Book · January 013 citation reads 419 1


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə83/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar


  1. Barqaror rivojlanishmi yoki barqaror taraqqiyot?

  2. Barqaror rivojlanish mazmuni nimadan iborat?

  3. Nima uchun barqaror rivojlanishni G.X. Bruntland konsepsiyasi deb ataladi?

  4. Barqaror rivojlanishning ekologik jihatlarini sanab o‘ting.

  5. Barqaror rivojlanish g‘oyasi qachon yuzaga keldi?

  6. Ekologik mummolarni qanday muammolar bilan birgalikda hal etish lozim?

  7. Atrof-muhit muhofazasi so‘zi xalqaro anjumanlar tarixida nima uchun ishlatilmaydigan bo‘ldi?

  8. O‘zbekiston Respublikasining BTT uchun konsepsiyasining mazmunini aytib bering.

  9. Barqaror rivojlanishning iqtisodiy, ijtimoiy va institutsional jihatlarini aytib bering.

  10. Barqaror rivojlanishning geoekologik jihatlarini tushuntirib bering.

Tabiat ustidan g‘alaba – inson falokatidir.
Ekologik manifest
    1. bob. AMALIY EKOLOGIYANING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

      1. Amaliy ekologiyaning ilmiy asoslari


Yuqorida ta’kidlanganidek XXI asrga kelib ekologiya mustaqil fan, ta’lim va amaliyot sohasi bo‘lib keldi. Aksariyat yangi fanlardan farqli ravishda ekologiyaning nazariy qismiga nisbatan amaliy qismi tez suratlarda rivojlanib ketdi. Chunki, atrof-muhit holati jadal suratlarda buzilib ketishi insoniyatdan fanga va ta’limga qaramasdan uning amaliy jihatlarini rivojlantirishga majbur etdi. Natijada ekologik fan va ta’lim amaliyotdan ancha orqada qolib ketdi. Bunga hanuzgacha ekologiyaning nazariy asoslari yaratilmaganligi, ekologik ta’limning sobiq Ittifoq respublikalarida bor-yo‘g‘i 15–20 yillik tarixga ega ekanligi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Amaliy ekologiyaga oid o‘quv standartlari, dastur va adabiyotlarida («Ekologiya va tabiatdan foydalanish», «Ekologiya» (fan va ta’lim) yo‘nalishi I bosqich magistrlari uchun amaliy ekologiya o‘quv kursidan Davlat standartlari va namunaviy o‘quv dasturlari, 2008, 2011) amaliy ekologiyaga turlicha yondashilgan.
O‘zbekcha-ruscha-inglizcha ekologik izohli lug‘atda (Toshkent. «Chinor ENK», 2004) «Amaliy ekologiya»ga izoh umuman berilmagan. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida (Toshkent. O‘ME Davlat ilmiy nashriyoti, 2000, 1-jild, 253–258-b.) agroelektronika, astronomiya, bezak san’ati, geografiya, geometriya, grafika, amaliy san’at fanlariga izoh berilgan-u, lekin zamonamizning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan «Amaliy ekologiya» haqida hech narsa aytilmagan. Xuddi shunday holat sobiq SSSR paytida chop etilgan ensiklopediyalarda ham bor.
Garchand XX asrning 70-yillaridayoq «Amaliy ekologiya» haqida bir qator kitoblarning chop etilishi nima uchundir undan keyin yaratilgan sobiq Ittifoq lug‘atlarida aks etmay qolgan. Masalan, Amerikalik olim Y. Odumning «Fundamental ekologiya» (Filadelfiya-London-Toronto, 1971) o‘quv adabiyotining uchinchi to‘ldirilgan nashri 3-qismini aynan «Ekologiyaning amaliy va texnologik jihatlari»ga bag‘ishlagan edi. Y. Odumning ta’kidlashicha (519-b.), ushbu kitobning 1959-yilda chop etilgan ikkinchi nashridan farqli ravishda
«Amaliy ekologiya» populatsialarni muhofaza qilishdan ekotizimlarni muhofaza qilish darajasiga ko‘tarilganligini uqtiradi. U endilikda «Amaliy ekologiya»da organizmlarni muhofaza qilish kabi biologik yondashuvdan, ekotizimlarni muhofaza qilish kabi ekologik yondashuvni ma’qul deb bildi. Garchand hanuzgacha O‘zbekistonda chop etilayotgan barcha adabiyotlarda «Amaliy ekologiya»ga biologik va geografik yondashuv saqlanib qolingan.
Y. Odumning «Amaliy ekologiya»ning ekotizimli yondashuvini qo‘llab-quvvatlagan tarzda buyuk rus ekolog olimi N.F. Reymersning «Tabiatshunoslik» izohli lug‘atida (1990) «Amaliy ekologiya» – turli ierarxik bosqichdagi ekotizimlarni boshqarish shakli, ularga tushadigan yuk sig‘imi, tabiiy resurslardan foydalanish normalarini ishlab chiqish va xo‘jalik sohalarini «ekologiyalashtirish», degan tushunchani beradi. Umumiy tarzda esa «Amaliy ekologiya» – inson tomonidan biosferani buzish mexanizmini tatqiq qilish, ushbu salbiy jarayonni, organizmlarning yashash muhitini deklaratsiya qilmasdan turib bartaraf etish yo‘llari va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish prinsiplarini ishlab chiqish. Amaliy ekologiya, ekologiya va tabiatdan foydalanish qonunlari, qoidalari va prinsiplariga asoslanadi, deydi.
Bizningcha ham «Amaliy ekologiya»ga ekotizimlar nuqtayi nazaridan yondashish vaqti yetdi. Zero ekologiyani boshqa fanlardan farqli ravishda tadqiq qilish obyekti ekotizimlardir. Shunday qilib «Amaliy ekologiya» – ekotizimlarni muhofaza qilish, ularning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish, buzilgan ekotizimlarni qayta tiklashga oid kishilik jamiyati faoliyatidir. Ushbu faoliyatni olib borish uchun esa «Amaliy ekologiya» ekotizimlarni real muhofazalayotganligi, ulardan real foydalanilayotganligi va ularni qayta tiklanayotganligi to‘g‘risidagi holatni bilish talab etiladi. Aks holda amaliy ekologik ishlar noekologik tadbirlarga aylanib ketishi mumkin. Ushbu pustulatni, ya’ni qoidani inobatga olgan tarzda biz «Amaliy ekologiya» ekotizimlarning real holatidan kelib chiqqan tarzda tabiiy ekotizimlarni muhofaza qilish va buzilganlarini qayta tiklash, ularning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanishga oid kishilik jamiyatining amaliy faoliyati deb tushunamiz.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə