Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə113/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Oliy ta’limning noekologik bakalavr yo‘nalishlarida, xuddi kasb-hunar kollejlardek, ekologik ta’lim talabalarini tanlagan kasblariga qarab o‘qitilishini tashkillashtirish BMTning barqaror rivojlanish talablariga mos tushadi. Bunday holatda ekolog olimlarning hamma e’tibori jadvalda keltirilgan o‘quv kurslari bo‘yicha tuziladigan Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va ish rejalarini yuqori saviyada tayyorlashni talab etadi.
Ekologik yo‘nalishdagi bakalavriaturada ekologik ta’lim maktab yoki akademik litseydagi ekologiya va tabiatdan foydalanishga oid o‘quv kurslarining nomi va mazmunini zinhor qaytarishi kerak emas. Bu esa o‘ta mas’uliyatli, ekologiyaning ijtimoiy nufuziga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etuvchi holatdir.
Barcha mutaxassisliklardagi ekologik ta’lim magistraturasida o‘qish «Ekologik ilm texnologiyasi va ta’lim metodika»sidan boshlangani ma’qul. Chunki magistrantlar asosan ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradilar. Bu bilan ular ikki yillik o‘quv jarayoni, davomida, bir paytning o‘zida mehnat+ta’lim+ilmni muvofiqlashtirishlari hamda o‘quv kurslariga oid namunaviy va ishchi DTSlari, o‘quv rejalari, dasturlari, o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarini yaratishlari talab etiladi. Bu o‘rinda O‘zMU professori A.S. Soliyevning «Ilmiy tadqiqot asoslari», magistr va aspirantlar uchun qo‘llanma (Toshkent, 2003), rossiyalik olimlar V.S. Preobrajenskiy va
L.I. Muxinalarning «Aspirantura va dissertatsiya» (Moskva, 1983) kabi qo‘llanmalari ibratli misol bo‘la oladi.
Magistraturaning I bosqichida ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy ta’lim bevosita tarzda emas, balki jadvalda ko‘rsatilgan ixtisoslik fanlariga tatbiq qilinib, bilvosita tarzda o‘tilishi maqsadga muvofiq. Unda
mamlakatimiz tarixini ham, milliy g‘oya va g‘urur omillarini ham ekologik ta’limga tatbiq qilingan tarzda o‘tilishi yuqori malakali magistrlarni tayyorlashda ta’lim-tarbiya birligini ko‘rsatadi. Magistrlik dissertatsiyasi nomzodlik dissertatsiyasining juda bo‘lmaganda 3/1 qismini tashkil etishi ekologik ta’lim uzluksizligi va uzviyligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shuning uchun ham magistrlik dissertatsiya mavzulari chuqur o‘ylangan, mutaxassislar orasida keng muhokama etilgan va aprobatsiyadan o‘tgan bo‘lishi kerak.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə