Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə112/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ekologik ta’lim bolalarning yoshiga qarab asosan ikki, ya’ni boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta’lim bochqichlarida «Geografiya», «Biologiya», «Fizika» va hattoki «Tarix» kabi fanlarga integrallashgan yoki tatbiq etilgan o‘quv mavzulari asosida olib boriladi. Lekin ekologik ta’lim o‘zaro uzviy bog‘lanmagan va muvofiqlashmagan. Ushbu ta’lim bosqichidagi ekologik ong va madaniyatni shakllantirish ko‘rsatkichlari quyidagi jadvalda aks etgan. Maktabdan tashqari ekologik ta’lim O‘zbekistonda «Bioekosan» muassasasi tomonidan to‘garak va turli shakldagi tanlovlar orqali olib boriladi.
Maktab va maktabdan tashqari ta’limda ekologiya hozirgidek integrallashgan tarzda emas, balki matematika, fizika, ona tili, xorijiy tillar kabi maxsus o‘quv kurslarini, juda bo‘lmaganda yuqori 8–9-sinflarda, o‘qitilish qoidasidan kelib chiqqan tarzda amalga oshirilgani ma’qul. Chunki ekologiya – organizmlar o‘zaro va ularni atrof-muhiti bilan bo‘ladigan qonuniyatlarni tadqiq etuvchi fan sohasi, unga oid bilimlarni beruvchi ta’lim yo‘nalishi va ushbu munosabatlarni optimallashtirishga qaratilgan iqtisodiyot tarmog‘idir. Differensiallik bolalarning yoshi, jismoniy imkoniyatlari va psixologik xususiyatlarini inobatga oluvchi sinflar bilan farqlanish asosida tashkil etiladi. Albatta, bunda bilim olish oddiydan murakkabga tomon ierarxik pog‘onalash, ya’ni tizimlash orqali tashkil etiladi va yuqori sinflarda «O‘zbekiston ekologiyasi» o‘quv kursi bilan yakunlanadi. Chunki yoshlarda milliy g‘oya va g‘ururni shakllantirish maqsadida «O‘zbekiston tarixi» o‘quv kursi bilan bir qatorda «O‘zbekiston ekologiyasi»ni o‘qitish maqsadga muvofiqir. Bu uning davlat va jamiyat uchun naqadar zarurligini ko‘rsatadi va umummajburiy xususiyatlarini namoyon etadi hamda yagona maqsad sari intiltiradi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida ekologiya tabaqalashgan tarzda amalga oshiriladi. Akademik litseylarning noekologik ta’lim muassasalarida, oliy ta’lim talablaridan kelib chiqqan tarzda, «Umumiy ekologiya» o‘quv kursi sifatida o‘tilgani ma’qul. Unda umum ekologik ta’lim talablari bilan bir qatorda, atrof tabiatni muhofaza qilishning kundalik qoidalari va mahalliy miqyosda barqaror rivojlanishning ekologik xususiyatlari ochib beriladi.
Kasb-hunar kollejlarining yo‘nalishlariga mos ravishda «Kasbiy ekologiya» o‘tilishi mantiqan to‘g‘ridir. Masalan, pedagogika kollejlarida – «Ekologiyani o‘qitish metodikasi», iqtisodiyotda – «Iqtisodiy ekologiya», turizm va servisda – «Ekoturizm asoslari» yoki «Ekoturistik xizmatlar»ni o‘tish foydadan xoli emas. Bu bilan bitiruvchilarning amaliy ekologik bilim va ko‘nikmalarini shakllantiriladi va ularning ishga joylashishlari osonlashadi. Ayniqsa majburiy ta’lim tizimidagi barcha yoshlarda ekologik ong va madaniyatni shakllantirishga xizmat qilamiz.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə