Book · January 013 citation reads 419 1


Tuproq resurslaridan foydalanishga kompleks yondashish



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə88/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Tuproq resurslaridan foydalanishga kompleks yondashish. Yer tuproq tushunchasining sinonimi, lekin aynan o‘zi emas. Chunki yer yuzasi nafaqat tuproqlardan, balki o‘simlik bilan qoplanmagan qumli, toshli, sho‘rxok, toshloq kabi sof mineral jinslardan ham iborat bo‘lishi mumkin. Uning inson faoliyatida turli xil maqsadlarda ishlatilishi turlicha ma’no kasb etishga olib kelgan. Ekologik-huquqiy munosabat nuqtayi nazaridan yer — muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, qayta tiklash, qayta ishlab chiqarish va oqilona foydalanish obyektidir.
Tuproq resurslaridan kompleks foydalanish o‘z navbatida odamlarning tuproq unumdorligidan unumli foydalanishga o‘rgatadi. Tuproq har qanday ekosistemaning ajralmas qismidir. Antropogen jarayonlar va ekologik muvozanatning buzilishi oqibatida tuproqdan samarasiz foydalanish cho‘l ekosistemalari barqarorligini izdan chiqaradi.
O‘zbekiston mustaqilligi avvalambor uning boy tabiat komponentlari, xususan yerlarni o‘zi mustaqil ravishda tasarruf qilish huquqida namoyon bo‘ldi. Endilikda u 44,8 mln ga yer fondini milliy qonunchilik asosida muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni huquqiy tartibga sola boshladi. Ushbu huquq respublikamiz uchun mustaqillikdan avval qabul qilingan ilk milliy qonunchilik manbalari – «Til» va «Mulk» to‘g‘risidagi qonunlar bilan bir qatorda, 1990-yil 20-iyunda qabul qilingan «Yer to‘g‘risida»gi qonundan boshlangan. Shundan xulosa qilish mumkinki, tabiiy boyliklar har bir davlatning mustaqilligini ifoda etuvchi
eng muhim elementlardan hisoblanadi73. Nima uchun tabiiy zaxiralarga, jumladan yerga bunchalik katta e’tibor berilmoqda? Chunki O‘zbekistonda yer va ayniqsa, unumdor tuproqli yerlar juda cheklangandir. Ana xolos, deyishi mumkin masalani chuqur anglamagan kishilar, axir yer maydoni O‘zbekistonda Buyuk Britaniyadan ikki barobar, Gollandiyadan 10 barobar, Belgiyadan 15 barobar ko‘p-ku! 44,9 million gektarga teng bo‘lgan yer kengliklarimizning 44,5 mln gektari uning quruqlik qismidan iborat-ku! Shundaylik-ka shunday, ammo, respublikamiz davlat yer fondining 5/3 qismi sahro va cho‘l landshaftlaridan, 5/1 qismi geomorfologik jihatdan noqulay bo‘lgan tog‘u toshlardan iborat. Diyorimizning faqatgina 10/1 qismi inson yashashi uchun qulay sharoitdagi yerlardan, to‘g‘rirog‘i tuproqlardan iborat74.
Tuproq – yer so‘zining sinonimi, ammo aynan o‘zi emas. Chunki tuproq toshli, qumli, suvli yerlardan farqli unumdorlik xususiyatiga ega. Aynan ana shu unumdorlik bizni to‘yintiradi va boqadi. U sanoat uchun xomashyo yetkazib beradi. Tuproq unumdorligining foydali xususiyatlari to‘laqonli namoyon bo‘lishida namlik va issiqlik juda katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, mo‘tadil iqlimda tarqalgan eng unumli qora tuproqlarda bug‘doydan 20–25 s/ga gacha hosil olinadi75.
Unumdorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha bir necha barobar past bo‘lgan O‘zbekistonda eng ko‘p tarqalgan bo‘z (sur) tuproqlarda hosildorlik ikki va undan ham ko‘proqdir. Buning sababi issiqlikdadir. Ammo, bo‘z (sur) tuproqlarda namlik yetishmaydi, ya’ni sug‘ormasdan turib yuqori hosil olishning iloji yo‘q. Shuning uchun ham qishloq xo‘jalik tovar mahsulotining 95 foizi aynan sun’iy namlash darajasiga ega bo‘lgan sug‘orma- obikor yerlardan olinadi.
O‘zbekistonda sug‘orib dehqonchilik qilsa bo‘ladigan tuproqlarning umumiy maydoni 7,4 mln gektar atrofida. Hozir uning 4,3 mln gektari sug‘oriladi, xolos. Qolgan 3,1 mln gektari esa cho‘l-sahro va tog‘li hududlarda, ya’ni o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan yerlardadir. Fan va texnika rivojlangan XXI asrda buni ham iloji bordir, deyish mumkin. Afsuski uning iloji doimo ham topilmaydi, chunki sug‘orish uchun kerak bo‘ladigan chuchuk suv muammosi bizlarga doimo to‘sqinlik qiladi. Mamlakatimizda keyingi o‘n yil mobaynida aholi soni 4–4,5 mln kishiga ko‘paydi va 29 mln dan oshib ketdi. Sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan yerlar miqdori esa keyingi 15–20 yil ichida deyarli o‘zgargani yo‘q. Vatanimiz agrar-industrial respublika. Agrar soha respublikamiz yalpi ichki mahsulotining 30 foizidan ortig‘ini, valuta tushumining 55 foizini, tovar aylanuvining 60 foizga yaqinini beradi. Qishloqda mehnatga yaroqli aholining 44 foizi istiqomat qiladi. Haydalib dehqonchilik qilinadigan ekin maydonlarini jon boshiga taqsimlaydigan bo‘lsak biz MDH respublikalarining orasida oxirgilaridan birimiz, ya’ni har birimiz uchun bor yo‘g‘i 0,15 gektar atrofida ekin maydoni to‘g‘ri keladi76.
Xo‘sh, juda cheklangan ekin maydonlaridan va, ayniqsa, sug‘oriladigan yerlardan oqilona foydalanish uchun nima qilmoq kerak? Avvalambor O‘zbekistonda yerga nisbatan munosabatlarni qaytadan ko‘rib chiqish va xalq xo‘jaligini barcha sohalarida tegishli evolutsion tarzdagi o‘zgartirishlarni yo‘lga qo‘yish kerak bo‘ladi (8.2.1-jadval).
Tuproq ekotizimlardagi eng muhim komponent ekan, uni muhofaza qilish, uning inson uchun foydali bo‘lgan xususiyatlaridan to‘g‘ri foydalanish, buzilgan yerlarni qayta tiklash zamon talabidir. Tuproq insonlarning nafaqat ishlab chiqarish vositasi, balki yashash makoni hamdir. Shuning uchun ham ota- bobolarimiz «Yeri boyning – eli boy», biz olimlarda esa «Tuprog‘i boyning – eli boy» deb, bejiz aytilmagan.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə