Book · January 013 citation reads 419 1


Barqaror rivojlanish g‘oyasining hududiyligi



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə81/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Barqaror rivojlanish g‘oyasining hududiyligi. Barqaror rivojlanish konsepsiyasining maqsadi yagona, ya’ni tabiat boyliklariga nisbatan bugungi kun ehtiyojlarini qondirish kelajak avlod hisobiga bo‘lib qolmasligi kerak, degan maqsad hamma xalqaro huquq subyektlari uchun bir. Lekin unga erishish yo‘llari, ya’ni vazifalari turlicha bo‘lishi muqarrar. Zero bu maqsadga yaqin turgan Shveysariya, Kanada, Norvegiya, Yangi Zelandiya kabi mamlakatlar bor. Ularda «XXI asr kun tartibi»da ko‘rsatilgan barqaror rivojlanish mazmunidagi – chet mamlakatlar, ayniqsa, qo‘shni davlatlar bilan uzviy hamkorlik aloqasini o‘rnatish, qashshoqlikka qarshi kurash, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholining ekologik ongi va madaniyatini shakllantirish, mahalliy aholining ehtiyojlarini inobatga olish va fuqarolik jamiyatini kuchaytirish kabi masalalar juda dolzarb muammo emas. Aksincha, Somali, Efiopiya, Nepal, Iroq, Afg‘oniston kabi davlatlarda barqaror rivojlanishni ta’minlashda ayollarni keng jamoatchilik ishlariga jalb qilish, bolalar huquqlarini ta’minlash, xalqaro mintaqaviy aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalasi juda dolzarbdir. Shuning uchun ham
«Barqaror rivojlanish» g‘oyasining maqsadini saqlab qolgan tarzda uning mazmun va mohiyatini real hududiy imkoniyat va sharoitga qarab shakllantirish, ya’ni kishilik faoliyatining barcha jihatlarini bir me’yorda rivojlantirishga mintaqa, mamlakat va hattoki, mahalliy miqyosda individual yondashish ayni muddaodir.
Barqaror rivojlanish g‘oyasining davriyligi. Yuqorida keltirilgan 1-rasmdagi atrof-muhit va barqaror rivojlanish konsepsiyasini yaratilish tarixiga jiddiy ravishda nazar tashlaydigan bo‘lsak, o‘tkazilgan anjumanlar nomi, qabul qilingan qarorlar va ularni amalga oshirish mexanizmi, hattoki ishtirokchilari ham zamonga qarab o‘zgarib borgan. Bu esa barqaror rivojlanish g‘oyasining davriyligini bildiradi. Agarda 1970 - yil «Rim klubi» a’zolarini xavotirga solayotgan global muammo aholining iste’mol tovarlariga nisbatan tez suratlarda o‘sayotganligi va shu munosabat bilan «O‘sish chegarasini» o‘rnatishga qaratilgan bo‘lsa, 2 yil o‘tar-o‘tmas bu muammo global miqyosda atrof-muhitni muhofaza qilish masalasiga aylandi. 20 yildan so‘ng «Atrof-muhit va rivojlanish» g‘oyasi tabiat va jamiyat birligini anglatadi. «Rio+10» anjumani esa atrof- muhitni muhofaza qilish g‘oyasidan uzoqlashib «Barqaror rivojlanish» g‘oyasini ilgari surdi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə