Book · January 013 citation reads 419 1


Barqaror rivojlanish g‘oyasining tizimliligi



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə82/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Barqaror rivojlanish g‘oyasining tizimliligi. Tizim (o‘zbek tilida) yoki sistema (grek tilida) yagona bir ma’noni anglatib, u narsa, hodisa, jarayon, voqelikni muayyan bir maqsadlariga qarab qismlarga ajratish va ularni ierarxik pog‘onaga joylashtirilgan bir butunlik demakdir. Barqaror rivojlanish g‘oyasining tizimliligi, uning tarkibiy qismlari nimalardan iborat ekanligi va ushbu qismlarni amalga tatbiq etishning birlamchiligiga yoki muammoning qaysi bir jihati real sharoitda qanday ahamiyat kasb etishiga qarab muayyan bir ketma- ketlikda joylashtirish. Masalan, barqaror rivojlanishda uch asosiy masala, ya’ni iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik qismlarning bir butunligi aks ettirilgan. Lekin endigina mustaqil rivojlanish yo‘liga o‘tib olgan barcha mamlakatlar uchun iqtisodiyotning birlamchiligi, ya’ni iqtisodning siyosatdan ustuvorlik tamoyili, to‘g‘rirog‘i prinsipi amal qiladi. Shuning uchun ham ular: iqtisodiyot  ijtimoiy hayot  ekologiya masalalari ketma- ketligida turadi. Kanada, Shveysariya, Germaniya kabi mamlakatlarning barqaror rivojlanishida ekologiya  ijtimoiy hayot  iqtisodiyot tizimi amal qiladi. Shu tariqa barqaror rivojlanish g‘oyasi, real sharoitdan kelib chiqqan tarzda, bir qator qismlarga ajratiladi va u barqaror rivojlanish talablariga qarab zinasimon ierarxiyada joylashtiriladi.
Barqaror rivojlanish g‘oyasining majmualiligi. Majmualilik tizimlilikdan farqli ravishda, barqaror rivojlanish tarkibiy qismlarining tengligi bilan ajaralib turadi. Inson faoliyatining barcha jihatlarida barqaror rivojlanish darajasiga erishgan mamlakatlarda iqtisodiyot  ijtimoiy hayot  ekologiya masalalarining tengligi, ajralmasligi va bir butunligi aks etadi. Bunday holatda barqaror rivojlanishning barcha masalalari bir paytning o‘zida, birini ikkinchisidan ustuvor darajaga qo‘ymagan tarzda (ierarxik pog‘onaga joylashtirmasdan) amalga oshiriladi.
Barqaror rivojlanishning hududiyligi, davriyligi, tizimliligi, majmualiligidan kelib chiqqan holda biz shuni aytishimiz mumkinki, barqaror rivojlanish g‘oyasi yagona, lekin uni amalga tatbiq qilish mexanizmi turlichadir. Har bir mintaqa, mamlakat va hattoki, mahalliy jamoa yuzaga kelgan real sharoitni barqaror rivojlanish talablariga nisbatan son va sifat jihatidan baholab o‘ziga xos yo‘lni tanlab olishi zarur. Uni bir mamlakatdan ikkinchi bir mamlakatga yoki mahallaga ko‘chirib olib o‘tish mantiqan to‘g‘ri emas. O‘zbekiston ham bundan istisno emas, albatta.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010-yil 20-sentabr BMT Bosh Assambleyasining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan Oliy darajadagi yalpi majlisidagi ma’ruzasida «...taraqqiyotni jadallashtirishga oid global harakatlar rejasini qo‘llab-quvvatlaydi va uni amalga oshirishda faol ishtirok etadi», deb ta’kidlagan edi. Shundan kelib chiqqan tarzda O‘zbekiston Res- publikasining Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarining 2011-yil 19-iyulda 305-sonli «O‘zbekiston Respublikasining barqaror taraqqiyot maqsadlari uchun ta’lim (BTT) konsepsiyasi to‘g‘risida» qo‘shma qarori qabul qilindi. Ushbu qaror BMT Bosh Assambleyasining «2005–2014-yillarda Barqaror taraqqiyot ta’limi o‘n yilligi to‘g‘risidagi» rezolutsiyasi va BMT Yevropa Iqtisodiyot komissiyasining BTT bo‘yicha Strategiyasi asosida ishlab chiqildi.
Barqaror rivojlanish qoidalariga rioya etish 2010-yil 12-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida, Oliy Majlisning 2011 -yil 26-martdagi 181-II sonli hamda Vazirlar Mahkamasining «2008–2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi to‘g‘risida»gi 212-sonli qarorlarida ham aks ettirilgan. Lekin barqaror rivojlanish nima? Rivojlanish-mi, yoki taraqqiyot-mi? Uning tushunchasi, mazmuni va mohiyati nimalardan iborat? O‘zbekiston uchun u qanday ko‘rinishda namoyon bo‘ladi, kabi o‘rinli savollarga hanuzgacha aniq javob topa olinmayapti. Bunga O‘zbekiston Res- publikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan 2011 -yil 14-dekabrda o‘tkazilgan
«O‘zbekiston Respublikasining Barqaror taraqqiyot maqsadlari uchun ta’lim Konsepsiyasi: reja va istiqbollar» mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati ham yaqqol misol bo‘la oladi. Unda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, nodavlat tashkilotlaridan kelgan mutaxassislar, tegishli yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan olimlar ham yagona bir fikrga kela olmadilar. Shuning uchun ham biz barqaror rivojlanish konsepsiyasining kelib chiqishi, rivojlanishi, hozirgi holati va kelajak istiqbollariga barchaning e’tiborini tortmoqchimiz.



Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə