Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə85/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Gidrosferada:


dengiz ekotizimlari;
daryo ekotizimlari;
ko‘l ekotizimlari;
botqoq ekotizimlari;
muzlik ekotizimlari;
doimiy qor qatlami ekotizimlari;
buloq ekotizimlari va h.k.

Pedosferada:


tabiiy shakllangan bo‘z tuproq ekotizimlari;
madaniylashgan tuproq ekotizimlari;

Ekolitosferada:


yer osti suvlari ekotizimlari;
g‘orlar ekotizimlari;
to‘rtlamchi davr yotqiziqlari ekotizimlari;
uchlamchi davr yotqiziqlari ekotizimlari metamorfik yotqiziqlar ekotizimlari va h.k.
Amaliy ekologiyaning o‘rganish predmeti turli ierarxik pog‘onalarda turuvchi va iqtisodiyot
tarmoqlaridagi ekotizimlarni muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va buzilganlarini qayta tiklash.
Amaliy ekologiyaning prinsiplari turli ierarxik pog‘onalarda turuvchi va iqtisodiyot tarmoqlaridagi ekotizimlarni muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va buzilganlarini qayta tiklashga oid yo‘naltiruvchi qoidalar. Ular quyidagilardan iborat:
Yer planetasi organizmlar, jumladan insonlar uchun yagona makondir;
ekotizimlarga ta’sir etmaydigan kishilik jamiyatining faoliyat turi yo‘qdir;
kishilik faoliyati ekotizimlarga nafaqat salbiy, balki ijobiy ta’sir etishi ham mumkin;
atrof tabiiy muhit sening uyingdir;
jadal suratlarda iqlim o‘zgarishi inson faoliyati natijasidir;
ekologiyalashtirilgan tadbirlar iqtisodiylashtirilgandir;
sen va oilang salomatligi ekotizimlar holatiga to‘g‘ri proporsionaldir;
sog‘lom tabiiy muhit salomatlik garovi;
uglevodorod yer osti va usti resurslari cheklangandir;
muqobil energiya kelajak zaminidir;
ekologik muammolarning yechimi barqaror rivoshlanish qoidalaridadir;
ekologiyalashtirilmagan siyosat diplomatik ko‘rinish ololmaydi;
harbiy mojarolar va to‘qnashuvlar ekologiyalashmaydi;
ekologik ong, bilim va madaniyat birligi;
oila ekologik madaniyat o‘chog‘idir;
huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati ekologik munosabat shaklini yuzaga keltiradi;
ekologik chora-tadbirlar ma’muriy birliklar doirasida emas, balki ekotizimlar doirasida samaraliroqdir;
mahalliy ekologik boshqaruv vakolati zaruriy holatdir;
ekotizimlardagi holat, jarayon va hodisalar o‘zaro uzviy bog‘langandir;
tabiiy ekotizim komponentlari o‘rtasidagi muvozanat uzoq muddatli evolutsion jarayon natijasidir;
o‘ziga xos, noyob, nozik va yo‘qolib ketayotgan tabiiy ekotizimlar alohida muhofazaga muhtojdir;
hamma ekotizim komponentlari ham tiklanavermaydi;
biologik resusrlar nafaqat tur, balki xil jihatdan ham saqlanishi lozim;
umume’tirof etilgan xalqaro ekologiya huquqi me’yorlari milliy miqyosda aks etsagina o‘z kuchiga ega bo‘ladi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə