Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə86/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Amaliy ekologiya tizimi amaliy ekologik yo‘nalishlarni qismlarga ajratish va ularni muayyan ierarxik pog‘onalarga joylashtirish.
Amaliy ekologiyaga doir tadqiqot yo‘nalishlarini qismlarga ajratish uni tasniflashdan boshlanadi. Tasniflashning asosiy belgilari bo‘lib, uning tushunchasidan kelib chiqqan tarzda, birinchi galda ekotizimlarning ierarxik pog‘onasi hisoblanadi. Tasniflashda ekologiyaning tadqiqot obyekti bo‘lmish organizmlarning yashash muhiti – ekotizimlarning turli hudud, makon va akvatoriyalarda tizimlashgan holatlari unga asos bo‘la oladi. Bunday obyekt bo‘lib, yuqoridagi ilmiy-nazariy asoslardan kelib chiqib, iqtisodiyot tarmoqlaridagi turli darajada o‘zgargan ekotizimlar hisoblanadi. Tadqiqot predmeti bo‘lib esa ushbu sohalarda yuzaga keladigan ijtimoiy ekologik munosabatlardir.

Iqtisodiyot tarmoqlariga qarab ekologik fanlarning tasniflanishi:


sanoatda – Sanoat ekologiyasi
qishloq xo‘jaligida – Agroekologiya
transportda – Transport ekologiyasi
mudofaa ishlari va harbiy sanoatda – Harbiy ekologiya
aholi punktlarida – Shahar ekologiyasi
arxitektura va qurilishda – Qurilish ekologiyasi
aloqa va yo‘l qurilishida – Kommunikatsion ekologiya
o‘rmon xo‘jaligi va alohida muhofaza etiladigan hududlarda – Bioekologiya
tuproqshunoslikda – Pedoekologiya
fanda – Ekologiya nazariyasi
huquqda – Ekologiya huquqi
siyosatda – Ekologik siyosat
ta’lim va tarbiyada – Ekologik tarbiya va madaniyat va h.k.
Ushbu iqtisodiyot tarmoqlarini qaysi bir yer sferasidagi ekotizimlarga ta’sir etishi mumkinligiga qarab
quyidagicha tasniflash mumkin:

  1. kompleks miqyosda barcha sferalardagi ekotizimlarga ta’sir etuvchi amaliy ekologik faoliyat;

  2. trio miqyosdagi ekosferalarga ta’sir etuvchi amaliy ekologik faoliyat;

  3. dio miqyosdagi ekosferalarga ta’sir etuvchi amaliy ekologik faoliyat;

  4. mono miqyosdagi ekosferalarga ta’sir etuvchi amaliy ekologik faoliyat.

Iqtisodiyot tarmoqlarining ta’sir etishiga ko‘ra kishilik jamiyatining amaliy ekologik faoliyatini
quyidagicha tasniflash tavsiya etiladi:
lokal miqyosda ta’sir etuvchi amaliy ekologik faoliyat;
regional miqyosda ta’sir etuvchi amaliy ekologik faoliyat;
global miqyosda ta’sir etuvchi amaliy ekologik faoliyat.
Yuqorida keltirilgan har ikkala tasniflashda ularning barchasi ekotizimlarning o‘zaro uzviy bog‘langan prinsipidan kelib chiqqan holda doimo o‘zaro ta’sir doirasida turadi. Bu o‘rinda amaliy ekologiyaning «Global miqyosda o‘ylash, regional miqyosda kelishish, lokal miqyosda esa harakat qilish» shiori juda katta ahamiyat kasb etadi. Har qanday lokal amaliy ekologik faoliyat, xoh u ijobiy yoki salbiy ko‘rinishda bo‘lmasin, u regional miqyosga va oxir oqibatda global ahamiyat kasb etishi mumkin.

      1. Yüklə 4,14 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə