ekotizimlari ozon qatlamining yuqori chegarasiga boradi. Unda organizmlarning yashash muddati vaqtinchalik davriy ko‘rinishga ega. Stratosferadagi havo siyrak massasining vertikal-turbulent harakatlari natijasida quyosh ultrabinafsha nurlarining tushishi natijasida yo‘q bo‘lib ketadi. Lekin vaqtinchalik bo‘lsada ozon qatlami ushbu organizmlar uchun yashash muhiti bo‘lgani uchun ham ekosferaning yuqori chegarasi aynan o‘rta stratosfera qatlamigacha ko‘tariladi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə