Book · January 013 citation reads 419 1


Ekotizimlarni muhofaza qilish va qayta tiklash hamda ulardan oqilona foydalanish



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə87/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Ekotizimlarni muhofaza qilish va qayta tiklash hamda ulardan oqilona foydalanish


Amaliy ekologiyada ekologiyaning uch tadqiqot predmeti – ekotizimlarni muhofazalash, ulardan foydalanish va buzilganlarini qayta tiklash jarayoni inobatga olinadi:
Ekotizimlarni muhofaza qilish – turli ierarxik pog‘onadagi ekotizimlarni saqlash va ularda ekologik xavfsizlik darajasini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui, to‘g‘rirog‘i tizimi. Zero, mazkur chora- tadbirlarni muayyan ketma-ketlikda olib borish kerakdir.
Ekotizimlardan oqilona foydalanish – ekotizimlarning foydali xususiyatidan inson faoliyatida ilmiy asoslangan darajada foydalanishga oid chora-tadbirlar tizimi.
Buzilgan ekotizimlarni qayta tiklash – tabiiy va texnogen xarakterdagi jarayon va hodisalar natijasida buzilgan ekotizimlarda modda va energiya almashinuvining tabiiy holatiga olib kelishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi.
O‘zbekistonda atrof-muhitning asosiy komponentlari, ya’ni organizmlarning hayotini belgilaydigan omillar – atmosfera havosi, suv, yer va o‘rmon resurslari, hayvonot va o‘simlik dunyosi hisoblanadi. Hozirgi kunda vatanimizning 27% hududida atrof-muhit holati ekologik talablarga to‘liq javob beradi. Ekologik noqulay vaziyat Respublikamizning barcha viloyatlarida mavjud. Shuning uchun ham «Rio–92» va
«Yoxannesburg–02» xalqaro anjuman hujjatlarida asosiy e’tibor davlatlar va xalqaro tashkilotlarning tabiiy
resurslardan oqilona foydalanishiga qaratilgandir.
Atmosfera havosi muhofazasi. Yerda hayotni saqlash uchun atmosfera havosining turli qatlamlaridagi tabiiy tarkibini o‘zaro muvozanatda barqaror saqlab turish. Atmosfera havosini mulk sifatida o‘zlashtirish imkoniyati bo‘lmagani uchun ham uni muhofaza qilish barcha davlatlarning muqaddas burchi hisoblanadi.
Atmosfera havosini muhofaza qilish uchun barcha davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining iqtisodiyot tarmoqlaridagi ekologik munosabatlarni tartibga solishlari uchun o‘z e’tiborlarini quyidagi masalalarning yechimini topishga qaratmoqlari talab etiladi:
atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalarni atrof-muhitga chiqarishni kamaytirish va uni kvotalash;
ozon qatlamini yemiruvchi moddalarni o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
transport va sanoatning turli sohalarida xalqaro va, ayniqsa, yevrostandartlarga javob beruvchi talablarni joriy etish va uning amaliy tatbiqini qattiq nazorat qilish;
transchegaraviy ifloslanish masalasini tinch yo‘llar bilan regional va global miqyosda hal etish;
iqlim o‘zgarishi va unga moslashish muammolarining yechimini topish;
shahar va aholi zich yashaydigan hududlarda atmosfera havosini muhofaza qilish;
«issiqxona samarasi»ini ijobiy tomonga yo‘naltirishga oid innovatsion ishlarni kengaytirish;
agrar sohada atmosfera havosini ifloslantiruvchi vositalardan kechish metodlarini o‘ylab topish va h.k.
Hammamizga ma’lumki, atmosfera havosining ifloslanishi shaharlarda va katta sanoat markazlarida boshqa hududlarga nisbatan ko‘proq seziladi. Ba’zi bir sanoatlashgan shaharlarda kimyo zavodlari va turli sanoat korxonalari 50% gacha ifloslantiruvchi gazlarni atmosferaga chiqaradi. Ularning tarkibi 150 dan ziyod turli birikmalardan, jumladan oltingugurt II oksidi (46%), uglevodorodlar (15%), qattiq moddalar (14%), uglerod oksidlari (13%), azot oksidlari (8%)dan iborat bo‘lishi mumkin. Yoqilg‘i moddalarining barchasi yonish jarayonida o‘zidan ko‘plab uglerod II oksidi chiqaradi va atmosferaning sun’iy isib ketishiga olib keladi. Natijada u yer yuzasining barcha qismida issiqlik samarasini keltirib chiqaradi. Ba’zi gazlar miqdori atmosferada 97–98% gacha yetishi mumkin.
Hududlarni barqaror rivojlantirishda atmosfera havosini muhofaza qilishga alohida e’tibor beriladi. Masalan, 1985-yilgi Vena konvensiyasida ozon qatlamini saqlashga qaratilgan rejalar tuzilgan bo‘lsa, 1987- yilgi Monreal protokolida ozon qatlamini yemiruvchi moddalarga, 1992-yilgi BMTning Ramkali konvensiyasida esa iqlim o‘zgarishiga qarshi ishlarni olib borish uchun muhim normalar qabul qilindi. Biroq, har bir mamlakat barqaror rivojlanish dasturlariga qo‘shimcha sifatida xalqaro hujjatlardagi tamoyillardan chiqmagan tarzda, o‘z hududidagi atmosfera havosini saqlash imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilishi mumkin. Ular quyidagilar:

  • o‘rganilmagan muammolarni hal qilish uchun ilmiy tadqiqot ishlarini takomillashtirish;

  • xalq xo‘jaligi tarmoqlarida atmosfera havosining muhofazasi bo‘yicha hamkorlik qilish;

  • ozon qatlami yemirilishining oldini olish;

  • chegaralararo atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish.

Xalqaro hamjamiyatda iqlim o‘zgarishi, atmosfera havosining ifloslanishi va ozon qatlamining yemirilishi natijasida yuzaga kelgan vaziyatlarning oldini olish maqsadida ilmiy tadqiqot ishlarini takomillashtirish zarur. Hozirgi kunda mazkur muammolarni hal qilishda ko‘p tomonlama fikrlashish, insoniyat taraqqiyoti davomida olgan tajribalarga asoslanib kompleks tadqiqot ishlarini olib borish kerak. Joylarda, regionlar va umumbashariy muammolarni hal qilishda xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, atmosfera havosining o‘zgarishi natijasida kelib chiqadigan oqibatlarni chuqurroq his etish ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jarayonlarga salbiy ta’sirini anglash ham samarali ta’sir kuchiga va ushbu muammolarni yumshatishda amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Atmosferaning chegaralararo ifloslanishi – bu o‘simlik qoplamlarining kamayishi va o‘rmonlar, suv havzalarining tarkibiy jihatdan buzilishiga olib kelmoqda. Mazkur muammoni oldini olishning asosiy chorasi tabiiy resurslarning mamlakatlararo monitoringini yuritish. Olingan ma’lumotlar orqali har bir chegaradosh hududlarda salbiy oqibat holatlarining oldini olish uchun birgalikdagi harakat dasturini ishlab chiqish zarur. Har bir davlatda atmosfera havosi ifloslanishining oldini olishning milliy dasturi asosida amaliy ish rejalariga ega bo‘lish kerak. Yuqoridagi ishlarni amalga oshirishda xalqaro loyihalar bo‘yicha hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlarga ustuvor yo‘nalish deb qarash lozim. Masalan, AQSH 2000–2010-yillar mobaynida ushbu muammolarni hal qilish uchun 22 mlrd dollar hajmida sarmoya xarajat qilgan.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə